3Х3 BASKETBOL O'YINIDA TO'P TASHLASH SAMARADORLIGIGA TA'SIR ETUVCHI OMILLAR
Abstract
3x3 basketbol o‘yinida to‘p tashlash samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida to‘p tashlash aniqligini belgilovchi obyektiv va subyektiv omillar o‘rganildi. Olingan natijalar to‘p tashlash samaradorligini oshirish uchun mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish hamda sportchilarning individual imkoniyatlarini rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 8 DOI: https://10.5281/zenodo.18069840 3Х3 BASKETBOL O‘YINIDA TO‘P TASHLASH SAMARADORLIGIGA TA’SIR ETUVCHI OMILLAR Umbetova M.A. O‘zbekiston davlat jismoniy tarbiya va sport universiteti O‘zbekiston, Chirchiq shahri voleybol, basketbol nazariyasi va uslubiyati kafedrasi dotsent v.b. ANNOTАTSIYA 3x3 basketbol o‘yinida to‘p tashlash samaradorligiga ta’sir etuvchi asosiy omillar tahlil qilindi. Tadqiqot jarayonida to‘p tashlash aniqligini belgilovchi obyektiv va subyektiv omillar o‘rganildi. Olingan natijalar to‘p tashlash samaradorligini oshirish uchun mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish hamda sportchilarning individual imkoniyatlarini rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. Kalit so‘zi: 3x3 basketbol, to‘p, obyektiv, subyektiv, sport, hujum, himoya ФАКТОРЫ, ВЛИЯЮЩИЕ НА ЭФФЕКТИВНОСТЬ БРОСКОВ МЯЧА В ИГРЕ БАСКЕТБОЛ 3Х3 Умбетова М.А. Узбекский государственный университет физической культуры и спорта Узбекистан, г. Чирчик Врио. доцент кафедры Теории и методики волейбола, баскетбола AННОТАТЦИЯ В работе проанализированы основные факторы, влияющие на эффективность бросков мяча в игре баскетбол 3х3. В ходе исследования изучены объективные и субъективные факторы, определяющие точность бросков. Полученные результаты свидетельствуют о необходимости совершенствования тренировочного процесса и развития индивидуальных возможностей спортсменов с целью повышения эффективности бросков. Ключевые слова: баскетбол 3x3, мяч, объективный, субъективный, спорт, нападение, защита
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 9 ABSTRACT The study analyzes the main factors influencing the effectiveness of shooting in 3x3 basketball. During the research, objective and subjective factors determining shooting accuracy were examined. The results indicate the necessity of improving the training process and developing athletes’ individual abilities in order to enhance shooting efficiency. Key words: 3x3 basketball, ball, objective, subjective, sport, attack, defense. 3x3 basketbolda hujumlarning aksariyati raqiblarning yuqori faollikdagi qarshiligini yengib o‘tish sharoitida yakunlanadi. Himoyaviy harakatlar darajasi oldinga vaqtga nisbatan xozirgi vaqtda ancha kuchaygan. Yosh basketbolchilarda uchraydigan muammolardan biri - o‘yindagi to‘p tashlashlar samaradorligining pastligi, ayniqsa raqib faol qarshilik ko‘rsatgan holatlarda. Bu holat Yevropa va jahon chempionatlari natijalari bilan ham tasdiqlanadi. Sportdagi muvaffaqiyat turli omillar bilan belgilanadi: genetika, epigenetika, mashg‘ulot metodlari, ovqatlanish, motivatsiya, sport anjomlarini ishlab chiqishdagi taraqqiyot, atrof-muhit. Genetika kuch, chidamlilik, mushak tolalarining tarkibi va o‘lchami, egiluvchanlik, neyromushak koordinatsiyasi, temperament va boshqa sifatlar rivojiga ta’sir ko‘rsatadi. Yosh basketbolchilar va mutaxassislar o‘rtasida o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, turli o‘yin pozitsiyalaridagi sportchilarga omillar turlicha ta’sir ko‘rsatishi aniqlangan. Jumladan, “tashlash vaqtida raqib tomonidan qoidabuzarlik” omili ko‘proq hujumchi o‘yinchilarga ta’sir qiladi; “raqibning qarshilik faolligi darajasi”, “masofa” va “raqibning antropometrik ko‘rsatkichlari” himoyachilarga ko‘proq ta’sir etadi; “hujumchi tomonidan tashlashda qoidabuzarlik” esa markaziy o‘yinchilarga sezilarli ta’sir ko‘rsatadi. Buni tadqiqotimiz davomida U-17 yoshli basketbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Prezident olimpiadasi” musobaqasidagi 1-3 o‘rinni egallagan jamoalar o‘rtasidagi o‘yinlardan olindan natijalarni quyidagi taxlil qilingan jadvalda ko‘rishimiz mumkin.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 10 U-17 yoshli basketbolchilar o‘rtasida o‘tkazilgan “Prezident olimpiadasi” musobaqasidagi 1-3 o‘rinni egallagan jamoalarda qayd etilgan o‘yin natijalari № Jamoalar Jarimadan otilgan to‘plar soni Muvafaqiyatli Muvafaqiyatsiz O‘rta masofadan otilgan to‘plar soni Muvafaqiyatli Muvafaqiyatsiz Uzoq masofadan otilgan to‘plar soni Muvafaqiyatli ochko Muvafaqiyatsiz Jami otilgan to‘plar soni Yig‘ilgan ochkolar 1. Toshkent shahar 8 5 3 18 10 8 8 2 4 6 34 19 23.5 % 14.7 % 8.8% 52.9 % 29.4 % 23.5 % 23.5 % 5.9% 17.6 % 100 % 55.8 % 2. Namangan viloyati (terma) 11 7 4 18 10 8 8 0 0 0 37 17 29.7 % 18.9 % 10.8 % 48.6 % 27% 21.6 % 21.6 % 0% 100 % 45.9 % 45.9 % 3. Xorozim (terma) 2 0 0 16 11 5 11 4 8 7 29 19 6.8% 0% 0% 55.1 % 37.9 % 17.2 % 37.9 % 13.8% 24.1 % 100 % 65.5 % 4. Andijon viloyati 3 0 0 23 12 11 7 2 4 5 33 16 9.0 0 0 69.6 36.3 33.3 21.2 6.1 15.1 100 48.4 Tashlash samaradorligini belgilovchi muhim omillardan biri - musobaqa yuklamasidir. Tadqiqotimiz natijalariga ko‘ra yuqorida qayd etilgan jadvalda Toshkent shahar, Namangan viloyati (terma), Xorozim (terma) va Andijon viloyati jamoalari o‘rtasidagi o‘yinni taxlili bo‘yicha, Toshkent shahar jamoasi misolida ko‘radigan bo‘lsak o‘rta masofadan to‘p tashlashlar tezkor hujum (52.9%), uzoq masofadan to‘p tashlashlar (23.5%) va jarimadan to‘p tashlashlar (23.5%) bo‘lib, eng samarali to‘p tashlashlar esa sakrab bajarilgan o‘rta masofadagi to‘p tashlashlar (29.4%) hisoblandi, bu xolatni boshqa jamoalarda ham ko‘rishimiz mumkin. Shu munosabat bilan turli masofalardan bajarilgan to‘p tashlashlar samaradorligiga ta’sir etuvchi omillar va xususiyatlar aniqlangan. S. Chernov va A. Dobrushinlar (2006) basketbolchi aniq to‘p tashlashni bajarishda yordam beradigan omillarni umumlashtirgan. Ko‘pincha barcha omillar o‘zaro bog‘liq bo‘lib, ularning kompleks tarzda rivojlantirish