XALQARO SUN'IY TILLAR VA ULARNING QO'LLANILISH O'RNI
Abstract
Ushbu maqola interlingvistika fanining bir bo‘limi xalqaro sun’iy tillarning sotsiolingvistika fanida tutgan o‘rni va ularning shakllanishi, xalqaro sun’iy tillar, ularning ijtimoiy hayotda qo‘llanishiga bag‘ishlanadi. Maqolada xalqaro sun’iy tillarning “esparanto”, “Solserol” va “ro” turlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy tillarning jamiyatda tutgan o‘rni keng o‘rganiladi.
Full text
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1164 XALQARO SUN’IY TILLAR VA ULARNING QO‘LLANILISH O‘RNI Muminova Sevinch Erkin qizi Kattaqo‘rg‘on davlat pegagogika instituti Filologiya va ijtimoiy fanlar fakulteti o‘zbek tili va adabiyot yo‘nalishi 23-13-guruh talabasi e-mail: [email protected] https://doi.org/10.5281/zenodo.18063350 Annotatsiya. Ushbu maqola interlingvistika fanining bir bo‘limi xalqaro sun’iy tillarning sotsiolingvistika fanida tutgan o‘rni va ularning shakllanishi, xalqaro sun’iy tillar, ularning ijtimoiy hayotda qo‘llanishiga bag‘ishlanadi. Maqolada xalqaro sun’iy tillarning “esparanto”, “Solserol” va “ro” turlari tahlil qilinadi. Tadqiqotda sun’iy tillarning jamiyatda tutgan o‘rni keng o‘rganiladi. Kalit so‘zlar: interlingvistika, xalqari tabiiy til, xalqaro sun’iy til, “volapyuk”, apasterior, aprior, “esperanto” “Solserol”, “ro” sun’iy tili. Abstract. This article is devoted to the role of international artificial languages in sociolinguistics, a section of the science of interlinguistics, and their formation, international artificial languages, and their use in social life. The article analyzes the types of international artificial languages “Esperanto”, “Solserol” and “ro”. The study widely studies the role of artificial languages in society. Keywords: interlinguistics, international natural language, international artificial language, “Volapyuk”, aposterior, aprior, “Esperanto”, “Solserol”, “ro” artificial language. Аннотация. Данная статья посвящена роли международных искусственных языков в социолингвистике, разделе науки интерлингвистики, их формированию, международным искусственным языкам и их использованию в общественной жизни. В статье анализируются типы международных искусственных языков “Эсперанто”, “Сольсероль” и “ро”. В исследовании широко рассматривается роль искусственных языков в обществе. Ключевые слова: интерлингвистика, международный естественный язык, международный искусственный язык, “Волапюк”, aposterior, aprior, “Эсперанто”, “Сольсероль”, искусственный язык “ро”. Interlingvistika-tilshunoslikning alohida mustaqil tarmog‘i. Interlingvistikasotsiolingvistikaning muhim obyektlaridan biri. Tilshunoslikning bu tarmog‘ida xalqaro tillar o‘rganiladi. ”Interlingvistika” atamasi fanga birinchi bo‘lib, 1629-yili R.Dekarta tomonidan olib kirilgan. Interlingvistika anglatgan tushuncha bilan bog‘liq barcha lisoniy masalalar fanga G.V.Leybsig tomonidan ommalashtirilib, rasmiylashtirilgan. Xalqaro tillar ikki xil bo‘ladi: 1) xalqaro tabiiy tillar; 2) xalqaro sun’iy tillar “Xalqaro tabiiy tillar muayyan xalq, millat tilining funktsional mavqei, ya’ni vazifasi bilan belgilanadi. Dunyoning vazifa jihatidan millatlararo va zonal tillardan ham yuqori imtiyozli tili xalqaro tabiiy til hisoblanadi. Dunyoning barcha millat va xalqlariga baravar aloqador bo‘lgan yig‘in va anjuman materiallari ana shu xalqaro tabiiy tillarda rasmiylashtiriladi. Xalqaro tabiiy
