1985-1991- yillarida O'zbekiston aholisining "iste'mol savatchasi".
Abstract
1985-1991-yillarda O’zbekistonda iste’mol savatchasi tarkibi va sifati iqtisodiy va demografik omillar ta’sirida o’zgargan. Shaharlar rivojlanib, yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlangan bo’lsa, qishloqlarda oziq-ovqat va zarur ehtiyojlar yetishmagan. Markazlashtirilgan iqtisodiyotning samaradorligi past bo’lib, qora bozorlarga olib kelgan va bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurligini ko’rsatgan.
Full text
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 218 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us 1985-1991yillarida O’zbekiston aholisining “iste’mol savatchasi”. Turg’unpulatova Manzalatxon Sharobiddin qizi Farg’ona jamoat salomatligi tibbiyot instituti stajyor o’qituvchisi Anotatsiya. 1985-1991-yillarda O’zbekistonda iste’mol savatchasi tarkibi va sifati iqtisodiy va demografik omillar ta’sirida o’zgargan. Shaharlar rivojlanib, yuqori sifatli mahsulotlar bilan ta’minlangan bo’lsa, qishloqlarda oziq-ovqat va zarur ehtiyojlar yetishmagan. Markazlashtirilgan iqtisodiyotning samaradorligi past bo’lib, qora bozorlarga olib kelgan va bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurligini ko’rsatgan. Kalit so’zlar: iste’mol savatchasi, demografik omil, quyi, o’rta, yuqori, elita qatlamlari, yetishtiruvchilar, iste’molchilar, qora bozor Abstract. From 1985 to 1991, the composition and quality of the consumer basket in Uzbekistan changed under the influence of economic and demographic factors. While cities developed and were supplied with high-quality products, rural areas faced shortages of food and essential goods. The inefficiency of the centralized economy led to the emergence of black markets and highlighted the need for a transition to a market economy. Key words: consumer basket, demographic factor, lower, middle, upper, elite strata, producers, consumers, black market. Аннотация. В 1985-1991 годах состав и качество потребительской корзины в Узбекистане изменялись под воздействием экономических и демографических факторов. Города развивались и обеспечивались продукцией высокого качества, в то время как в сельской местности наблюдались нехватка продуктов питания и необходимых товаров. Эффективность централизованной экономики была низкой, что привело к возникновению черных рынков и показало необходимость перехода к рыночной экономике. Ключевые слова: потребительская корзина, демографический фактор, низший, средний, высший, элитные слои, производители, потребители, черный рынок. “Iste’mol savatchasi” bu - aholi o’z ehtiyojlarini qondirish uchun iste’mol qiladigan barcha tovarlar va xizmatlarni o’z ichiga oladi. Bu savatchaning tarkibi aholi turmush tarziga, iqtisodiy imkoniyatlarga, yashash sharoitlariga va hududning rivojlanish darajasiga qarab farq qiladi. Shu bois, 1985-1991-yillar orasidagi shahar va qishloq hududlarida iste’mol savatchasi tarkibi va sifati bir-biridan sezilarli darajada farq qilgan.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 219 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us “1986-yil non korxonalarining umumiy quvvati 1886,7 t/sutka non mahsulotlarini tashkil etdi (milliy nonlar hissasi 18% boʻldi). 1987-yil non korxonalari Respublika Oziq-ovqat sanoati vazirligidan Don mahsulotlari vazirligi tasarrufiga o’tkazilgach, firma do’konlariga ega bo’lgan kichik novvoyxonalar tizimini tashkil etishga ustuvor ahamiyat berildi. Non sanoati korxonalarida non, non-bulka, makaron va qandolatchilik mahsulotlari ishlab chiqarila boshladi. 