scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA O`ZBEK XALQINING O`ZIGA XOS AHLOQIY QADRIYATLARI

Fargʻona viloyati Beshariq tumani 2-son texnikumi tarbiya fani oʻqituvchisi Abdullayeva Shoxidaxon Shamsiddinovna

Abstract

Globallashuv bu go‘yoki ulkan daryo. U barcha millatlarni o‘z seliga qo‘shadi, aralashtiradi, ba'zida esa o‘z oqimi bilan qadimiy qoyalarning ham o`zaklarini yemirib boradi. Ana shu oqim ichida o‘zbek xalqining qadriyatlari bamisoli qadimdan ko‘klarga bo‘y cho‘zgan chinor – ildizlari chuqur, shoxlari esa zamonga hamnafas. Globallashuv degan ulkan shamol dunyoni bir xonadonga aylantirar ekan, har bir millat o‘z sandig‘idagi dur-u javohirlarni asrab qolishga urinadi. O‘zbek xalqining qadriyatlari esa bu sandiqdagi eng nodir meroslardan biri.

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 88 GLOBALLASHUV JARAYONLARIDA O`ZBEK XALQINING O`ZIGA XOS AHLOQIY QADRIYATLARI Fargʻona viloyati Beshariq tumani 2-son texnikumi tarbiya fani oʻqituvchisi Abdullayeva Shoxidaxon Shamsiddinovna Men uyimning eshik va derazalarini mahkam berkitib o`tira olmayman. Chunki unga toza havo kirib turishi kerak. Va shu barobarida ,eshik va derazalarimdan kirayotgan havo dovul bo`lib,xonadonimni ag`dar-to`ntar qilib,o`zimni yiqitib tashlaydigan darajada ochib ham qo`ya olmayman. Mahatma Gandi. Globallashuv bu go‘yoki ulkan daryo. U barcha millatlarni o‘z seliga qo‘shadi, aralashtiradi, ba'zida esa o‘z oqimi bilan qadimiy qoyalarning ham o`zaklarini yemirib boradi. Ana shu oqim ichida o‘zbek xalqining qadriyatlari bamisoli qadimdan ko‘klarga bo‘y cho‘zgan chinor – ildizlari chuqur, shoxlari esa zamonga hamnafas. Globallashuv degan ulkan shamol dunyoni bir xonadonga aylantirar ekan, har bir millat o‘z sandig‘idagi dur-u javohirlarni asrab qolishga urinadi. O‘zbek xalqining qadriyatlari esa bu sandiqdagi eng nodir meroslardan biri. Quyida ushbu jarayonda o‘zbek xalqining o‘ziga xos qadriyatlari qanday yashab qolayotganiga nazar solamiz: 1. Til – millatning ruhi O‘zbek tili milliy qadriyatlarimizning yuragi. Global internet, yangicha taʼlim, xorijiy ommaviy madaniyat fonida ham ona tilimizni rivojlantirish, adabiyotimizni, folklorimizni asrash juda muhim. Til yo‘qolsa, millatning ovozi chiqmay qoladi. Til masalasi: “Inglizcha global, o‘zbekcha lokal emas” Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 89 O‘zbekiston Qahramoni, xalq shoiri Erkin Vohidovning ona tilimiz ravnaqiga bag‘ishlangan turkum maqolalari dalolat beradiki, biz o‘z tilimizni bilish, o‘rganish, so‘z va iboralarni to‘g‘ri talaffuz qilish borasida hali ko‘p ishlashimiz, tilchi olimlarimiz esa belni mahkam bog‘lab, tilchilik ishiga astoydil, juda ham astoydil kirishishlari kerak ekan. Erkin aka xalqimiz bisotida, tili va dilida mavjud, ammo hali terilmagan, ildizi ochilmagan, muomalaga kiritilmagan, ma’naviy mulkimizga aylantirilmagan so‘z durlari, maqol, matal va ibora gavharlari benihoya ko‘pligini, bunday noyob, betakror xazinaga nisbatan befarq bo‘lmasligimiz zarurligini ko‘rsatib berdilar. O‘zbek tili bugun: fan va texnologiya sohalarida globallashmoqda IT va ilmiy adabiyotlarda o‘z o‘rnini kengaytirmoqda ,lekin ommaviy axbarot vositalarida aralash til (“rusbich”, “inglizcha qorishtirish”) kuchaymoqda .Sifatli kontent yetishmovchiligi mavjud.Shu bois til siyosati va kontent industriyasi milliy qadriyatlar qalqoni bo‘lib turishi zarur. 