EPOS TADQIQOTCHILIGI: XORAZM DOSTONLARINING QIYOSIY O'RGANILISHI
Full text
265 3 5 EPOS TADQIQOTCHILIGI: XORAZM DOSTONLARINING QIYOSIY O‘RGANILISHI Karimova Maxsuda Yusupboyevna, Urganch RANCH texnologiya universiteti “O‘zbek tili va adabiyoti” kafedrasi dotsenti v.b. PhD. DOI: https://doi.org/10.5281/zenodo.18069945 Annotatsiya. Folklor — bu har bir xalq madaniyati va adabiyotining boshlangich «alifbo»si ekanligi, u ana shularning shakllanishi, ravnaq topishida hal qiluvchi rol oʻynagan. Maqolada oʻzbek folklorshunosligi, xususan, Xorazm folklorshunoslik maktabining yaratilishi, taraqqiyotida folklorshunos olim, professor Safarboy Roʻzimboyevning ilmiy tadqiqotlari, soha rivojiga qoʻshgan hissasi haqida fikr yuritiladi. Folklor namunalarini noyob nomoddiy madaniy meros sifatida asrash lozimligini bayon qilgan. Professor S. Roʻzimboyevning ilmiy maqolalari tahlil qilinib, xalq baxshilari va folklor namunalari millatlarni birodarlikka undovchi ma'naviy qudrat ekanligi koʻrsatilgan. Kalit soʻzlar: oʻzbek folklorshunosligi, Xorazm folklorshunoslik maktabining yaratilishi, professor Safarboy Roʻzimboyevning ilmiy tadqiqotlari, Oʻzbek xalq og‘zaki ijodi, nomoddiy madaniy meros, xalq baxshilari. Аннотация. В статье будет обсуждаться стипендия узбекского фольклора, особенно создание Узбекского фольклора, вклад профессора Сафарбоя Рузимбаева в развитие отрасли. Aвтор статьи, объясненного наблюдением, и должен быть защищен как уникальное нематериальное культурное наследие фольклора. Научные статьи профессора С.Рузимбаева были проанализированы, и народные баллы и народные оценки показывают, что народы духовно мотивированы духовной силой брату. Ключевые слова: Первая фольклорная экспедиция учёного, поэма "Gurugli", Хорезмские дастаны, цикл "Ошикнома" ( " Поэма о влюбленных") , научные исследования проф.С.Рузимбаева. Annotation. The article will discuss the scholarship of Uzbek folklore, especially the establishment of Uzbek folklore studies, Professor Safarboy Ruzimbaev's contribution to the development of the industry. Anti-Uzbek folklore and written literature, the author of the article explained to be observed and should be protected as a unique intangible cultural heritage of folklore. Professor S. Ruzimbaev's scientific articles were analyzed and people's Bakhshov and folk scores show that the nations are spiritually motivated spiritual power to brother. Keywords. Uzbek folklore studies, the creation of the Khorezm folklore school, the scientific research of Professor Safarboy Ruzimbayev, the oral art of the Uzbek people, intangible cultural heritage, folk songs Kirish. Folklor — bu har bir xalq madaniyati va adabiyotining ma’naviy at mash’ali va tagzamini, xususan, mukammal tizimlashgan boshlangich ”alifbo”si boʻlib, soʻz san’ati, shuningdek, san’atning koʻplagan sohasining shakllanishi, ravnaq topishida hal qiluvchi rol oʻynagan. Ularning tarkibiga uzviy ravishda singib, badiiy jozibadorligini oshirish bilan birga, xalqlarning madaniy hayotida ham muhim oʻrin tutadi. Binobarin, uni chuqur va atroflicha oʻrganmay turib, u yoki bu xalqning milliy madaniyati, adabiyoti ijtimoiy borliqqa boʻlgan munosabati haqida ham turli tasavvurga ega boʻlish amri maholdir. Xorazm folklori namunalari – dostonlarni kitobat qilsh, ularni qissaxonlar va xalfalar tomonidan erkaklar hamda ayollar davralarida ayrim-ayrim holda oʻqib eshittirish qadimdan mavjud boʻlib, uning ildizlari muqaddas ”Avesto”ga borib taqaladi. Folklor namunalari