1988-yilda mamlakatda 29 ta yirik non zavodlari ishladi”[ 1 ]. Qishloqlarda sanoat mahsulotlari juda cheklangan edi. Shaharlar bilan nisbatan taqqoslaganda, kiyim-kechak, poyabzal va texnika mahsulotlari qishloq aholisiga kamroq taqdim etilgan. Shuning uchun, qishloq aholisi ko’proq o’z resurslari va mehnatidan foydalangan, masalan, o’z qo’llari bilan ishlangan asbob-uskunalar, kiyimlar va boshqalar. Qishloq hududlarida tibbiyot, ta’lim va kommunal xizmatlar ko’pincha yetarli darajada rivojlanmagan edi. Shuningdek, qishloqlarda transport tizimi shaharlarga nisbatan cheklangan edi, bu esa qishloq aholisi uchun zarur bo’lgan mahsulotlarni olishda ba’zi qiyinchiliklarga sabab bo’lgan. “Ijtimoiy infrastruktura tarmoqlari: sog’liqni saqlash, xalq ta’limi, maktabgacha bolalar muassasalari juda og’ir ahvolga tushib qolgan. Maktab va kasalxonalarning 60 foizi nobop binolarda joylashtirilganini aytishning o’zi kifoya. Juda o’tkir iqtisodiy va ijtimoiy muammolar ro’yxatini yanada davom ettirish mumkin. Buni avvalo shundan ko’rsa bo’ladiki, insonning har tomonlama uyg’un kamol topishi, uning shaxs sifatida ma’naviy rivojlanishi bir yoqda tursin, ko’pincha yashash uchun kerak bo’lgan eng oddiy narsalar ham yetishmayapti”[1, 175-б.]. “Aholi jon boshiga yalpi ijtimoiy mahsulot ishlab chiqarish bo’yicha ittifoqdosh respublikalar orasida 12-o’rinni, daromad darajasi, asosiy turdagi mahsulotlarni iste’mol qilish jihatidan eng oxirgi o’rinlardan birini egallab keldi. Aholi jon boshiga milliy daromad ishlab chiqarish bo’yicha Ittifoqdagi o’rtacha darajadan 2 barobar, xalq iste’moli mollari ishlab chiqarish bo’yicha 2,5 barobar, sanoatdagi mehnat unumdorligi jihatidan 2,5 barobar, qishloq xo’jaligidagi mehnat unumdorligi jihatidan esa 2 barobar, aholining o’rta hisobda go’sht mahsulotlari, tuxum, sut va sut mahsulotlari iste’moli bo’yicha 2 barobar orqada qolgan”[2, 56-b.]. “Shu bilan birga demografik ko’rsatgich O’zbekistonda aholining o’sish sur’atlari Ittifoq sur’atlariga qaraganda uch barobardan ziyod yuqori bo’lganini ko’rsatadi” [3, 648-b.]. 1985-1991-yillardagi O’zbekistondagi demografik omillar va ularning “iste’mol savatchasi”ga ta’sirini tahlil qilamiz. “Iste’mol savatchasi” - bu aholi tomonidan iste’mol qilinadigan barcha tovarlar va xizmatlar majmuasini anglatadi. Demografik
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 220 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us omillar esa aholi soni, uning tarkibi (yosh, jins, oilaviy holat, mehnat resurslari va boshqalar) hamda shahar va qishloq o’rtasidagi taqsimotni o’z ichiga oladi. Ushbu omillarning 1985-1991-yillardagi O’zbekistondagi iste’mol savatchasiga qanday ta’sir ko’rsatganini tahlil qilishda quyidagilarga e’tibor qaratamiz: Birinchidan, Aholi sonining o’sishi. “1980-yil 15,8mln kishi 1990-yil 20,2 mln kishi “[2]. “1991-yilda O’zbekistonning doimiy aholisi soni 20,6 million kishini tashkil etgan. Bu haqda Davlat statistika qo’mitasi xabar berdi “[3]. 