2. Mahalla – jamoaviy birdamlik ramzi Mahalla o‘zbekchilikning eng yorqin timsoli. Hamma ham bir-birini taniydigan, xayriya, hashar, mehr-oqibat avval shu yerda boshlanadi. Globallashuv sharoitida mahalla institutining saqlanib qolishi, raqamli hayotda ham qo‘shnichilik rishtalarini mustahkamlash katta vazifa bo`lib qolmoqda. Mahalla insonning hayoti, turmush tarzi, taqdiri, eng muhimi, tarbiyasida asosiy rollardan birini o‘ynovchi katta kuch hisoblanadi. Zero,insonning umri aynan mahallada o‘tadi. Mahalla – aholini jipslashtirish va safarbar etish, jamiyatni taraqqiy ettirishga xizmat qiluvchi, shuningdek, o‘z hududida poklik, to‘g‘rilik, xolislik, beg‘arazlikni qaror toptiruvchi kuchdir. Mahalla milliy urf-odat va an’analar, hashar va boshqa tadbirlarni amalga oshirish vositasi hamdir. Shuningdek, mahalla odamlar bir-birining issiq-sovug‘i, g‘am-tashvishidan xabar olib turadigan eng tabarruk maskan, deb bejizga ta’kidlanmagan. Bilasizmi, qo‘shnining haqqi nima? Yordam so‘rasa, yordam, qarz so‘rasa, Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 90 qarz berasiz. Kambag‘allashsa, ro‘zg‘origa ko‘maklashib turasiz. Xastalansa, ziyoratiga borasiz. Vafot etsa, janozasiga qatnashasiz. 3. Oila qadri Oila o‘zbeklar uchun kichik bir koinot. Sababi bu koinotda bola xarakteri, tabiati va dunyoqarashini belgilaydigan mezonlar – yaxshilik, ezgulik, oliyjanoblik, mehr oqibat, or-nomus, uyat, bolaning intelektual imkoniyatlari shakillanadi shuningdek, kattaga hurmat, kichikka izzat, kelin-kuyovning odobi, bayramlar va udumlar oila bag‘rida shakllanadi. Global zamon esa individualizmni targ‘ib qiladi. Shuning uchun oila qadriyatlarini yosh avlodga yetkazish muhim. Oila azaldan muqaddas dargoh sifatida qadrlangan. Oila a’zolari muayyan turmush tarziga, tartib-qoidalarga rioya qilgan. Tajriba orttirish, saranjomlik va tejamkorlik, qat’iylik va to‘g‘riso‘zlik singari odob-axloq me’yorlarini kamol toptirish azaldan oilaning asosiy vazifasi bo‘lib kelgan.Agar oilada hamkorlik, hamjihatlik, o‘zaro hurmat, bir-biriga ishonch kuchli bo‘lsa, rostgo‘y, samimiy, mehribon, o‘z yaqinlari, qarindosh-urug‘lari, qo‘shnilariga doimo yordam berishga tayyor bo`lgan insonlar voyaga yetadi. Oila har bir xalqning, millatning davomiyligini saqlovchi, milliy qadriyatlarning rivojini ta’minlovchi muqaddas maskan hamdir. Oilada biz va avlodlarimiz tarbiya topib, ulg‘ayamiz, dunyoni anglaymiz hamda barchamiz turli fe`l-atvor kasb etib boramiz. Oilaviy qadriyatlarga global taʼsirning natijasi o`laroq global madaniyatning ko`rinishlari: Nikoh yoshi kechikishi,Ajralishlar soni ortishi va Gender rollarining o‘zgarishi kabi jarayonlarni kuchaytirmoqda.Ammo o‘zbek oilasi mehr va hurmat tamoyillariga tayanib,bayram, marosimlar orqali odobli, bilimli, aqilli, mehnatsevar, iymon-etiqodli farzand orqali qadriyatlarni vorislikda davom ettirmoqda. 4. Anʼanalar va udumlar Navro‘z (odamiylik, mehr oqibat, muruvvat, himmat), Ramazon va Qurbon hayitlari, to‘ylarimiz, mehmondo‘stligimiz, milliy liboslarimiz... Bularning barchasi Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 91 milliy madaniy hayotimizning ajralmas bir bo`lagimizdir. Zamonaviylik bilan uyg‘unlashtirilgan holda ularga yangicha ruh bag‘ishlanmoqda. 