scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

TALABALARDA MUSTAQIL TA'LIM TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANIB KASBIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARADORLIGI

Yadgarova, Surayyo

Abstract

Hozirgi globallashuv jarayonida ta’lim-tarbiya tizimini modernizatsiya qilish, yuqori malakali, raqobatbardosh, kasbiy madaniyati yuksak mutaxassislarni tayyorlash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan.

Full text

VOLUME-3, ISSUE-11 103 TALABALARDA MUSTAQIL TA‘LIM TOPSHIRIQLARIDAN FOYDALANIB KASBIY MADANIYATINI RIVOJLANTIRISHNING SAMARADORLIGI Yadgarova Surayyo Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Boshlang‘ich ta’lim) yo‘nalishi 2-bosqich magistranti [email protected] Hozirgi globallashuv jarayonida ta’lim-tarbiya tizimini modernizatsiya qilish, yuqori malakali, raqobatbardosh, kasbiy madaniyati yuksak mutaxassislarni tayyorlash davlat siyosatining eng muhim ustuvor yo‘nalishlaridan biriga aylangan. Talabalarning kasbiy madaniyatini shakllantirish jarayonida mustaqil ta’lim topshiriqlaridan oqilona foydalanish ularning bilim, ko‘nikma va kompetensiyalarini chuqurlashtirish, o‘z ustida izchil ishlay olish, zamonaviy pedagogik yondashuvlarni amaliyotga tatbiq eta olish qobiliyatini rivojlantirishning eng samarali usullaridan biridir. Ayniqsa, boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishida tahsil olayotgan bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy tayyorgarligini takomillashtirish, tarbiyaviy faoliyatni samarali tashkil etish, shaxsiy mas’uliyat va pedagogik etika kabi fazilatlarini mustahkamlashda mustaqil ta’limning o‘rni beqiyosdir. O‘zbekiston Respublikasi ta’lim tizimida olib borilgan keng ko‘lamli islohotlar mustaqil ta’limning ahamiyatini yanada oshirdi. Jumladan, “Ta’lim to‘g‘risida”gi O‘zbekiston Respublikasi Qonuni (2020-yil 23-sentabr, O‘RQ-637-son)da ta’lim jarayonining asosiy tamoyillari sifatida o‘quvchi va talabaning mustaqil fikrlashini qo‘llab-quvvatlash, bilim olish jarayonida faollik, tashabbuskorlik va izlanuvchanlikni rag‘batlantirish belgilangan. Ushbu qonunda mustaqil ta’lim ta’lim tizimining ajralmas bo‘g‘ini sifatida e’tirof etilib, uning mazmuni, shakllari hamda ta’lim sifatini oshirishdagi o‘rni aniq belgilab berilgan. Shu bilan birga, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi PQ–4623-sonli “Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida pedagogik kadrlarni tayyorlash jarayoniga yangicha yondashuvlarni joriy etish, ta’lim jarayonida mustaqil ta’lim ulushini oshirish, talabalarning kasbiy tayyorgarligi va pedagogik madaniyatini rivojlantirish bo‘yicha aniq vazifalar belgilab berilgan. Mazkur qarorda bo‘lajak o‘qituvchilarni mustaqil izlanish va tadqiqot olib borishga o‘rgatish, ularning mustaqil ta’limga sarflanadigan vaqtini oshirish hamda o‘zlashtirish jarayonini reyting asosida baholash tizimini takomillashtirish alohida ta’kidlangan. Oliy ta’lim tizimida mustaqil ta’limni tashkil etishning huquqiy asoslarini yanada mustahkamlash maqsadida Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 22-fevraldagi 74-sonli qarori bilan “Oliy ta’lim muassasalarida kredit-modul tizimini joriy etish tartibi to‘g‘risidagi nizom” tasdiqlandi. Ushbu nizomga ko‘ra, talaba ta’lim faoliyatining kamida 40 foizi mustaqil ta’limga ajratilishi, mustaqil ishlarning sifat ko‘rsatkichlari va baholash mezonlari aniq belgilab berilishi belgilandi. Bu esa talabaning kasbiy kompetensiyalarini mustaqil rivojlantirishga keng imkoniyat yaratadi. Yana bir muhim hujjat — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ–5117-sonli “Oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini amalga oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarorida zamonaviy o‘qituvchi kasbiy madaniyatining tarkibiy qismlari, jumladan, refleksiya, kommunikativ madaniyat, pedagogik etika, ijodkorlik hamda innovatsion fikrlash qobiliyatlarini shakllantirish masalalariga alohida e’tibor qaratilgan. Konsepsiya talabalar VOLUME-3, ISSUE-11 104 mustaqil ta’limi va amaliy mashg‘ulotlarni kuchaytirish orqali bo‘lajak pedagoglarning o‘z kasbiga mas’uliyatli yondashuvini rivojlantirishni ko‘zda tutadi. Ta’lim sifati va talabalarning mustaqil ishlash madaniyatini rivojlantirish borasidagi bunday tub islohotlar, tabiiyki, o‘qituvchi kasbiy madaniyatining shakllanishiga sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Mustaqil ta’lim topshiriqlari talabalarning pedagogik faoliyatga bo‘lgan tayyorgarligini, o‘z ustida izchil ishlash qobiliyatini, muammoli vaziyatlarni tahlil qilish, kommunikativ madaniyat va kreativ fikrlashni shakllantirishda muhim omil hisoblanadi. Mazkur tadqiqotning ahamiyati shundaki, u talabalarda mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishning pedagogik asoslari, uslubiy imkoniyatlari va kasbiy madaniyatni rivojlantirishdagi samaradorligini ilmiy-nazariy jihatdan asoslaydi. Shuningdek, zamonaviy ta’lim jarayonida bo‘lajak o‘qituvchilarning kasbiy madaniyatini oshirishda mustaqil ta’limning o‘rni, ahamiyati va mexanizmlariga oid taklif va tavsiyalarni ishlab chiqishga xizmat qiladi. Tadqiqot muammosini yеchishga yo‘naltirilgan tajriba-sinov ishlarining asosiy maqsadi – talabalarda mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanib kasbiy madaniyatini rivojlantirishning samaradorligi aniqlashdan iborat bo‘lib, tadqiqot ishlari quyidagi tashkiliy vazifalarni hal etish asosida olib borildi: 1. T ajriba-sinov maydonini belgilash. 2. T ajriba va nazorat guruhlarini belgilash asosida sinaluvchi talabalar sonini aniqlash. 3. B oshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalarida tarbiya fani misolida mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanib kasbiy madaniyatini rivojlantirishning samaradorligi oshirishga oid metodik tavsiyalar ishlab chiqish. Tajriba-sinov maydoni sifatida Respublikamizning Toshkent shahar pedagogika hamda boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari Nizomiy nomidagi O‘zbekiston Milliy pedagogika universitetining guruhlari belgilab olindi. № Muassasa manzili Muassasa nomi Sinf va soni Muassasaga borish rejalashtirilgan sana 1-bosqich Toshkent shahar Chilonzor tumani Nizomiy nomidagi O‘zMPU 305guruh (25 ta tajriba guruh) 309 guruh (26ta nazorat guruh) 05.03.2025 05.03.2025 2-bosqich Toshkent shahar Chilonzor tumani Nizomiy nomidagi O‘zMPU 405guruh (25 ta tajriba guruh) 409 guruh (26ta nazorat guruh) 24.10.2025 24.10.2025 Ushbu ta’lim muassasalariga ma’lumot olish uchun jadvalda ko‘rsatilgan sanalarda borish rejalashtirildi. Ilmiy tadqiqot ishimizni yozish jarayonida bo‘lajak boshlang‘ich sinf o‘qituvchilarining kasbiy madaniyatini rivojlantirishda mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanish masalasi haqida batafsil to‘xtaldik. Mustaqil ta’lim topshiriqlarini samarali qo‘llashda qanday usul va VOLUME-3, ISSUE-11 105 tajribalardan foydalanilsa ijobiy natijalarga erishish mumkinligi yuzasidan ilmiy izlanishlar olib bordik. Tajriba-sinov ishlarini olib borishda amaliy faoliyat jarayonida quyidagi vazifalar hal etildi: 1. Talabalarning tarbiya fani bo‘yicha kasbiy madaniyat haqidagi bilimlari va ularning darajasini aniqlash (anketa-so‘rovnoma asosida). 