1985-1991-yillarda O’zbekistonda aholi soni yildan yilga o’sib borgan. Aholi sonining o’sishi, ayniqsa yoshlar sonining ko’payishi, iste’mol savatchasining o’zgarishiga olib keldi. Aholi sonining o’sishi orqali iste’mol qilinadigan tovarlar va xizmatlar ko’paygan, bu esa bozorning kengayishiga sabab bo’ldi. Ikkinchidan, aholining yosh tarkibi. O’zbekistonda 19851991-yillarda aholi tuzilmasi yoshlar va bolalarga boy edi. Bu esa, ayniqsa, oziq-ovqat, kiyim-kechak, o’yinchoqlar va boshqa iste’mol tovarlariga bo’lgan talabni oshirdi. Yoshlarning ko’pligi shahar va qishloq hududlari o’rtasida farqlarga olib keldi, chunki shaharlar ko’proq sanoat mahsulotlari va xizmatlarga bo’lgan talabni oshirgan, qishloqlarda esa ko’proq oziq-ovqat va zarur ehtiyojlar talabi mavjud edi. Uchinchidan, Shahar va qishloq aholisi o’rtasidagi farq 1985-1991-yillarda shahar va qishloq o’rtasidagi demografik farqlar o’zgarishni davom ettirdi. Shaharlarda yashovchi aholining ko’payishi, sanoat, xizmatlar va tovarlarga bo’lgan talabni oshirdi. Shaharlar ko’proq sanoat mahsulotlari, yengil sanoat, texnika va elektronika kabi mahsulotlarni iste’mol qilishgan. Qishloqlarda esa asosan oziq-ovqat, dehqonchilik va o’z-o’zini ta’minlashga asoslangan iste’mol shakllangan. To’rtinchidan, Migratsiya va ko’chish 1985-1991-yillarda ichki migratsiya ko’paygan, ya’ni qishloqdan shaharga ko’chishlar sezilarli bo’lgan. Bu shaharlarning rivojlanishiga, aholining shahar markazlarida yashashga bo’lgan istagini oshirishga olib keldi. Ko’plab qishloq aholisi shaharlarga ko’chgan, bu esa shaharlarda yangi tovarlarga, xizmatlarga va turmush sharoitlariga bo’lgan talabni oshirishga olib keldi. Migratsiya O’zbekistondagi iqtisodiy va ijtimoiy muhitga katta ta’sir ko’rsatdi. 1985-1991-yillar O’zbekistonda bozor iqtisodiyoti hali rivojlanmagan va markazlashgan reja asosida iqtisodiy tizim faoliyat ko’rsatgan. Shu davrda O’zbekistonda ikki asosiy ijtimoiy qatlam mavjud edi. Ulardan biri yetishtiruvchilar ya’ni ishlab chiqaruvchilar hamda iste’molchilardir. Ushbu tahlilda, ularning o’zaro munosabatlarini, taqsimotni, shuningdek iqtisodiy sharoitlarni ko’rib chiqamiz. Yetishtiruvchilar asosan qishloq xo’jaligida faoliyat yuritgan. O’zbekistonda oziqovqat sanoati mavjud bo’lsa-da, bu tarmoq Sovet Ittifoqining iqtisodiy siyosati doirasida ishlagan. Mahsulotlar ko’proq ichki iste’molga yo’naltirilgan bo’lib,
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 221 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us samaradorlikni oshirish uchun sanoat texnolo-giyasi yetarli bo’lmagan. O’zbekistonning sanoat ishlab chiqaruvchilari ko’plab tarmoqlarda (mato, kimyo, oziq-ovqat) faollik ko’rsatgan bo’lsa-da, bu sohalar markazlashgan boshqaruv va texnologiyalar yetishmasligi sababli samarali ishlamagan. Iste’molchilar - bu O’zbekiston aholisini tashkil etgan barcha ijtimoiy qatlamlardir. Shu davrda iste’molchilar turli ijtimoiy qatlamlarga bo’lingan edi va har bir qatlamning iste’mol savatchasi o’ziga xos xususiyatlarga ega bo’lgan. Quyi qatlam ko’pincha qishloqlarda yashagan va ularning asosiy ehtiyojlari oziq-ovqat va oddiy kiyim-kechakni qondirishga yo’naltirilgan edi. Ko’plab odamlar maishiy texnikalarga ega emas, oddiy hayot kechirgan. Quyi qatlamning asosiy muammosi bu taqsimotning notekisligi bo’lgan. Shu bois, ko’p hollarda oziq-ovqat va boshqa zarur narsalar yetishmasligi kuzatilgan. Shu bilan birga, ushbu qatlam o’ziga zarur bo’lgan mahsulotlarni olishda muammolarga duch kelgan. O’rtacha qatlamdagi iste’molchilar bir qator maishiy texnikalarga ega bo’lgan, shuningdek, oddiy to’qimachilik va oziq-ovqat mahsulotlarini iste’mol qilgan. Bu qatlamda o’rtacha daromadli oilalar yashagan, ular davlat sektori yoki yirik korxonalarda ishlagan. O’rtacha qatlam o’zining ehtiyojlarini qondirish uchun davlat tomonidan belgilangan taqsimot tizimidan foydalanib, ba’zan maxsus chegirmalar va bonuslar orqali zarur mahsulotlarni olishgan. Yuqori qatlamdagi iste’molchilar yuqori sifatli va qimmatbaho mahsulotlar, masalan, import