scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

MAMLAKATIMIZDA INSON HUQUQLARI MASALASI

Bakirov Muhammadnosir Dilshodbek o'g'li

Abstract

Ushbu maqola muallif tomonidan inson huquqlari tushunchasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinishi, undagi inson huquqlariga oid tamoyillar, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari bilan bogʻliq normalar hamda mamlakatimizda inson huquqlarini ta'minlashga xizmat qiladigan milliy institutlar xususida fikrlar yuritilgan.

Full text

Dekabr, 2025-Yil 381 MAMLAKATIMIZDA INSON HUQUQLARI MASALASI Bakirov Muhammadnosir Dilshodbek o‘g‘li Farg‘ona yuridik texnikumi “Sud-huquqiy faoliyat” yo‘nalishi 2-bosqich 44-24-guruh o‘quvchisi. https://doi.org/10.5281/zenodo.18059959 Annotatsiya. Ushbu maqola muallif tomonidan inson huquqlari tushunchasi, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasining qabul qilinishi, undagi inson huquqlariga oid tamoyillar, Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlari bilan bogʻliq normalar hamda mamlakatimizda inson huquqlarini taʼminlashga xizmat qiladigan milliy institutlar xususida fikrlar yuritilgan. Kalit so‘zlar: inson huquqlari, soʻz erkinligi, vijdon erkinligi, ehtiyojdan erkinlik, qoʻrquvdan erkinlik, Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi, Milliy strategiya, milliy institutlar. Аннотация. В данной статье автор рассматривает понятие прав человека, принятие Всеобщей декларации прав человека, принципы прав человека в ней, нормы, связанные с правами человека в Конституции Республики Узбекистан, а также национальные институты, служащие обеспечению прав человека в нашей стране. Ключевые слова: права человека, свобода слова, свобода совести, свобода от потребностей, свобода от страха, Всеобщая декларация прав человека, Национальная стратегия, национальные институты. Abstract. In this article, the author examines the concept of human rights, the adoption of the Universal Declaration of Human Rights, the principles of human rights in it, the norms related to human rights in the Constitution of the Republic of Uzbekistan, as well as national institutions serving to ensure human rights in our country. Key concepts: human rights, freedom of speech, freedom of conscience, freedom from want, freedom from fear, Universal Declaration of Human Rights, National Strategy, national institutions. Inson, uning hayoti, erkinligi, qadr-qimmati va boshqa daxlsiz huquqlari eng oliy qadriyatdir. Avvalo, inson huquqlari deganda nimani tushunamiz?! Inson huquqlari – bu insonning tugʻilishidan to vafot etguniga qadar butun umri davomida unga hamrohlik qiladigan huquq va erkinliklardir. Ushbu universal huquqlar millati, jinsi, irqi yoki etnik kelib chiqishi, rangi, dini, tili yoki boshqa huquqiy maqomidan qatʼi nazar, hech qanday kamsitishlarsiz barcha uchun xosdir. Inson huquqlari yashash huquqi kabi eng asosiy huquqlardan tortib, munosib turmush tarzini taʼminlashga xizmat qiladigan taʼlim olish, mehnat qilish yoki ijtimoiy taʼminot olish kabi huquqlariga qadar barcha huquqlarni qamrab oladi. 1 Inson huquqlari masalasida XX asr oʻrtalariga kelib katta eʼtibor qaratila boshlandi. Buni xalqaro tashkilotlar tuzilishi hamda xalqaro hujjatlarni qabul qilinishi kabi misollarda ham koʻrish mumkin. Agar shu oʻrinda tarixga nazar tashlaydigan boʻlsak, ikkinchi jahon urishi vaqtida insoniyatga qarshi amalga oshirilgan qirgʻinlar insonning umum eʼtirof etilgan huquqlarini qayd qilish zarurligini koʻrsatdi. 