scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI ORQALI YONISH JARAYONINI BOSHQARISH USULLARI

Xurramov, Gʻulom Bobomurodovich

Abstract

Ushbu maqolada ichki yonuv dvigatellarida gaz taqsimlash mexanizmi orqali yonish jarayonini boshqarish usullari tahlil qilingan. Gaz taqsimlash mexanizmining yonish samaradorligiga ta’siri, klapanlarning ochilish va yopilish vaqtlarini boshqarish, klapan ko‘tarilish balandligini o‘zgartirish hamda gaz taqsimlash fazalarini moslashtirish orqali yonish jarayonini optimallashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy dvigatellarda qo‘llanilayotgan gaz taqsimlash mexanizmlarining yonilg‘i tejamkorligi va ekologik ko‘rsatkichlarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari dvigatel quvvatini oshirish, yonilg‘i sarfini kamaytirish va zararli gazlar chiqindilarini pasaytirishda gaz taqsimlash mexanizmining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi.

Full text

Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 96 DOI: https://10.5281/zenodo.18064193 GAZ TAQSIMLASH MEXANIZMI ORQALI YONISH JARAYONINI BOSHQARISH USULLARI Xurramov Gʻulom Bobomurodovich Boysun tuman 2-son texnikumi “Umumkasbiy va maxsus fanlar” kafedrasi maxsus fan oʻqituvchisi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada ichki yonuv dvigatellarida gaz taqsimlash mexanizmi orqali yonish jarayonini boshqarish usullari tahlil qilingan. Gaz taqsimlash mexanizmining yonish samaradorligiga ta’siri, klapanlarning ochilish va yopilish vaqtlarini boshqarish, klapan ko‘tarilish balandligini o‘zgartirish hamda gaz taqsimlash fazalarini moslashtirish orqali yonish jarayonini optimallashtirish masalalari yoritilgan. Shuningdek, zamonaviy dvigatellarda qo‘llanilayotgan gaz taqsimlash mexanizmlarining yonilg‘i tejamkorligi va ekologik ko‘rsatkichlarga ta’siri ko‘rib chiqilgan. Tadqiqot natijalari dvigatel quvvatini oshirish, yonilg‘i sarfini kamaytirish va zararli gazlar chiqindilarini pasaytirishda gaz taqsimlash mexanizmining muhim ahamiyatga ega ekanligini ko‘rsatadi. Kalit soʻzlar: gaz taqsimlash mexanizmi, ichki yonuv dvigateli, yonish jarayoni, klapan fazalari, klapan ko‘tarilishi, gaz almashinuvi, yonilg‘i tejamkorligi, ekologik ko‘rsatkichlar ABSTRACT This article analyzes the methods of controlling the combustion process in internal combustion engines through the gas distribution mechanism. The impact of the gas distribution mechanism on combustion efficiency, the control of valve opening and closing times, changing the valve lift height, and optimizing the combustion process by adjusting the gas distribution phases are discussed. The impact of gas distribution mechanisms used in modern engines on fuel economy and environmental performance is also considered. The results of the study show that the gas distribution mechanism plays an important role in increasing engine power, reducing fuel consumption, and reducing harmful gas emissions. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 97 Keywords: gas distribution mechanism, internal combustion engine, combustion process, valve phases, valve lift, gas exchange, fuel economy, environmental performance KIRISH Ichki yonuv dvigatellarining samarali ishlashi yonish jarayonining to‘g‘ri tashkil etilishiga bevosita bog‘liq. Yonish jarayonining barqarorligi, yoqilg‘ining to‘liq yonishi, quvvat va yoqilg‘i tejamkorligi ko‘p jihatdan gaz almashinuvi jarayoniga ta’sir qiluvchi gaz taqsimlash mexanizmi (GTM) orqali boshqariladi. Shu sababli gaz taqsimlash mexanizmi dvigatelning asosiy funksional tizimlaridan biri hisoblanadi. Mazkur maqolada