qilingan oziq-ovqat, maishiy texnikalar (muzlatgich, televizorlar), avtomobillar va boshqa yuqori sifatli mahsulotlarga talab ko’rsatgan. Yuqori qatlamning iqtisodiy imkoniyatlari keng bo’lib, ular turli xil xaridlarni amalga oshirish uchun zarur bo’lgan vositalarga ega bo’lgan. Ular ko’pincha davlat boshqaruvidan mustaqil yashash imkoniyatlariga ega bo’lgan. Iste’molchilarning ehtiyojlari bo’yicha taqsimot ko’plab muammo-larni keltirib chiqargan. Markazlashgan iqtisodiy tizimda mahsulotlar va xizmatlar taqsimoti ko’plab hollarda notekis bo’lgan, shu sababdan ba’zi tovarlar kam, ba’zi tovarlar esa ortiqcha bo’lgan. Narxlar ko’plab hollarda davlat tomonidan belgilangan bo’lib, bu iste’molchilarning haqiqiy ehtiyojlariga javob bermagan. Shu bilan birga, ayrim yuqori sifatli mahsulotlarni faqat yuqori daromadli qatlamlar olishi mumkin edi. 1985-1991-yillarda O’zbekistonda yetishtiruvchilar va iste’molchilar o’rtasidagi o’zaro munosabatlar davlat boshqaruvi ostida bo’lgan va bu iqtisodiy tizimda resurslar taqsimoti, ishlab chiqarish va iste’mol o’rtasidagi muvozanatni saqlashda ko’plab qiyinchiliklar yuzaga kelgan. Yetishtiruvchilar ko’pincha qishloq xo’jaligi va sanoat tarmoqlarida ishlagan, davlat tomonidan belgilangan rejalarga asoslanib mahsulotlar ishlab chiqarishgan. Biroq, bu ishlab chiqarish samaradorligi past bo’lgan va ularning ehtiyojlari to’liq qondirilmagan.
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 222 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us Iste’molchilar esa turli ijtimoiy qatlamlarga bo’lingan bo’lib, ularga davlat tomonidan belgilangan mahsulotlar taqdim etilgan. Ammo, ko’plab hollarda, iste’molchilar zarur bo’lgan mahsulotlarni topa olishmagan yoki ular yuqori narxda sotilgan. Iqtisodiy tizimning markazlashtirilgan xususiyati va davlat boshqaruvining cheklovlari iste’molchilarning ehtiyojlarini qondirishda samarali bo’lmagan. 1985-1991-yillar orasidagi davrda O’zbekistonda modernizatsiya jarayonlari Sovet Ittifoqining umumiy iqtisodiy va siyosiy o’zgarishlaridan ajralib turmadi. Gorbachevning siyosati va boshqa iqtisodiy islohotlar davrida O’zbekiston aholisi uchun oziq-ovqat va boshqa iste’mol tovarlarining savdosi va mavjudligi yangi shakllar oldi. Ushbu davrda “iste’mol savatchasiga” modernizatsiya omili ta’siri bir qator ijtimoiy, iqtisodiy, texnologik va madaniy o’zgarishlar bilan bog’liq bo’ldi. Biroq, bu jarayonlarning ta’siri keng va doimiy emas edi. Gorbachevning iqtisodiy islohotlari, xususan, yangi texnologiyalar va samarali ishlab chiqarish usullarini joriy etishga urg’u berar ekan, bu jarayon O’zbekistonda ko’plab mahsulotlar ishlab chiqarishni optimallashtirishga yordam berdi. Biroq, bu o’zgarishlar cheklangan edi, chunki Sovet tizimining rejalashtirish metodlari ishlab chiqarish hajmini oshirishga, ammo sifatni yaxshilashga imkon bermadi. Oddiy tortish asboblarining holatidan ham tehnologik jarayonlar qay darajada ekanligini tasavvur qilishimiz mumkin. “1987-yil may oyida Farg’ona shahar Oxunboboyevskiy iste’mol jamiyati korxonalarida tortish asboblarining holati va ishlatilishini tekshirish to’g’risidagi Farg’ona viloyat davlat arxivi fond hujjatlari orqali ma’lumotlarga ega bo’lishimiz mumkin [4, 31-36-b.]”