scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

STARTUP LOYIHALAR VA ULARNING TURLARI

Sarvinoz Ergashova

Abstract

ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyot sharoitida StartUp loyihalarning mohiyati, ularning jamiyat va iqtisodiyot rivojidagi o‘rni hamda asosiy turlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berilgan. StartUp tushunchasining mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, texnologik, ijtimoiy, ta’lim, tibbiyot, moliyaviy va elektron savdo yo‘nalishlaridagi StartUp loyihalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Maqolada StartUp loyihalarni amalga oshirish bosqichlari hamda jarayonda uchraydigan muammolar ochib berilgan. Mazkur maqola talabalar, yosh tadbirkorlar va innovatsion faoliyatga qiziquvchilar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. Kalit so‘zlar: StartUp loyiha, innovatsiya, raqamli iqtisodiyot, tadbirkorlik, texnologik StartUp, ijtimoiy StartUp, investitsiya, biznes-reja.

Full text

Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 99 STARTUP LOYIHALAR VA ULARNING TURLARI Sarvinoz Ergashova 1. ANNOTATSIYA: Ushbu maqolada zamonaviy iqtisodiyot sharoitida StartUp loyihalarning mohiyati, ularning jamiyat va iqtisodiyot rivojidagi o‘rni hamda asosiy turlari ilmiy-nazariy jihatdan yoritib berilgan. StartUp tushunchasining mazmuni, o‘ziga xos xususiyatlari va ahamiyati tahlil qilingan. Shuningdek, texnologik, ijtimoiy, ta’lim, tibbiyot, moliyaviy va elektron savdo yo‘nalishlaridagi StartUp loyihalariga alohida to‘xtalib o‘tilgan. Maqolada StartUp loyihalarni amalga oshirish bosqichlari hamda jarayonda uchraydigan muammolar ochib berilgan. Mazkur maqola talabalar, yosh tadbirkorlar va innovatsion faoliyatga qiziquvchilar uchun foydali manba bo‘lib xizmat qiladi. 2. ANNOTATION:This article examines the essence of StartUp projects, their role in the development of society and the economy, as well as their main types in the context of the modern economy. The concept of StartUp, its distinctive features, and its significance are analyzed from a scientific and theoretical perspective. Special attention is paid to technological, social, educational, healthcare, financial, and e-commerce StartUp projects. The article also highlights the stages of implementing StartUp projects and the challenges encountered in this process. This article serves as a useful resource for students, young entrepreneurs, and individuals interested in innovative activities. 3. Kalit so‘zlar: StartUp loyiha, innovatsiya, raqamli iqtisodiyot, tadbirkorlik, texnologik StartUp, ijtimoiy StartUp, investitsiya, biznes-reja. 4. Keywords: StartUp project, innovation, digital economy, entrepreneurship, technological StartUp, social StartUp, investment, business plan. Kirish. Bugungi globallashuv va raqamli iqtisodiyot sharoitida innovatsion g‘oyalar asosida tashkil etilayotgan StartUp loyihalar jamiyat taraqqiyotining Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 100 muhim omillaridan biri hisoblanadi. StartUp — bu yangi, innovatsion mahsulot yoki xizmat yaratishga qaratilgan, yuqori rivojlanish sur’atiga ega bo‘lgan biznes loyihadir. Ular odatda qisqa vaqt ichida tez o‘sish va keng miqyosda bozorga chiqishga mo‘ljallanadi. StartUp tushunchasi va uning ahamiyati StartUp — bu an’anaviy biznesdan farqli ravishda yangilik, texnologiya va kreativ g‘oyaga asoslangan loyiha bo‘lib, u muayyan muammoni innovatsion yo‘l bilan hal etishga xizmat qiladi. StartUp loyihalarning asosiy maqsadi — foyda olish bilan birga jamiyat uchun foydali mahsulot yoki xizmat yaratishdir. StartUp loyihalari ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyatiga ega bo’lib yangi ish o‘rinlari yaratadi, raqobat