o‘yinchiga to‘pni savatga barqaror ravishda tushirishga yordam beradi. Psixologik omillar: - Ishonch va muvaffaqiyatga motivatsiya (har bir to‘pni tashlash, to‘p savatga tushishiga to‘liq ishonch bilan bajarilishi kerak. Ishonching bo‘lmasa - tashlama!). Ishonch yetishmasligining bir necha sabablari mavjud: qulay holatda tashlash imkoniyatining yo‘qligi; charchoq va yetarli darajada jamlanmaslik; o‘yin natijasi uchun javobgarlik; salbiy hissiyotlar.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 11 - Diqqatni haddan tashqari jamlash (yaxshi “snayper” shunday jamlanishga egaki, raqib va tomoshabinlar tomonidan bo‘ladigan har qanday chalg‘ituvchi omillarga e’tibor bermaydi. Bu esa tashlash texnikasida mustahkam ko‘nikmalarni shakllantiruvchi ko‘p yillik mashg‘ulotlar orqali erishiladi). Jismoniy omillar: - jismoniy holat; - tana muvozanati; - koordinatsiya; - nishonga olish. Basketbol sohasidagi mutaxassislar fikrlarini tahlil qilish natijasida to‘p tashlash aniqligini belgilovchi omillarni ikki guruhga ajratish mumkin: obyektiv va subyektiv. To‘pning jismoniy xususiyatlari, uning uchishidagi o‘ziga xos jihatlar, to‘pning nishonga tushishidagi mexanik qonuniyatlar - bularning barchasi obyektiv, ya’ni tashqi omillardir. Subyektiv omillar sportchining jismoniy, psixologik va funksional holati, texnik tayyorgarligi hamda o‘yin jarayonida qaror qabul qilish tezligi bilan bog‘liqdir. 3x3 basketbolning o‘ziga xos yuqori sur’ati va cheklangan vaqt sharoitida ushbu omillarning ahamiyati yanada ortadi. Aynan shu omillar, eng avvalo, sportchining xatti-harakati va o‘yinning natijadorligini belgilaydi. Tadqiqot natijalari to‘p tashlash samaradorligini oshirish uchun mashg‘ulot jarayonini takomillashtirish va sportchilarning individual imkoniyatlarini rivojlantirish zarurligini ko‘rsatadi. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Miradilov B.M., Karimov B.Z., Umbetova M.A. Sport pedagogik mahoratini oshirish (basketbol). // O‘quv qo‘llanma. T.: 2017. – 268 b. 2. Umbetova M. A., Kubeysinova U. T. Yosh basketbolchilarda kuch sifatini o‘yin mashqlari yordamida rivojlantirish //International conference dedicated to the role and importance of innovative education in the 21st century. – 2022. – Т. 1. – №. 10. – С. 111-116. 3. Умбетова М. А. БАСКЕТБОЛ ТЎГАРАКЛАРИДА МАШҒУЛОТ ВА МУСОБАҚА ЎЙИНЛАРИ ОЛДИДАН ЎТКАЗИЛАДИГАН АНЪАНАВИЙ МАЗМУНЛИ ЧИГИЛЁЗДИ МАШҚЛАР САМАРАДОРЛИГИНИ АНИҚЛАШ //Fan-Sportga. – 2021. – №. 3. – С. 38-39. 4. M.A.Umbetova BOKSCHILAR O‘QUV-MASHG‘ULOT JARAYONLARINI RIVOJLANTIRISHNING ILMIYMETODIK ASOSLARIGA BAG‘ISHLANGAN I XALQARO ILMIY-AMALIY ONLAYN ANJUMAN TO‘PLAMI// ANJUMAN TO‘PLAM. - 2022. - B. 319-324.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 12 5. SPORT MALAKALARIGA O‘RGATISHDA QADDI-QOMATNI SHAKLLANTIRISHDA DIDAKTIK PRINSIPLARNI DIDAKTIK TARTIBDA QO‘LLASH MUHIMLIGI F.A. Pulatov, M.A. Umbetova - Educational Research in Universal Sciences, 2023 6. SPORT TURLARINI O‘RGATISH METODIKASI METODIKASI (BASKETBOL) M.A. Umbetova – 2023