266 3 5 ommaviy ijod mahsuli boʻlsa-da asrlar osha yozuv madaniyati, kitobat san’atining vujudga kelishi natijasida folklor asarlari – qoʻlyozmalari ommaviy ijod mahsuli sifatida qogʻozlarga koʻchirila boshlangan. Bunday xalqona ijod – el adabiyoti yoki boshqacha aytganda, xalq donishmandligi durdonalari ustoz-shogirdlik an’analari natijasida hamda folklor janrlarining yaratilishi, oʻziga xosliklari tufayli qoʻlyozma nusxalari yaratilgan boʻlsa ham folklorning janriy tamoyillarga moneliklar boʻlmagan. Aksincha, bunday qoʻlyozmalar har bir folklor ijrochisi repertuari xazinasini boyishini ta’min qilgan. Folklor asarlaridagi an’anaviylikning buzilmasligini ta’min etib, marosim folkloridagi milliy qadr-qimmatga ega turli ijobiy, millatimizning tarbiya va ma’naviyat hamda madaniyatga erishuvi uchun tgzamin vazifasini oʻtagan. Ana shunday qoʻlyozmalarni izlab toppish, fanga ma’lum qilish, uning koʻchiruvchisi va ijrochilari haqidagi ma’lumotlarni xalqqa yetkazish folklor asarlarining yaratilishi , genezisi ijro uslublari hamda ijrochilarning mahoratlarining oʻrganilishi, baholanishi folkloristikada uzviylik zanjirini mustahkamlaydi. Bu sohada izlanishlar qilgan tadqiqotchining mehnatlari qay darajada muhimligini koʻrsatadi. Adabiyotlar tahlili. Madaniyatlarning mushtarakligi, ta’sirlar va aks ta’sirlar haqida soʻz ketar ekan, folklorshunos S.Roʻzimboyev xalq kitoblarining maydonga kelishidagi asosiy markazni ham Xorazm deb belgilashga toʻgʻri keladi, degan fikrni ilgari surib, monografiyada turli tarixiy manbalarga asoslanib isbotini keltiradi.[9; 13] “ … ushbu qoʻlyozma kitoblardan vohadagi oʻzbek, turkman, qoraqalpoq baxshi va qissaxonlari birgalikda foydalanib, ulardan ma'naviy oziq olib kelishgan. Hatto arab alifbosida bitilgan bitta nusxani uch millat vakili bemalol oʻqiy olishgan. Bu holat xalqlar oʻrtasidagi doʻstlik aloqalarini yanada rivojlantirishga katta yordam bergan. Xullas, ushbu dostonlarni nashrga tayyorlash mashaqqatidan choʻchimay, matnlarni qayta tiklab, hozirgi oʻquvchiga taqdim qilish milliy istiqlolimiz bergan imkoniyatning yana bir sharofatidir”. [ A.Sa'dullayev,UrDU rektori, professor OʻzR FA akademigi."Oshiqnoma". 2-kitob.– Urganch:”Xorazm”.–2006.–B.452.] Tadqiqot metodologiyasi. Professor Safarboy Roʻzimboyev oʻzining “G‘aribniyoz – doʻstlik kuychisi” maqolasida Xorazm vohasida XIX asr oʻrtalarida yashab ijod etgan baxshi G‘aribniyoz haqida ma'lumot berib,uning shogirdi turkman baxshisi Suyan (suyanch, tayanch) haqida soʻz yuritadi. Bu baxshi haqida folklorshunos olim A.N.Samoylovichning bergan ma'lumotlarini keltirib oʻtadi: “Suyav baxshi Toshhovuz viloyati, hozirgi “Boʻldimsoz” tumanida yashagan. U faqatgina turkman tilida emas, oʻzbek va qoraqalpoq tillarida ham doston kuylagan”. Folklorshunos olim A.N. Samoylovich Xorazm vohasiga 1908-yilarda tadqiqot uyushtirgan paytda Suyav baxshi 58 yoshda boʻlganligi haqida ma'lumot keltiradi. Folklorshunos olim, professor Safarboy Roʻzimboyev tadqiqotchi-folklorshunos olim A.N.Samoylovichning ma'lumotlariga asoslanib, Suyav baxshi 1850yilda tavallud topganligiga aniqlik kiritadi.