2. Tarbiya fanini o‘qitishda mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishning pedagogik shartsharoitlarini o‘rganish. 3. Mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanib talabalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirishga xizmat qiluvchi ta’lim texnologiyalarining samaradorligini tajriba-sinov asosida aniqlash. Tajriba-sinov ishlarini o‘tkazishda bir necha metodlardan foydalanildi. Ularga: – talaba va o‘qituvchilar bilan suhbat o‘tkazish; – o‘qituvchilardan anketa-so‘rovnomalarini olish; – testlar orqali talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarini aniqlash; – ta’lim jarayonini kuzatish; – qo‘lga kiritilgan ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘rganish. Tajriba-sinov uchun tanlab olingan oliy ta’lim muassasasida tarbiya fani dasturi va o‘quv-uslubiy qo‘llanmalar tahlil qilinganda, unda mustaqil ta’lim topshiriqlari yetarlicha yoritilmaganligi va kasbiy madaniyatni shakllantirishda ularni yanada samarali qo‘llash zarurligi aniqlandi. Tadqiqot davomida kuzatish ishlari olib borilib, talabalarning tarbiya fani mashg‘ulotlarida mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanish darajasi, shuningdek, ularning mavzularni o‘zlashtirish ko‘rsatkichlari tahlil qilindi. Bu jarayonda talabalarga maxsus ishlab chiqilgan anketa-so‘rovnomalar taqdim etildi, o‘qituvchilar bilan suhbatlar uyushtirildi, mashg‘ulotlar bevosita kuzatildi va olingan natijalar ilmiy jihatdan qayta ishlanib, umumlashtirildi (1-ilova). Aniqlovchi tajriba-sinov ishlari doirasida 405-409 guruhlarda o‘tkazilgan anketa savollari natijalari quyidagi ko‘rinishda qayd etildi: Tajriba-sinovdan oldin 405-409 guruhlarda o‘kazilgan anketa savollari natijalari: № guruh talabalar soni Yuqori O’rta Past 1 405-guruh (tajriba guruhi) 25 4 12 9 2 409-guruh (nazorat guruh) 26 4 13 9 Yuqoridagi jadvaldan ko‘rinib turibdiki, tarbiya fanida mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanish ko‘rsatkichlari talab darajasida emas, talabalarning ko‘pchiligi o‘rta va past bilim darajasida bo‘lib qolmoqda. Bu esa kasbiy madaniyatni rivojlantirishga to‘sqinlik qiluvchi omillardan biri ekanligini ko‘rsatdi. Shu bois bizning asosiy maqsadimiz – tarbiya fanida mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanish samaradorligini oshirish va ular orqali talabalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish mexanizmlarini ishlab chiqish bo‘ldi. Kuzatish jarayonida, avvalo, mashg‘ulotlarning tashkiliy jihatiga, o‘qituvchilarning talabalarga yondashuvi, 90 minutga mo‘ljallangan darslarda asosiy maqsadlar qanday belgilanishiga, shuningdek, talabalarning mustaqil ishlash faoliyatiga alohida e’tibor qaratildi. Tadqiqot natijalari shuni ko‘rsatdiki, ko‘pchilik o‘qituvchilar mashg‘ulotlarni asosan dasturiy mavzular asosida tashkil etishadi, mustaqil topshiriqlardan keng foydalanilmaydi. Buning natijasida mashg‘ulotlar bir xillikka yo‘liqib, talabalar uchun qiziqarsiz bo‘lib qolmoqda. Bu esa o‘z navbatida, talabalar VOLUME-3, ISSUE-11 106 o‘quv faoliyatining passivlashishiga, ijodiy yondashuvning susayishiga va bilim o‘zlashtirishdagi tafovutlarning ortishiga sabab bo‘lmoqda. Aniqlovchi tajriba-sinov ishlari natijasida shakllantiruvchi tajriba-sinov bosqichi uchun zarur materiallar yig‘ildi va mavzuga oid metod hamda vositalar tanlab olindi. Shakllantiruvchi tajriba-sinovning maqsadi – talabalarda kasbiy madaniyatni rivojlantirish jarayonida mustaqil ta’lim topshiriqlaridan samarali foydalanish, tarbiya fani mashg‘ulotlariga zamonaviy ta’lim texnologiyalarini tatbiq etish, hamda metodik tavsiyalar asosida yuqori samaradorlikka erishishdan iboratdir. Bu bosqichda quyidagi vazifalar belgilandi: 1. Mustaqil ta’lim topshiriqlarining mazmuni va turlarini aniqlash, ularni tarbiya faniga moslashtirish. 