1 Inson huquqlari nima? http://pravacheloveka.uz/uz/menu/chto-takoe-prava-cheloveka. Dekabr, 2025-Yil 382 1941-yilda AQSH prezidenti Franklin Ruzvelt “Mamlakatdagi holat boʻyicha murojaat”ida toʻrtda muhim erkinlik: soʻz erkinligi, vijdon erkinligi, ehtiyojdan erkinlik va qoʻrquvdan erkinlikni qoʻllab – quvvatlashga chaqirdi. Ayni shu narsa, tinchlik oʻrnatish va urush tugashiga imkon beradigan inson huquqlari rivojiga yangi turtki berdi. BMT Inson huquqlari boʻyicha komissiyasining birinchi majlisi 1947yil 27-yanvardan 10-fevralda Lake Suksess shaharchasida boʻlib oʻtdi. AQSHning oʻsha vaqtdagi birinchi xonimi Eleonora Ruzvelt kommisiya raisligiga saylandi. 2 Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasi BMT bosh assambliyasi tomonidan 1948yilning 10-dekabrida qabul qilindi. Ushbu deklaratsiya har bir insonning tabiiy va ajralmas huquq va erkinliklari eʼtirof etilgan asosiy xalqaro hujjat sifatida qabul qilindi. Mazkur hujjat bilan xalqaro munosabatlar tarixida ilk bor insonning hamma rioya etishi zarur boʻlgan asosiy huquqlari va erkinliklari doirasi belgilab berilgan. Hujjatda “insonga xos qadr-qimmatni, ularning teng va ajralmas huquqlarini tan olish – erkinlik, adolat va yalpi tinchlik negizi” ekanligi oʻz ifodasini topgan boʻlib, unga koʻra, barcha hurmat va rioya qilishi shart boʻlgan inson huquqlari doirasi shaxsiy, siyosiy hamda ijtimoiyiqtisodiy huquqlardan iborat ekanligi koʻrsatib berildi. Inson huquqlari umumjahon deklaratsiyasida inson manfaatlarining ustuvorligi tamoyillari sifatida: inson huquqlarini hurmat qilish, inson huquqlarining tengligi, inson erkinliklari, inson huquqlarini amalga oshirishning demokratik jarayoni, inson huquqlarini taʼminlashning adolatligi kabi tamoyillar eʼtirof etildi. Inson huquqlariga oid tamoyillarga koʻra barcha kishilar erkin tugʻiladi va oʻz qadr-qimmati hamda huquqlari jihatdan teng boʻlib, ular qonun oldida teng va bir xilda himoyalanish huquqiga ega. Mamlakatimizda ham soʻnggi yillarda milliy qonunchilik tizimini takomillashtirish jarayonidagi konstitutsiyaviy islohot tufayli ushbu yoʻnalishda muhim amaliy natijalarga erishilmoqda. Insonning shaʼni, qadr-qimmati, erkinligi, shaxsiy hayoti daxlsizligi kabi qadriyatlar 2023-yil oʻtkazilgan umumxalq referendumida qabul qilingan yangi tahrirdagi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida kafolatlandi. Konstitutsiyada shaxsiy daxlsizlik huquqlari va erkinliklarga doir talablar belgilangan. Jumladan, Konstitutsiyaning 26-moddasida “Insonning shaʼni va qadr-qimmati daxlsizdir. Hech narsa ularni kamsitish uchun asos boʻlishi mumkin emas. Hech kim qiynoqqa solinishi, zoʻravonlikka, boshqa shafqatsiz, gʻayriinsoniy yoki inson qadr-qimmatini kamsituvchi muomalaga yoxud jazoga duchor etilishi mumkin emas. Hech kimda uning roziligisiz tibbiy va ilmiy tajribalar oʻtkazilishi mumkin emas” deb belgilanishi inson huquqlari va erkinliklarini kafolatlaydi. Bu oʻz-oʻzidan, Oʻzbekistonning yagona xalqi - jinsi, irqi, millati, tili, dini, eʼtiqodi, ijtimoiy kelib chiqishidan qatʼi nazar, bir xil huquq va erkinliklarga ega ekanligini anglatadi. Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasida inson huquqlarini taʼminlash bilan bogʻliq normalarning belgilanishida tashqari, bu borada Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan bir qator meʼyoriy hujjatlar qabul qilindi. Toʻgʻrirogʻi, inson huquqlari va erkinliklariga rioya qilinishi, amalda taʼminlanishining tashabbuskori va kifili sifatida Yurtboshimizning sayharakatlari hamda jonkuyarliklarini alohida eʼtirof etish joiz. 2 D.Qilichev. Inson huquqlari boʻyicha umumjahon deklaratsiyasining mazmun va