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1165 tillar Birlashgan Millatlar Tashkilotining (BMT) rasmiy tilidir. Dunyoning olti tili xalqaro til sifatida tan olingan. Ularga ingliz, fransuz, ispan, rus, xitoy va arab tillari kiradi.” “Xalqaro sun’iy tillar “ijod qilingan", ya’ni “o‘ylab topilgan” tillardir. Ular ayrim shaxslar tomonidan “ixtiro” qilingan. Bunday tilni yaratish yo‘lidagi dastlabki intilish eramizning II asrida boshlangan. Uning tashabbuskori grek vrachi Galendir. Xalqaro sun’iy til dunyoning mushtarak kasb-korga, ya’ni bir xil ixtisosga ega sosial guruhlari uchun mo‘ljallangan “yasama” til hisoblanadi. Bu til dunyoning ana shunday mushtarak kasb egalari kommunikasiyasi jarayoniga xizmat qiladi. Xalqaro sun’iy tillarni sotsiolingvistikaning “interlingvistika” deb ataluvchi tarmog‘i o‘rganadi.” Xalqaro sun’iy tillar — bu nutqiy muloqotni amalga oshirish uchun maxsus yaratilgan, tabiiy ravishda shakllanmagan, balki tilshunoslar yoki mualliflar tomonidan loyihalashtirilgan tillardir. Ularning asosiy maqsadi turli millat vakillari o‘rtasida oson, neytral va qulay aloqa tizimini yaratishdir. Bunday tillar tabiiy tillardagi grammatik murakkabliklardan voz kechadi, so‘z yasalishi va fonetikasi imkon qadar sodda bo‘ladi. Ular ma’lumki, biror-bir millat yoki xalqning milliy tili emas. Biroq xalqaro sun’iy tillar dunyoning tabiiy tillari asosida yaratiladi. Birinchi xalqaro sun’iy til Germaniyada “volapyuk” nomi bilan vujudga keldi. “Volapyuk” nemis ruhoniysi Iogan Martin Shleyer tomonidan 1879-yilda yaratiladi. Tilning lug‘ati asosan ingliz, fransuz va nemis tillaridan olingan. Fonetik xususiyati oddiy, 5 unli, 21 undoshga ega. Grammatik jihati sodda. Tegishlilik qo‘shimchalari so‘z bilan ifodalanadi. ”Keyinchalik, 1876yili Polshada “esparanto” ixtiro qilindi. “Esparanto” polyak vrachi L.L. Zamengof tomonidan yaratilgan. Bu til xalqaro sun’iy tillarning eng faol va eng keng tarqalgan turidir. U dastlab Rossiya va Polshada, keyinchalik Angliya, Frantsiya va boshqa mamlakatlarga tarqalgan. Bu tilning yozuvi “bir tovushga bir harf ” printsipida tuzilgan. Esparanto tilida dunyoning boy original va tarjima asarlari yaratilgan. Esparanto, bundan tashqari, frantsuz tili kabi, xalqaro pochta assosiasiyasining rasmiy tili vazifasini ham bajaradi. Hozirgi vaqtda esparantodan dunyoning deyarli barcha mamlakatlarida foydalaniladi. Volapyuk va esparantodan so‘ng dunyoning ko‘pgina mamlakatlarida interling (1903), ido (1907), oktsidental (1922), omo (1926), Novial (1928), O‘rtaturk (1992) nomlari bilan atalgan xalqaro sun’iy tillar paydo bo‘ldi. Biroq bu tillar xalqaro miqyosda keng foydalanilmadi, ularning amali “kuchga kirmadi”. Esperanto fonetik jihatdan oddiy: 5 unli tovush va taxminan 23 (yoki 22–24) undosh tovush mavjud. Orfografiya juda aniq: har bir harf, odatda, bitta tovushga mos keladi — ya’ni, talaffuz va yozuv o‘rtasida “bir-to‘rtlik” moslik mavjud. Odatda so‘zning oxirdan birinchi bo‘g‘inda: agar so‘z “familio” bo‘lsa, urgʻu “i”ga tushadi. Morfologiya va leksika: So‘z yasash, grammatik strukturasi Esperanto agglyutinativ (qo‘shimchali) til: so‘z asoslari (root) + qo‘shimchalar (suffix/prefix) orqali lug‘at kengaytiriladi. Misol uchun: Ot -o libro kitob. Otlar -o tovushi bilan tugaydi. Sifat -a granda katta. Sifatlar -a tovushi bilan tugashi kerak. Ravish -e rapide tez. Ravishlar -e tovushi bilan tugashi lozim. Fe’l -i legi o‘qimoq. Fe’llar esa -i tovushi bilan tugashi darkor. Olmoshlar o‘ziga xos tarzda bo‘ladi: kishilik olmoshlari 1) birlik shakli -mi (men), ci(sen), li (erkak kishiga nisbatan u), śi (ayollarga nisbatan u), ği (predmetlarga nisbatan u), 2) ko‘plik shaklini (biz), vi (sizlar), ili (ular).