. “Uning tarkibida 92 ta savdo korxonasi mavjud bo’lgan, shulardan 41 ta sanoat mollari do’konida 7 ta, maishiy do’konlarda 6 ta, boshqa ixtisoslashtirilgan savdo rastalarida 21 ta tortish asboblari bo’lgan, …borlarida ham 24,2 % nosoz tortish asboblaridan foylanish aniqlangan” [5, 32-b. ]. Shuningdek, qishloq xo’jaligi va oziq-ovqat sohasidagi texnikaviy o’zgarishlar O’zbekistonning qishloq joylarida sekin kechdi, bu esa turli hududlarda ist’mol tovarlari va oziq-ovqat mahsulotlarining sifati va miqdoriga turlicha ta’sir ko’rsatdi. Ushbu o’zgarishlar ko’proq shahar hududlarida sezildi, chunki qishloq joylarida infratuzilma va texnologik rivojlanishning sekin bo’lishi iste’mol savatchasidagi o’zgarishlarni chekladi. 1985-1991-yillarda O’zbekiston aholisining “iste’mol savatchasiga” modernizatsiya omili ta’siri ko’p jihatdan iqtisodiy, texnologik, madaniy va ijtimoiy o’zgarishlar orqali amalga oshdi. Biroq, bu ta’sirlar nisbatan shahar hududlarida va yuqori daromadli qatlamlar o’rtasida sezilarli bo’ldi. Qishloq joylarida esa modernizatsiya jarayonlari sekin kechdi va eski turmush tarzining izlari saqlanib qoldi. Tog’lik hududlarda aholi ko’proq o’z-o’zini ta’minlashga tayanib yashaydi. Ushbu hududlarda iqtisodiy faoliyat qishloq xo’jaligi va chorvachilikka asoslangan,
PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH Volume 02, Issue 11, 2025 223 PROBLEMS AND SOLUTIONS OF SCIENTIFIC AND INNOVATIVE RESEARCH universalconference.us sanoat va yuqori sifatli iste’mol mollari kamroq. Transport va kommunikatsiya tizimlari sustroq, bu esa iste’mol savatchasining cheklanishiga olib keladi. Tekislik hududlar esa tog’lik hududlarga nisbatan iqtisodiy jihatdan rivojlangan bo’lib, aholiga keng iste’mol savatchasi taqdim etiladi. Bu hududlarda sanoat, savdo va xizmatlar yaxshi rivojlangan va aholi yuqori sifatli tovarlar, oziq-ovqat mahsulotlari va xizmatlar bilan ta’minlangan. Biroq har doim ham ular uchun zarur bo’lgan maishiy texnikalar va boshqa yuqori sifatli tovarlar ko’pincha mavjud bo’lmagan. “1989-1991yillarda: respublikamiz sobiq SSSRda aholi turmush darajasi, ijtimoiy va gumanitar sohalar rivoji bo’yicha oxirgi o’rinlardan birida turar edi” [ 6, 4-бет.]. Mahsulotlar taqsimoti tizimining samarasizligi natijasida, qora bozorlar paydo bo’ldi. Qora bozorlarda narxlar, rasmiy narxlardan yuqori bo’lib, iste’molchilar yuqori narxlarda mahsulotlarni olishga majbur bo’lishgan. Bu esa iste’mol savatchasining o’zgarishiga olib kelgan. Bu davrda markazlashtirilgan iqtisodiyotning samarali bo’lmaganligi, bozor iqtisodiyotiga o’tish zarurligini ko’rsatdi. Aholi uchun mahsulotlar va pulni boshqarish, iqtisodiy muammolarga sabab bo’ldi va turmush darajasiga katta ta’sir ko’rsatdi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Ислом Каримов. Ўзбекистон мустақилликка эришиш остонасида. – Т.: “Ўзбекистон” НМИУ, 2011. 175-бет. 2.Abuyeyev H.O. “Sovet hokimiyatining qayta qurish siyosati va uning O’zbekistonga ta’siri (1985-1991 yillar)” tarix fanlari bo’yicha falsafa doktori (PhD) diss. - T, 2020. 56-bet. 3.O’zbekistonning yangi tarixi 2kitob “O’zbekiston sovet mustamlakachiligi davrida”. Toshkent.; 2000 yil 648bet 4.Farg’ona viloyat davlat arxivi 952 fond 1ro’yxat, 90-ish, 31-36-betlar. 5.Farg’ona viloyat davlat arxivi 952 fond 1ro’yxat, 90-ish, 32-bet. 6.Статистик тўплам. Ўзбекистон Республикаси иқтисодийижтимоий тараққиѐтнинг мустақиллик йилларидаги (1990-2010 йиллар) асосий тенденция ва кўрсаткичлари ҳамда 2011-2015 йилларга мўлжалланган пргнозлари:- Т: “Ўзбекистон” НМИУ. 2011.4-бет Internet web saytlari 1.https://uz.m.wikipedia.org/wiki/Non_sanoati# 2.https://kun.uz/news/2023/01/06/ozbekistonning-100-yillik-demografikkorsatkichlari-malum-qilindi 3.https://daryo.uz/2021/08/17/ozbekistonning-doimiy-aholisi-soni-30-yil-ichidaqanchaga-osgani-malum-qilindi