mohiyati. https://qashqadaryomamuriy.sud.uz/ inson-huquqlari-boʻyicha-umumjahon-dek/. Dekabr, 2025-Yil 383 Xususan, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi farmoni va boshqalarni yodga olish oʻrinlidir. Oʻzbekiston Respublikasida inson huquqlarini taʼminlash hamda himoya qilish maqsadida milliy institutlar tashkil etilib, bugungi kunda muvaffaqiyatli faoliyat olib borishmoqda. Bu borada, dastlab, inson huquqlari va erkinliklarini muhofaza qilishning taʼsirli vositasini barpo etish, xalqaro tashkilotlar va huquqni muhofaza qiluvchi organlar bilan hamkorlikni kengaytirish, davlat muassasalari xodimlari va aholining inson huquqlari boʻyicha madaniyatini oshirish maqsadida BMTning Inson huquqlari va boshqaruv tizimini demokratiyalashni qoʻllabquvvatlash dasturiga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 1996-yil 31-oktyabrdagi Farmoni bilan Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi tuzildi. Farmonda Inson huquqlari boʻyicha Milliy markazning maqsad va asosiy vazifalari aniq belgilab qoʻyildi. Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish boʻyicha davlat organlari va boshqa tashkilotlarning oʻzaro hamkorligini, milliy maʼruzalar tayyorlanishini, inson huquqlarini himoya qilish boʻyicha xalqaro tashkilotlar bilan hamkorlikni kengaytirishni taʼminlovchi davlat organi hisoblanadi. Markaz oʻz vakolatlarini barcha davlat organlari va tashkilotlar, ularning mansabdor shaxslaridan mustaqil ravishda amalga oshiradi. 3 Har yili Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlariga rioya etilishi holati toʻgʻrisida axborot taqdim etadi, davlat organlari, fuqarolik jamiyati institutlari, taʼlim, ilmiy-tadqiqot va boshqa tashkilotlarning faoliyatiga inson huquqlari sohasidagi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro majburiyatlarini bajarish masalalari boʻyicha koʻmaklashadi. Keyingi yillarda inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar tizimi yanada boyib bordi hamda Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Inson huquqlari boʻyicha vakili (ombudsman), Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari boʻyicha vakili (Bolalar ombudsmani), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Tadbirkorlik subyektlarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini himoya qilish boʻyicha vakil (biznes-ombudsman) kabi institutlar inson huquqlari boʻyicha xalqaro andozalar va ilgʻor xorijiy tajriba asosida tashkil qilindi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati: 1. O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi. –T.: “O‘zbekiston”, 2023 y. 2. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 22-iyundagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasining Milliy strategiyasini tasdiqlash toʻgʻrisida”gi Farmoni. https://lex.uz/docs/4872355?ONDATE=25.05.2024. 3 Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar. http://nhrc.uz/uz/menu/natsionalnye-instituty-po-pravam-cheloveka. Dekabr, 2025-Yil 384 3. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2018-yil 10-dekabrdagi “Inson huquqlari boʻyicha Oʻzbekiston Respublikasi Milliy markazi faoliyatini takomillashtirish toʻgʻrisida”gi qarori. https://lex.uz/uz/docs/4098056. 4. D.Qilichev. Inson huquqlari boʻyicha umumjahon deklaratsiyasining mazmun va mohiyati. https://qashqadaryo-mamuriy.sud.uz/ inson-huquqlari-boʻyicha-umumjahon-dek/. 5. Inson huquqlari nima? http://pravacheloveka.uz/uz/menu/chto-takoe-prava-cheloveka. 6. Inson huquqlari boʻyicha milliy institutlar. http://nhrc.uz/uz/menu/natsionalnye-institutypo-pravam-cheloveka.