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1166 Son. Sanoq sonlar; 1-unu, 2-du, 3-tri, 4-kvar, 5-kvin, 6-ses, 7-sep, 8-ok, 9-nau, 10-dek, 100-cent, 1000-mil. So‘nggi yillarda tilshunoslikda -tabiiy tillardan farqli ravishda, sun’iy tillar bo‘yicha ham ilmiy tadqiqotlar o‘smoqda: Esperanto — eng ko‘p tadqiq qilingan sun’iy tillardan biri. Masalan, tilning statistik xususiyatlari (matn, so‘z chastotalari, struktura xususiyatlari) bilan tabiiy tillarni solishtiruvchi tadqiqotlar bor. Xalqaro sun’iy tillar tizimi: a) apasterior sun’iy tillar va b) aprior sun’iy tillar kabi ikki guruhga ajraladi. Apasterior so‘zi (“a posteriori” lotincha “tajribadan keyin”, “ko‘rilgan haqiqatga asoslangan”) degani ma’noni bildiradi. Bu til-lug‘at boyligi, grammatik tizimi va fonetikasi mavjud tabiiy tillardan olinib, soddalashtirilgan yoki qayta normallashtirilgan sun’iy til. Esparanto tili apasterior tillarning eng rivojlangan namunasidir. Aprior (lotinchaa priori “oldindan ma’lum, tajribasiz bilim”) degan ma’noni beradi. Aprior til — tabiiy tillardan mustaqil ravishda, oldindan ishlab chiqilgan tamoyillarga asoslangan sun’iy til bo‘lib, unda leksika, morfologiya va fonetika to‘liq sun’iy yaratiladi, boshqa tillardan qarzma so‘zlar bo‘lmaydi. “Solserol” va “ro” nomi bilan ixtiro qilingan sun’iy tillar aprior sun’iy tillarga kiradi. Solresol — sun’iy “umumiy yordamchi til” (auxiliary/international constructed language) bo‘lib, 19‑asr boshida fransuz musiqachisi Jean‑François Sudre tomonidan yaratildi. U “musiqiy til” ya’ni tildagi “fonemalar” sifatida musiqa notalari (do, re, mi, fa, sol, la, si, do) ishlatiladi. Sudre tilni 1817‑yildan boshlab ishlab chiqa boshlagan. Sudrening kitob “Langue Musicale Universelle” 1866‑yilda chop etilgan 1902‑yilda esa tilning grammatikasini tuzgan va ommalashtirgan muhim asar “Grammaire du Solresol” chop qilingan. So‘z uzunligi ko‘pincha 1– 5 nota -“sillaba” bilan cheklangan. Qisqa so‘zlar (bitta — yoki ikki nota) eng ko‘p ishlatiladigan umumiy so‘zlarga (yordamchi so‘zlar, bog‘lovchilar, partikllar) mo‘ljallangan. Misol uchun: Yordamchi so‘zlar quyidagicha tasniflanadi; a. doyo‘q / emas / ham emas b. re-va c. mi-yoki d. fa-da / ga / tomon e. sol-agar f. la the (aniq ma’nosi yo‘q, lekin odatda “shu” yoki “ma’lum narsani” ifodalash) g. si-ha / ixtiyor bilan Ot turkumiga oid so‘zlar: misol-yaxshilik, femila-oila, domisol -sevgi. Sifaga oid so‘zlar: femila femilaaaoilaviy, misifa misifaaa-tibbiy. Fe’lga doir so‘zlar: domisol dooomisilsevmoq. Ro- (ya’ni tabiiy tillardan qarz olinmagan, sun’iy) til. Til muallifi — Edvard Foster til ustida u 1904‑yildan boshlab ishlagan va birinchi Ro lug‘ati(dictionary) 1906‑yilda e’lon qilingan. Uning asosiy xususiyati kategoriyalar tizimi orqali so‘zlarni hosil qilishdir. Misol uchun: “bofo-” prefiksi ranglarni bildiradi → bofocqizil, bofof -sariq “pu-” prefiksi jonli mavjudotlar → pudor-it, pufanmushuk
ISSN: 2181-3906 2025 International scientific journal «MODERN SCIENCE АND RESEARCH» VOLUME 4 / ISSUE 12 / UIF:8.2 / MODERNSCIENCE.UZ 1167 Xulosa Ushbu maqola xalqaro sun’iy tillar va ularning interlingvistika fanidagi o‘rni, shakllanishi hamda sotsiolingvistik jihatlari haqida to‘liq ilmiy tasavvur beradi. Maqolada xalqaro sun’iy tillarning paydo bo‘lishi, ularning tabiiy tillardan farqi, apasterior va aprior sun’iy tillarga bo‘linishi batafsil yoritilgan. Xalqaro sun’iy tillarning eng mashhurlar ”volapyuk”, “esperanto‘, “Solresol”, “Ro” va ”O‘rtaturk tillari” tahlil qilinib, ularning lisoniy qurilishi, leksik va grammatik xususiyatlari, xalqaro miqyosdagi qo‘llanish darajasi ilmiy asosda ko‘rsatilgan. Umumiy aytganda xalqaro sun’iy tillarmillatlararo aloqa vositasi sifatida ilmiy va amaliy ahamiyatga ega bo‘lib, ularning interlingvistika va sotsiolingvistika nuqtai nazaridan o‘rganilishi muhim ahamiyat kasb etadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: 1. Berdialiev A. Turdibekov M. Sotsiolingvistika. Toshkent, 2022, 64-65-sahifalar 2. The Key to Bilingualism THE KEY TO LANGUAGES Bilingualism helps with language comprehension, tolerance and ability. Esperanto is the easiest first step. ESPERANTO, 5sahifa 3. Solresol Dictionary Translated from François Sudre’s original definitions by Garrison Osteen Gradually modified and edited by the Solresol Communit, 1-2-sahifalar 4. I. Kant, Onlayn Enseklopediya. 5. http://www.markfoster.net