scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGILARDA IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH

Raxmonova Mehrixon Xoshimovna Farg'ona viloyati Pedagogik mahorat markazi Pedagogika va psixologiya, ta'lim texnologiyalari kafedrasi katta o'qituvchisi

Abstract

Ushbu maqola o‘qituvchining ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish, proksiologik yondashuv to‘g‘risida. Kalit so‘zlar: ijtimoiy-madaniy kompetentlik, innovatsion, intеgrаtsiуа, motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv, modernizatsiya

Full text

SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM Vol. 3 No. 6 (2025) 180 INNOVATSION YONDASHUV ASOSIDA PEDAGOGILARDA IJTIMOIY-MADANIY KOMPETENTLIKNI RIVOJLANTIRISH Raxmonova Mehrixon Xoshimovna Farg‘ona viloyati Pedagogik mahorat markazi Pedagogika va psixologiya, ta’lim texnologiyalari kafedrasi katta o‘qituvchisi Annotatsiya. Ushbu maqola o‘qituvchining ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish, proksiologik yondashuv to‘g‘risida. Kalit so‘zlar: ijtimoiy-madaniy kompetentlik, innovatsion, intеgrаtsiуа, motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv, modernizatsiya. Annotation. This article is devoted to improving the pedagogical system of forming an educational environment aimed at developing the teacher's socio-cultural competence, the proxiological approach. Аннотация. Данная статья посвящена совершенствованию педагогической системы формирования образовательной среды, ориентированной на развитие социокультурной компетентности учителя, проксиологическому подходу. Hozirgi kunda xalqaro miqyosda bo‘lajak mutaxassislarni innovatsion tayyorlash, zamonaviy ta’limni amalga oshirish bo‘yicha bir qator ishlar amalga oshirilmoqda. Pedagoglarning kasbiy mahorati mezonlari, innovatsion ta’lim muhitini yaratish masalalarini xal etishda xalqaro ta’lim standartlari talablarining joriy qilinishiga alohida ahamiyat qaratilmoqda. Bunda o‘qituvchilarning pedagogik kompetentligini ya’ni, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni ta’lim jarayonida muvaffaqiyatli qo‘llashning motivatsion, kognitiv, operatsion, refleksiv va o‘zo‘zini baholash kabi indikatorlari asosida kengaytirish ham muhim o‘rin tutadi. Xarakatlar strategiyasida “uzluksiz ta’lim tizimini yanada takomillashtirish, SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM Vol. 3 No. 6 (2025) 181 sifatli ta’lim xizmatlari imkoniyatlarini oshirish, mehnat bozorining zamonaviy ehtiyojlariga mos yuqori malakali kadrlar tayyorlash siyosatini davom ettirish” kabi ustuvor vazifalar belgilangan. Ilg‘or xorijiy tajribalar asosida pedagoglarni tayyorlashning zamonaviy ta’lim mazmunini modernizatsiyalash, ichki imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga imkon beruvchi zarur shart-sharoitlar yaratish bo‘yicha ishlar olib borilmoqda. Bugungi kunda proksiologik yondashuv asosida ijtimoiy-madaniy kompetentlikni rivojlantirishga yo‘naltirilgan ta’lim muhitini shakllantirishning pedagogik tizimini takomillashtirish muhimdir. Psixologik nuqtai nazardan, kompetentlik “noan’anaviy vaziyatlar, kutilmagan hollarda mutaxassisning o‘zini qanday tutishi, hamkasblari bilan o‘zaro munosabatlarga yangicha yondashuvi, noaniq vazifalarni bajarishda hamda ziddiyatlarga