267 3 5 Suyav baxshi repertuaridagi doston va termalar turkman, oʻzbek, qoraqalpoq baxshilari ijodida hozirgacha saqlanib kelayotgani toʻg'risida ma'lumotlar keltiradi tadqiqotchi S.Roʻzimboyev. [“Xorazm folklori” X tom Urganch –2008, 3-bet.] Suyav baxshi Toshhovuz viloyatidagi Porsi dostonchilik maktabi asoschilaridan boʻlgan. Gurlanlik Sakrak baxshi va mang'itlik Tursun baxshi Porsi dostonchilik maktabining soʻnggi vakillaridan ekanligi haqida ma'lumot beradi.. Suyav baxshi repertuarida “Eshvoy” qoʻshig'i alohida oʻrin tutgan. Mazkur qoʻshiq XVIII asrda Porsi atroflarida yashagan oʻzbek baxshisi Eshboy baxshiga bag‘ishlangan va unda baxshining yuksak insoniy fazilatlari aks etgan: Eshboy Otash, Nurjon bilan soz etdi, Besh kunlik umrini sarafroz etdi. Oʻlgandan soʻng vasfin G‘aribniyoz aytdi, Soz – soʻz bilan umri oʻtdi Eshboyni. Porsi baxshisi ijro etgan Eshboy qoʻshig‘i tarixi xususida qoraqalpoq folklorshunosi professor Q.Ayimbetov 1968-yil Nukusda bosilgan “Xalq donoligi” kitobida Suyav baxshidan burun Eshboy, Otash, G‘aribniyoz kabi taniqli baxshilar yashab ijod etganliklari haqida ma'lumotlarni keltirganidan bilib olishimiz mumkin. Tahlil va natijalar. Professor S.Roʻzimboyev “Garibniyoz – doʻstlik kuychisi” maqolasida Eshboy baxshi, G‘aribniyoz baxshi, Suyav baxshilar – oʻzaro ustoz – shogirdlar zanjirini tarixy-ilmiy jihatdan asoslaydi. “Eshboy” qoʻshig‘i asrlar osha hozirgacha yetib kelganligi, ya'ni qoʻshiqning uzoq tarixi haqida 1963-yilda Ashxobodda nashr etilgan “Marjon donalar” va Nukusda bosilgan “Qoraqalpoq xalq qoʻshiqlari” kitobiga ham kiritilganligi fikrimizning yaqqol dalilidir. Oʻzaro qardosh xalqlar madaniyatiga singib ketgan bunday qoʻshiqlardan juda koʻplab topishimiz mumkin. Xalq baxshilarining hayoti, ijodi misolida folklor san'ati faqat ezgulik ulashishi, millatlarni birodarlikka undovchi goʻzal ma'naviy tug' ekanligini anglaymiz. Bu esa folklor namunalarining qadr-qimmatini yana-da oshiradi. Oʻzbek, turkman, qoraqalpoq xalqlari orasidagi oʻzaro sodda samimiy, xalqona, doʻstona, adabiy-madaniy aloqalar haqidagi ma'lumotlarni asoslab, folklorshunoslik xazinasiga qimmatli ma'lumotlar bilan hissa qoʻshgan. Doston kuylash va baxshilarning xalqlar oʻrtasidagi ma'naviy taraqqiyot va birodarlikka undovchi kuchdir. Bunday ma’naviy qudrat hozirda tengsiz badiiy asarlarga ham koʻchganki, badiiy asarlarning aksariyatida folklor unsurlari asarga yorqin pafos baxsh etib kelmoqda. Folklorshunos olimning tadqiqotlari davomida eposlarga oid qaydlaridan namunalar keltirishni joiz deb topdim: Xorazmda musiqa qadimdan taraqqiy qilgan. Bu holat epos ijrochilariga taʼsir etmasdan qolmagan. Baxshilar qoʻbiz ishlatishni xorazmshohlar davridayoq toʻxtalib, dutor ijrosiga