gaz taqsimlash mexanizmi orqali yonish jarayonini boshqarish usullari, ularning ishlash prinsipi va dvigatel ish samaradorligiga ta’siri tahlil qilinadi. Gaz taqsimlash mexanizmi silindrga yangi yonuvchi aralashmani kiritish va yonishdan hosil bo‘lgan gazlarni chiqarib yuborish jarayonini ta’minlaydi. Ushbu jarayonning to‘g‘ri tashkil etilishi quyidagi omillarga bevosita ta’sir ko‘rsatadi: – yonish kamerasiga kirayotgan aralashmaning miqdori; – aralashmaning tarkibi va bir jinsliligi; – yonish tezligi va to‘liqligi; – dvigatelning quvvati va foydali ish koeffitsiyenti. Agar gaz taqsimlash jarayoni noto‘g‘ri tashkil etilsa, silindr ichida yonilgi to‘liq yonmaydi, zararli chiqindilar ortadi va dvigatel samaradorligi pasayadi. Silindrni to‘ldirish koeffitsiyentida Gaz taqsimlash mexanizmi orqali yonish jarayonini baholashda eng muhim ko‘rsatkichlardan biri — silindrni to‘ldirish koeffitsiyenti hisoblanadi: , nazariy haqiqiy vm m =  bu yerda: ηv — silindrni to‘ldirish koeffitsiyenti; mhaqiqiy — silindrga real kirgan havo massasi, kg; mnazariy — ideal sharoitda kirishi mumkin bo‘lgan havo massasi, kg. Yonish samaradorligi koeffitsiyenti. Gaz taqsimlash mexanizmi orqali boshqariladigan yonish jarayonining samaradorligi quyidagicha aniqlanadi: , umumiy foydali yon Q Q =  bu yerda: ηyon — yonish samaradorligi; Qfoydali — foydali ishga aylangan issiqlik energiyasi, J; Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 98 Qumumiy — yonilg‘idan ajralgan umumiy issiqlik energiyasi, J. Yonish jarayonini boshqarishning asosiy usullaridan biri — klapanlarning ochilish va yopilish vaqtlarini optimal tanlashdir. Amaliyotda quyidagi holatlar qo‘llaniladi: – so‘rish klapanining oldindan ochilishi; – chiqarish klapanining kech yopilishi; – klapanlarning qisman bir vaqtda ochiq bo‘lishi (klapanlar ustma-ustligi). Bu usullar silindrni yaxshiroq to‘ldirishga, yonuvchi aralashmaning hajmini oshirishga va yonish jarayonini faollashtirishga xizmat qiladi. Natijada dvigatel quvvati ortadi va yonilg‘i sarfi kamayadi. So‘rish va chiqarish klapanlarining ochilishyopilish jarayoni, porshen harakati va gaz almashinuvi bosqichlari ko‘rsatilgan. Gaz taqsimlash mexanizmi orqali silindrga yonuvchi aralashma kiritilib, yonishdan hosil bo‘lgan gazlar chiqarib yuboriladi. Ushbu jarayon yonish samaradorligining asosiy omillaridan biridir. 1-rasm. Gaz taqsimlash mexanizmining umumiy ishlash sxemasi Yonish jarayonini boshqarishda klapanlarning ochilish darajasi ham muhim ahamiyatga ega. Klapan ko‘tarilish balandligi ortishi bilan silindrga kiradigan havo yoki yonuvchi aralashma miqdori ko‘payadi. Bu esa: – yuqori aylanishlarda quvvatni oshiradi; – yonish jarayonini intensivlashtiradi; – dvigatelning yuklama rejimiga moslashuvchanligini ta’minlaydi. Past yuklamalarda esa klapan ochilishining cheklanishi yonilg‘i tejamkorligini oshirishga yordam beradi. Gaz taqsimlash fazalarini o‘zgartirish orqali boshqarishda zamonaviy dvigatellarda gaz taqsimlash fazalarini avtomatik o‘zgartirish orqali yonish jarayoni boshqariladi. Bunday tizimlar dvigatelning aylanish chastotasi va yuklamasiga qarab klapanlarning ochilish va yopilish vaqtlarini moslashtiradi. Yonilg‘i sarfining solishtirma ko‘rsatkichi quyidagicha aniqlanadi: Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 99 , e y eN G g= bu yerda: ge — solishtirma yonilg‘i sarfi, g/kW·soat; Gy — yonilg‘ining soatlik sarfi, g/soat; Ne — dvigatelning samarali quvvati, kW. Gaz taqsimlash mexanizmi optimallashtirilganda ge kamayadi. Klapanlar ustma-ustligi (overlap) ko‘rsatilgan bo‘lib, bu holat silindrni samaraliroq