to‘la ma’lumotlardan foydalanishda izchil rivojlanib boruvchi va murakkab jarayonlarda harakatlanish rejasiga egaligini anglatadi. Inglizcha “competence” tushunchasi lug‘aviy jihatdan bevosita “qobiliyat” ma’nosini ifodalaydi. Mazmunan esa faoliyatda nazariy bilimlardan samarali foydalanish, yuqori darajadagi kasbiy malaka, mahorat va iqtidorni namoyon eta olishni nazarda tutadi. Kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan kasbiy faoliyatni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan bilim, ko‘nikma va malakalar egallanishi va ularning amalda yuqori darajada qo‘llay olinishidir.Biroq, kasbiy kompetentlik mutaxassis tomonidan alohida bilim, malakalarning egallanishini emas, balki har bir mustaqil yo‘nalish bo‘yicha integrativ bilimlar va harakatlarning o‘zlashtirilishini nazarda tutadi, shuningdek, kompetentsiya mutaxassislik bilimlarini doimo boyitib borishni, yangi axborotlarni o‘rganishni, eng muhimi, ilmiy ma’lumotlarni izlab topish, ularni qayta ishlash va o‘z faoliyatida qo‘llay bilishni taqozo etadi. Keyingi paytlarda mutaxassislar tomonidan kasbiy kompetentlik masalasini tadqiq etishga qiziqish ancha kuchayib bormoqda. Kompetensiya turli soha mutaxassislari faoliyatiga qo‘yiladigan zamonaviy talablar majmuiga teng bo‘lib, uning kelib chiqish tarixi boshqaruv nazariyasi, ish SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM Vol. 3 No. 6 (2025) 182 jarayonini ishlab chiqarish maqsadiga adekvat va to‘liq mos tarzda to‘g‘ri boshqarish asosida uning samaradorligini so‘zsiz ta’minlash, menejmentlik amaliyoti, ishlab chiqarish jarayonidagi xodimlar faoliyatiga qo‘yilgan maqsad va samaradorlikka yo‘naltirish bilan bog‘liqdir. Kompetensiya tushunchasi shaxsga nisbatan umumiylik kasb etsa, kompetentlik individuallik xarakteriga ega. Kompetentlikning asosiy mezoni mahsuldor faoliyat, raqobatbardosh kadrlar tayyorlash natijasi bilan belgilanadi. Pedagogning kompetentligida : bilim va ko‘nikmalarni qo‘llay olish qobiliyati; - pedagogning xulq-atvor me’yorlarining jamiyat talablariga mosligi; - bilim, ko‘nikma va malakalar (BKM), qobiliyat, motiv, shaxs, kommunikativ sifatlar va boshqa tushunchalarning umumiy yig‘indisi; - pedagogning tayyorgarligi va ko‘nikmasi; - lavozim vazifalariga mas’ulligi va vakolati; - kasbiy muhim sifatlar, tashkilotchilik konteksti bilan birgalikda; - kasbiy tajribani chuqur anglanishi; - shaxsiy xususiyatlar majmui, individuallik; - samarali ishlab chiqarish faoliyati mezonlari, ijodkorlik kabi xislatlar shakllangan bo‘lishi kerak. O‘qituvchilarda kasbiy kompetensiyalarni shakllantirish jarayoni ularda ijtimoiy-madaniy kompetentlik darajasining rivojlanganligi bilan uzviy aloqador. Pedagogik faoliyatda kasbiy kompetentlik umumiy tuzilmasining muhim tarkibiy qismlaridan biri – bu ijtimoiy-madaniy kompetentlik hisoblanadi. Zamonaviy o‘qituvchi nafaqat o‘quvchiga bilim beradi, ma’lumot, axborot yetkazadi, balki rivojlanayotgan shaxs va jamiyat o‘rtasida vositachi rolini ham bajaradi. O‘qituvchioquvchi munosabatlarini o‘zaro aloqasini maqsadga muvofiq bo‘lishi o‘qituvchining qanchalik ijtimoiy hayotda kompetentli, omilkor ekangigiga ham bog‘liqdir. Ijtimoiy-madaniy kompetentlikning asosiy vazifalariga :moslashish ijtimoiy yo‘nalganlik shaxsiy va umumijtimoiy