2. Talabalarda kasbiy madaniyatni rivojlantiruvchi topshiriqlarni ishlab chiqish va amaliyotga tatbiq etish. 3. O‘qituvchilar uchun metodik qo‘llanmalar yaratish, zamonaviy pedagogik texnologiyalarni qo‘llash bo‘yicha tavsiyalar ishlab chiqish. 4. Tajriba va nazorat guruhlari natijalarini taqqoslab, samaradorlikni aniqlash. Shakllantiruvchi tajriba-sinov davomida turli tipdagi mustaqil topshiriqlar ishlab chiqildi: t ahliliy topshiriqlar (matn, maqola, vaziyat tahlili); i jodiy topshiriqlar (esse, loyiha, rolli o‘yinlar); a maliy topshiriqlar (reja tuzish, dars ishlanma ishlab chiqish, tarbiyaviy tadbir loyihalash); t aqqoslovchi topshiriqlar (T-jadvali, SWOT tahlil, “Nima uchun sxemasi”). Bu topshiriqlar, asosan, tajriba guruhlarida qo‘llanildi, nazorat guruhida esa an’anaviy usullar asosida mashg‘ulotlar olib borildi. Natijada tajriba guruhidagi talabalar mustaqil ishlashga faolroq jalb qilindi, ularning tahliliy fikrlash, ijodiy yondashuv, mustaqil qaror qabul qilish ko‘nikmalari sezilarli darajada rivojlandi. Mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanishda quyidagi texnologiyalar asosiy metodik tizim sifatida tanlab olindi: ❖ F SMU (fikr – sabab – misol – umumlashtirish) texnologiyasi; ❖ S WOT tahlil; ❖ “ Nima uchun” sxemasi; ❖ T -jadvali; ❖ L oyihalash texnologiyasi. Mazkur texnologiyalar asosida yaratilgan metodik tizim va ularni joriy etish mexanizmi ilmiy asoslandi. Ular talabalarda mustaqil fikrlashni rivojlantirish, ijodiy faoliyatni faollashtirish hamda kasbiy madaniyatni shakllantirishda samarali vosita sifatida namoyon bo‘ldi. VOLUME-3, ISSUE-11 107 Nazorat guruhlarida tarbiya faniga oid mashg‘ulotlar asosan an’anaviy usullar asosida amalga oshirildi. Tajriba guruhida esa mustaqil ta’lim topshiriqlaridan muntazam va tizimli foydalanildi. Yakunlovchi tajriba-sinov bosqichida mashg‘ulotlarda qo‘llangan mustaqil ta’lim topshiriqlarining samaradorlik darajasi, asosan, test sinovlari, anketa-so‘rovnomalar va kuzatish natijalari asosida aniqlandi. Olingan natijalar talabalarning bilim, ko‘nikma va malakalarida sezilarli o‘sishni ko‘rsatdi. Tajriba va nazorat guruhlari taqqoslanib, talabalarda: • bilimlarni o‘zlashtirish darajasi, • mustaqil fikrlash va tahlil qilish qobiliyati, • ijodiy yondashuv ko‘nikmalari, • kasbiy madaniyat unsurlarini shakllantirish darajasi bo‘yicha aniq ijobiy dinamikaga erishildi. Dissertatsiyaning navbatdagi paragrafida yakunlovchi tajriba-sinov ishlari davomida qayd etilgan natijalar tahlil qilinadi va tarbiya fanida mustaqil ta’lim topshiriqlaridan foydalanib kasbiy madaniyatni rivojlantirish samaradorligining dinamikasi haqida batafsil so‘z yuritiladi. Boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari kelajakda yosh avlodning ma’naviy-axloqiy tarbiyasi va intellektual salohiyatini shakllantirishda bevosita mas’ul bo‘lgan pedagog kadrlardir. Shuning uchun ularning kasbiy madaniyatini rivojlantirish, pedagogik faoliyatga tayyorgarlik darajasini oshirish hamda mustaqil ishlash ko‘nikmalarini shakllantirish oliy ta’lim tizimining muhim vazifalaridan biridir. Ayniqsa, mustaqil ta’lim topshiriqlaridan mazmunli foydalanish talabalarda o‘zini-o‘zi boshqarish, mas’uliyat, ijodkorlik, tahliliy tafakkur va refleksiya kabi kasbiy kompetensiyalarni chuqurlashtiradi. Tajriba jarayoni “Nizomiy nomidagi O‘zbekiston milliy pedagogika