to‘ldirishga yordam beradi. Natijada yonuvchi aralashma miqdori ortadi va yonish jarayoni faollashadi, ayniqsa yuqori aylanishlarda dvigatel quvvati oshadi. Klapanlarning ochilish-yopilish fazalari va ustma-ustlik holati Jadvaldan ko‘rinib turibdiki, gaz taqsimlash mexanizmi fazalarining optimallashtirilishi silindrni to‘ldirish koeffitsiyentini oshiradi, yonish jarayonini intensivlashtiradi hamda dvigatelning quvvat va ekologik ko‘rsatkichlarini sezilarli darajada yaxshilaydi natijada yonilg‘i sarfi kamayadi, chiqindi gazlar tarkibidagi zararli moddalar miqdori pasayadi va dvigatelning turli yuklama hamda aylanish tezligi rejimlarida barqaror ishlashi ta’minlanadi. Gaz taqsimlash fazalarining dvigatel yonish jarayoniga ta’siri № So‘rish klapani ochilishi (°) Chiqarish klapani yopilishi (°) To‘ldirish koeffitsiyenti ηv Yonish samaradorligi 1 10 10 0,78 Past 2 20 15 0,85 O‘rtacha 3 30 20 0,92 Yuqori Klapanlarning ochilish-yopilish fazalari va ustma-ustlik holatida bu usul quyidagi afzalliklarni beradi: – past aylanishlarda barqaror va tejamkor yonish; – yuqori aylanishlarda quvvatning ortishi; – zararli gazlar miqdorining kamayishi. Natijada dvigatel turli ish rejimlarida optimal yonish sharoitida ishlaydi. Educational Research in Universal Sciences ISSN: 2181-3515 VOLUME 4 | ISSUE 17 | 2025 https://t.me/Erus_uz Multidisciplinary Scientific Journal December, 2025 100 Xulosa qilib aytadigan boʼlsak, gaz taqsimlash mexanizmi orqali yonish jarayonini boshqarish ichki yonuv dvigatellarining samarali, tejamkor va ekologik toza ishlashini ta’minlaydi. Klapanlarning ochilish va yopilish vaqtini, ochilish darajasini va gaz taqsimlash fazalarini boshqarish orqali yonish jarayonini turli ish rejimlariga moslashtirish mumkin. Zamonaviy gaz taqsimlash mexanizmlarining rivojlanishi dvigatel quvvatini oshirish bilan birga, yonilg‘i sarfini va zararli chiqindilarni kamaytirishga xizmat qilmoqda. Shu bilan birga, bunday tizimlarning qo‘llanilishi dvigatel ishining barqarorligini oshirishga, termik yuklamalarni kamaytirishga hamda ekspluatatsiya jarayonida ishonchlilik ko‘rsatkichlarini yaxshilashga imkon beradi. Natijada gaz taqsimlash mexanizmini takomillashtirish ichki yonuv dvigatellarini yanada raqobatbardosh va zamonaviy ekologik talablar darajasiga mos holda rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri hisoblanadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Heywood J.B. Internal Combustion Engine Fundamentals. — New York: McGrawHill, 2018. — 930 p. 2. Pulkrabek W.W. Engineering Fundamentals of the Internal Combustion Engine. — Pearson Education, 2014. — 400 p. 3. Stone R. Introduction to Internal Combustion Engines. — London: Palgrave Macmillan, 2012. — 384 p. 4. Ernazarov A.A., To‘rayev B.R. Ichki yonuv dvigatellari nazariyasi va konstruksiyasi. — Toshkent: Fan va texnologiya, 2019. — 320 b. 5. Bosch. Gasoline Engine Management. — Stuttgart: Robert Bosch GmbH, 2016. — 420 p. 6. GOST 14846–81. Ichki yonuv dvigatellari. Asosiy tushunchalar va atamalar. 7. Шокиров О. Ғ. (2023). Ҳaйдовчигa ёрдaмчи инновaцион тизимлaр учун бош ҳaрaкaти билaн кўз имоишорaлaрини тaҳлил қилиш. Механика ва технология илмий журнали, махсус сон 2023, № 2 (5). 131-138. ttps://api. 8. Ozod G‘aybulla o‘g, S., & Sobirjon o‘g‘li, M. S. (2024). Innovatsion texnologiyalarni hisobga olgan holda, haydash xatti-harakatlarini boshqarish samaradorligini oshirish. Образование наука и инновационные идеи в мире, 39(1), 180-184. 9. Ozod Gʻaybulla oʻgʻli, S. (2023). Introduction to adas and understanding the importance of advanced driver assistance system.