muhitini kuchaytiradi, innovatsiyalar rivojiga turtki bo’ladi, mamlakat iqtisodiyotining raqamli rivojlanishiga xizmat qiladi. StartUp loyihalarning asosiy xususiyatlari loyihalar quyidagi belgilar bilan ajralib turadi:  Innovatsionlik — noodatiy g‘oya yoki texnologiyaga asoslanadi;  Tez o‘sish salohiyati — qisqa vaqt ichida katta natijalarga erishish imkoniga ega bo‘ladi;  Yuqori tavakkalchilik — muvaffaqiyatsizlik ehtimoli yuqori bo‘ladi;  Moslashuvchanlik — bozor talabiga qarab tez o‘zgarish qobiliyatiga ega;  Texnologiyaga tayanish — ko‘pincha IT va raqamli texnologiyalar asosida rivojlanadi. StartUp loyihalarning o’z navbatida faoliyat yo‘nalishiga va qo‘llaniladigan texnologiyasiga ko‘ra bir necha turlarga bo‘linadi: 1. Texnologik StartUplar (Tech StartUp)-Bu turdagi StartUplar axborot texnologiyalari, sun’iy intellekt, dasturiy ta’minot, mobil ilovalar va vebplatformalar asosida faoliyat yuritadi. Masalan, hozirgi kunda global bo’lib turgan onlayn ta’lim platformalari, mobil ilovalar, sun’iy intellekt tizimlari shular jumlasidandir. Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 101 2. Ijtimoiy StartUplar (Social StartUp)-Ijtimoiy muammolarni hal etishga qaratilgan loyihalar ijtimoiy StartUp hisoblanadi. Ular foyda olish bilan birga jamiyat manfaatiga xizmat qiladi. Masalan, nogironligi bo‘lgan shaxslar uchun qulay ilovalar, ekologik muammolarni hal etuvchi platformalar. 3. Ta’limga yo‘naltirilgan StartUplar (EdTech StartUp)-Ta’lim jarayonini raqamlashtirishga xizmat qiluvchi loyihalar ushbu turga kiradi. Masalan, masofaviy ta’lim platformalari, onlayn test tizimlari, virtual laboratoriyalar. 4. Tibbiyot StartUplari (HealthTech StartUp)-Sog‘liqni saqlash sohasidagi innovatsion loyihalar HealthTech StartUplar deb ataladi. Bular telemeditsina, onlayn konsultatsiya tizimlari, sog‘liq monitoringi ilovalari bo‘lishi mumkin. 5. Moliyaviy StartUplar (FinTech StartUp)-Moliyaviy xizmatlarni raqamlashtirishga yo‘naltirilgan loyihalar FinTech StartUplar hisoblanadi. Masalan, elektron to‘lov tizimlari, onlayn bank xizmatlari, kriptovalyuta platformalari. 6. Savdo va xizmat ko‘rsatishga oid StartUplar (E-commerce StartUp)- Internet orqali mahsulot va xizmatlar savdosini amalga oshiruvchi StartUplar. Masalan, onlayn do‘konlar, yetkazib berish xizmatlari, marketplace platformalari. StartUp loyihalarini yaratish uchun odatda quyidagi bosqichlar asosida amalga oshiriladi: 1. G‘oya (Idea) — muammo aniqlanadi va yechim taklif etiladi; 2. Bozor tahlili (Market Research) — auditoriya va raqobatchilar o‘rganiladi; 3. Biznes-reja tuzish — moliyaviy va strategik rejalar ishlab chiqiladi; 4. Prototip (MVP) yaratish — dastlabki mahsulot ishlab chiqiladi; 5. Sinov va rivojlantirish — foydalanuvchilar fikri asosida takomillashtiriladi; 6. Investitsiya jalb qilish va kengayish — loyihani rivojlantirish bosqichi. StartUp loyihalarda uchraydigan muammolar StartUp faoliyati davomida quyidagi qiyinchiliklar ko‘p uchraydi: Z AMONAVIY TA'LIMDA FAN VA INNOVATSION TADQIQOTLAR http://zamtadqiqot.uz/index.php/ZTFITJ/index 3-son 17–to’plam 2025 y. 102  Moliyaviy yetishmovchilik;  Bozorni noto‘g‘ri baholash;  Tajribali mutaxassislar yetishmasligi;  Raqobatning kuchliligi;  Texnik muammolar. Xulosa Xulosa qilib aytganda, StartUp loyihalar zamonaviy iqtisodiyotning asosiy harakatlantiruvchi kuchlaridan biridir. Ular innovatsion g‘oyalar asosida yangi mahsulot va xizmatlar yaratib, jamiyat rivojiga katta hissa qo‘shadi. Texnologik, ijtimoiy, ta’lim, tibbiyot va moliyaviy yo‘nalishlarda faoliyat yuritayotgan StartUplar bugungi kunda tobora kengayib bormoqda. Har bir yosh tadbirkor StartUp faoliyatini chuqur o‘rganib, innovatsion g‘oyalar asosida o‘z biznesini yo‘lga qo‘yishi mumkin.