universiteti” va “Alfraganus universiteti” ning pedagogikava boshlang‘ich ta’lim yo‘nalishi talabalari ishtirokida tashkil etildi. Tadqiqotda talabalarning dastlabki kasbiy tayyorgarlik darajasi diagnostika qilindi, mustaqil ta’lim topshiriqlarining turli shakllari asosida maxsus o‘quv-metodik kompleks ishlab chiqildi va amaliyotga joriy qilindi. Tajriba-sinov ishlari uch bosqichda – “tayyorgarlik”, “asosiy” va “yakuniy” bosqichlarda amalga oshirildi. Har bir bosqichda talabalarning kasbiy madaniyat ko‘rsatkichlari: axloqiy-pedagogik savodxonligi, dars jarayonini rejalashtirish madaniyati, o‘quvchilar bilan muloqot etika va texnikasi, pedagogik refleksiya, ijodkorlik va mustaqil fikrlash darajasi kuzatib borildi. Shuningdek, tajriba davomida mustaqil ta’lim topshiriqlarining turli ko‘rinishlari — amaliy, tadqiqiy, ijodiy, loyihaviy hamda mediamahsulot yaratish kabi faoliyatlar integratsiya qilindi. Quyidagi anketa savolnomasi orqali tajriba sinov ishlari olib borildi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR 1. “ O‘zbekiston Respublikasi oliy ta’lim tizimini 2030-yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida” 2019-yil 8 oktyabrdagi PF-5847-sonli Prezident farmoni) 4 b 2. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sohasini yanada rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida PQ-4623.–Toshkent, 2020. 3. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekistonni yangi taraqqiyot davrida ta’lim-tarbiya va ilm-fan sohasini rivojlantirish chora tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-6108. –Toshkent, 2020. 4. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Pedagogik ta’lim sohasini oshirish va pedagog kadrlar VOLUME-3, ISSUE-11 108 tayyorlovchi oliy ta’lim muassasalari faoliyatini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-289 qarori. –Toshkent, 2022. 5. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Pedagogik ta’lim sohasini rivojlantirish haqidagi PQ4623-sonli Qarori. 6. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 3-maydagi “Ma’naviy-marifiy ishlar samaradorligini oshirish bo‘yicha qo`shimcha chora-tadirlar to‘g‘risida”gi № PQ-4307-sonli Qarori 7. O `zbekiston Respublikasi Prezidentining PQ 4623va PQ 1059-sonli Qarorlari 8. O ‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 29apreldagi “O‘zbekiston Respublikasi Xalq ta’limi tizimini 2030yilgacha rivojlantirish konsepsiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoni. 9. S h.М. Mirziyayev.Тa'lim sohasidagi muammolar, ularni hal etish va ta'lim sifatini oshirishga bag'ishlangan videoselektor maruzasida 30.10.2020 10. S h.М. Mirziyayev. Milliy taraqqiyot yo`limizni qat’iyat bilan davom ettirib, yangi bosqichga ko`taramiz. –T.: O`zbekiston, 2017, 1-tom, 88-89-b. 11. S h.M.Mirziyayev. Ta’lim sohasidagi muammolar, ularni hal etish va ta’lim sifatini oshirishga qaratilgan videoselektor ma’ruzasida. 30.10.2020 12. O chilov M. Yangi pedagogik texnologiyalar. О‘quv qо‘llanma. Qarshi.: Nasaf, 2006. – 80b. 13. П едагогический энциклопедический словар. –M.: Болшая Российская энциклопедия, 2003. - 331s. 14. П сихолого-педагогический словар для учителей и руководителей обшеобразователних учреждений – Ростов н/Д : Феникс, 2006. – 544 с. 15. A vliyoqulov N. Pedagogik texnologiya: Nazariya va amaliyot. – Toshkent. 16. X oliqberdiyev M. Q. Pedagogika asoslari. – Toshkent. 17. Y o‘ldoshev J., Usmonov S. Pedagogik texnologiya asoslari. – Toshkent. 18. R axmonqulov H. Kasbiy ta’lim pedagogikasi. – Toshkent. 19. O ‘tanov A. Mustaqil ta’limni tashkil etish metodikasi. – Toshkent. 20.