5. Milliy taomlar Palov shunchaki ovqat emas – u madaniyat! So`zanalar chizig‘i kabi taʼmlarimiz ham tarixi bilan faxrlanadi. Global fastfudlar bosimiga qaramay, aynan milliy oshxona turizmida va dunyo bozorida o‘z o‘rnini topmoqda. Suzana, atlas, do‘ppi, palov kabi ne`matlar butunjahon gastronomik va turistik brendga aylandi.Yuqori talab yaxshi, ammo tijoratlashtirish haddan oshsa, asl mazmun va ruh yo‘qolish xavfi mavjud (misol, milliy kiyimning “faqat moda uchun” bo‘lishi) 6. Sanʼat, musiqa va adabiyot Ma’naviy faoliyat, eng avvalo, ma’naviy qadriyatlarni yaratadigan jonli insoniy faoliyatdir. U muayyan bilim, tafakkur, ijodiy fantaziya-dan tortib, to rassomlik, to‘qimachilik, me’morchilik, adabiyot va musiqa, teatr va kino asarlarini yaratishgacha bo‘lgan jarayondir. Ma’naviy faoliyat ijtimoiy ongni shakllantiradi, boyitadi, u kishilarga bilim, e’tiqod, go‘zallik, ezgulik, haqiqat ruhini beradi, tafakkurini rivoj toptiradi. Shashmaqom, maqom sanʼati, mumtoz adabiyot, xalq og‘zaki ijodi zamonaviy ijodkorlar ijodi milliy o‘zlikni yorqin ifodalaydi. Global sahnada milliy sanʼat ko‘rinishi ham o‘zbek madaniyatiga e’tiborni kuchaytiradi. Bugungi kunda globallashuv va qadriyatlar to‘qnashuvi holatini tahlili shuni ko`rsatmoqdaki,maʼnaviyatning global informatsion oqim bilan sinovini TikTok, Netflix, K-pop kabi global madaniyatlar ijtimoilashuv jarayonida imuniteti to`la shakillanib ulgirmagan yosh ongini tez egallash xavfi ortmoqda. Bunda, anʼanaviy axloq meʼyorlariga qarshi turish vulgarizatsiyalashuv xavfi “Trend” orqasidan quvish madaniyatsizligi kuzatilmoqda.Ammo shu bilan birga o‘zbek blogerlarining o‘sishi,milliy kino va musiqaning raqamli platformalarda yoyilishi milliy identitetni yangi sahnaga olib chiqmoqda. 7) Din va maʼrifat uyg‘unligi. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 92 Islom madaniyati alohida olingan muayyan jamiyatlarda rivojlandi va buning natijasida ma’lum mintaqaviy shakllarga ega bo‘ldi. Konkret islom faqat mintaqaviy shakllardan tashkil topgan. Mintaqaviy islom asosida milliy madaniyat, mafkura va manfaatlar yotadi. Uzoq asrlar rivojlanish jarayonida O‘rta Osiyoda ham islom dini milliy madaniyat bilan chambarchas bog‘lanib ketdi. Islom qadriyatlari milliy o‘zlikning asosidir. Lekin global axborotda mutlaqo noto‘g‘ri talqinlarning kirib kelishiga sabab bo‘lmoqda. “Qolipcha dindorlik” kuchaymoqda.Shu jarayonda biz uchun Imom Buxoriy, Termiziy, Moturidiy merosini targ‘ib qilish orqali dinning asl mohiyatini yoshlar ongiga yetkazish juda muhim. Globallashuv jarayonida o‘zbek qadriyatlari sinovdan o‘tmoqda. Natijasi o`laroq moslashuv bor,yangilanish va asrab-avaylash bor.Qadriyatlar suv singari. Agar ularni oqimga qarshi yig‘ib qo‘ysak – suv loylanadi, to‘xtab qoladi. Ammo o‘z yo‘lini topgan, oqimini saqlagan suv esa dengizlarga yetib boradi. O‘zbek milliy qadriyatlari ham ana shunday oqimda rangini yo‘qotmay, jamiyatimizni boyitib boraversin. Milliy qadriyatlar tosh emas, u tirik organizm. U o‘sadi, o‘zgaradi, lekin asl mohiyatini yo‘qotmasligi kerak. Ana shunda, globallashuv daryosi bizni yuvib ketmas, balki o‘zimizni dunyoga oqizib chiqaradi. Foydalanilgan adabiyotlar 1.Karimov I.A “Yuksak ma`naviyat yuksak kuch”.Toshkent: Ma`naviyat,2008 2.Abdullayev X ,Xudoyberganov Q. Globallashuv va milliy o`zlik. Toshkent: Tafakkur,2015 3.Jo`rayev R. O`zbek xalqining madaniy merosi va qdriyatlari. Toshkent: Fan ,2012 4.Qosimova D. O`zbek oilasida tarbiya an`analari. Toshkent: O`qtuvchi,2017. 5. Vohidov R. Mahalla institutining rivoji va ijtimoiy vazifalari. Toshkent: Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 93 Akademnashr,2020. 6.Xasanov Z. Milliy g`oya va ma`naviyat asoslari. Toshkent: G`ofur G`ulom, 2014. 7. Sodiqov A. Globallashuv: ijtimoiy-madaniy jarayonlar tahlili, Toshkent: Iqtisodiyot, 2019. 8. www.ziyouz.com