tajribalarning uyg‘unlashuvi kabi jihatlarni kiritish mumkin. Shaxs ijtimoiy-madaniy kompetentligining qay darajada ekanligi SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM Vol. 3 No. 6 (2025) 183 o‘zaro shaxslararo munosabatlarni olib borish, faoliyatni yo‘lga qo‘yish jarayonida muhim ahamiyat kasb etadi. Ekologik, siyosiy, mafkuraviy, ijtimoiy o‘zgarishlar nafaqat ijtimoiy tafakkur rivojini belgilaydi, balki insonlarning o‘zini o‘zi anglashi, hayotiy qadriyatlari, shaxsiy muammolariga ham ta’sir ko‘rsatadi. Shaxsning kompetentsiyaviy ijtimoiy xulq-atvori shakllanishi mexanizmlari, namoyon bo‘lish tendensiyalari, motivatsiyasi, mazmuniga bo‘lgan qiziqish, avvalo, “shaxs -jamiyat” o‘zaro aloqasi xarakterining ijtimoiy ravnaqi, rivojlanishiga ko‘rsatadigan ta’siri bilan tavsiflanadi. Ijtimoiy-madaniy kompetentlikning quyidagi o‘ziga xos jihatlarini ajratib ko‘rsatish mumkin: 1) ijtimoiy-madaniy kompetentlik o‘zida jamiyat va madaniyat talablarini ifoda etishi mumkin. Bu esa, shaxsning ijtimoiy-axloqiy me’yorlar mazmuni haqidagi bilimlarga, madaniy talablar asosida faoliyat shakllarini tashkillashtirish ko‘nikmasiga egaligi hamda uning qadriyatli yo‘nalganligi bilan izohlanadi. 2) ijtimoiy-madaniy kompetentlik insonning ijtimoiy o‘zaro sheriklik, hamkorlik sub’yekti sifatidagi yaratuvchilik xususiyatlarini ham aks ettiradi. Ijtimoiy-madaniy kompetentlilikni rivojlantirish jarayoni o'qituvchilarga ta’lim tizimida amalga oshirilayotgan islohotlar, yaratilayotgan yangiliklar va rivojlanishlar bo'yicha tushunchalar berib borish asosida ularda kasbiy kompetentlilikni muntazam rivojlantirib borishning korporativ asoslarini inobatga olishni taqozo etadi. Ta’lim va tarbiya jarayonlariga tizimli yondashuv – bu o‘qitish va tarbiyalash natijalariga asoslanib, mazkur jarayonlarning maqsad va vazifalarini aniqlashtirish, har bir bosqichini alohida-alohida loyihalash, ta’lim va tarbiyaning shakl, metod va vositalarini aniq belgilab olishga qaratilgan jarayon hisoblanadi. Xulosa qilib aytganda, kompetentlikga asoslangan yondashuvning maqsadi zamonaviy ta’lim nuqtai nazaridan kelib chiqqan holda, mutaxassisning nazariy bilimlari va uni amaliy qo‘llash o‘rtasidagi uzilishni yengishga intilishdir. Shuning uchun zamonaviy o‘quv jarayoni amaliyotda qo‘llanilishi qiyin bo‘lgan bilimlarni o‘quvchilarga berishdan iborat emas, aksincha shu bilimlarni dolzarb kasbiy muammolarni hal qilish uchun safarbar etish, shuningdek o‘quv jarayonida SCIENTIFIC APPROACH TO THE MODERN EDUCATION SYSTEM Vol. 3 No. 6 (2025) 184 bu kabi muammolarni o‘quvchilarning o‘zlari mustaqil ravishda hal qilishlari uchun sharoit yaratishdan iborat bo‘lishi kerak . Foydalanilgan adabiyotlar: 1. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 7-fevraldagi PF4947-sonli «O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida»gi Farmoni. O‘zbekiston Respublikasi qonun hujjatlari to‘plami, 2017 yil, 6-son, 70-modda. 2. Musurmonova O. Pedagogik texnologiyalar – ta’lim samaradorligi omili. Monografiya. – T.: Yoshlar nashriyot uyi, 2020. – 184 b. 3. Ishmuhammedov R, Abduqodirov A , Pardayev A .Ta’limda innovatsion texnologiyalar. – T.2009 4. Muslimov N.A , Usmonboyeva M.H , Sayfurov D.M , To‘rayev A.B . Innovatsion ta’lim texnologiyalari. – T. 2015