268 3 5 oʻtishgan. Bulamon, gʻijjak, doira dutorga joʻr boʻlishgan. Rubob Bola baxshi tomonidan 1928-yilda doston ijrosiga olib kirilgan. Garmon tarixi Yangiariqning Oqmachit mahallasida yashagan nemislar bilan aloqador boʻlib, ular 1890-yillarda Rossiyadan bayanni, keyinchalik ozarbayjon va tatarlar vohaga sal boʻlsa-da rekonstruksiya qilingan soz –garmonni olib kelishgan. 1900yilda uni ilk bora Onajon xalfa ishlatgan. Shu tariqa garmonni baxshilar va xalfalar doston ijrosiga olib kirganlar. * * * Epos xalq etnografiyasi bilan chambarchas bogʻliq. Unda xalqning muomala madaniyati, kiyinishi, uy jihozlari, bezaklar, asbob – uskunalar, ovqatliklar, dehqonchilik va chorvachilikka oid masalalar, urf – odatlar, marosimlar, olqish va qargʻishlar oʻzining yorqin ifodasini topgan. * * * Doston xalq maʼnaviyatining yuksak choʻqqisidir. * * * Epos xalq tafakkurining gultojidir. Xulosa. Ogʻzaki ijod namunalari xalqning koʻp asrlik madaniy taraqqiyotga intilishi va tajribasining soʻzlarda va soʻzning qudratini oʻzida mujassam qiluvchi dono fikrlar – folklor namunalarida namoyon boʻlgan va hali yozma adabiyot shakllanib ulgurmagan bir davrda boshqa madaniy dam olish vositalari paydo boʻlmaganligi sababli xalq ogʻzaki ijodining roli nihoyatda katta boʻlganligi oʻz-oʻzidan ma’lum. Zero, xalq uchun ma’naviy oziqlanish hamisha hayotiy ehtiyoj hisoblangan. Safarboy Roʻzimboyev tomonidan olib borilgan ilmiy faoliyat natijasida oʻzbek folklorshunosligining Xorazm tarmogʻi boʻyicha qilingan ilmiy-tadqiqot ishlarining janrlar qamrovi kengaydi. Bu borada olimning xizmatlari Xorazm baxshi va xalfalarining biografiyasini aniqlash, ularning ijro an’analarini tavsiflash hamda repertuarini toʻplab ilmiy jarayonga taqdim qilishida oʻz aksini topgan. Bu esa vohaga oid folklor namunalarining jamlanishi va oʻzbek folklori arxivini yangi tadqiqot materiallari bilan boyishiga hissa boʻlib qoʻshildi. Folklorshunos Safarboy Roʻzimboyev badiiy matnni anglay olish, uning umrboqiyligini belgilash salohiyati xalq dostonlari matni boʻyicha tadqiqotlarida va xalq dostonlarini nashrga tayyorlash ishlarida oʻz aksini topgan. Olimning Xorazm folkloriga oid ilmiynazariy qarashlari, toʻplovchilik faoliyati, koʻplagan qadimiy atamalar etimologiyasiga aniqliklar kiritgani bois folklorshunoslik fani ilmiy nazariy jihatdan rivojlandi. Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yhati: 1. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti SH.Mirziyoyevning 2017-yil 24-maydagi PQ-2925-sonli "Qadimiy yozma manbalarni saqlash, tadqiq va targ'ib qilish tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg'risida"gi qarori //"Xalq soʻzi" gazetasi – Toshkent, 2017-yil, 25-may.
269 3 5 2. "Гўрўғли " Хоразм достонлари (нашрга тайёрловчи S.Roъзимбоев) Урганч "Хоразм" нашриёти, 2 004. . - 480 бет. 3. Жумабой Юсупов, филология фанлари доктори."Ошиқнома".2-китоб.–Урганч:"Хоразм".–2006.– B.452.451-бет. 4. Мирзаев Т. “Ўзбек тили ва адабиёти” журнали, 2014, №6, 102-бет. 5. Мирзаев Т. "Хоразм фольклорининг йирик тадқиқотчиси" Ўзбек адабиётшунослигининг долзарб муаммолари» / Тўплам / Урганч Давлат унуверситети. – Урганч: «Хоразм ёшлари», 2022. –376 б. 6. "Ошиқнома". 1-китоб.– Урганч:"Хоразм".–2006.–B.350. 7. "Ошиқнома". 2-китоб.– Урганч:"Хоразм".–2006.–B.4 8. "Goʻroʻg'li " Xorazm dostonlari (nashrga tayyorlovchi S.Roʻzimboyev) – Urganch "Xorazm" nashriyoti, 2004. . - 480 bet. 9. Қобулниёзов Ж. "Ўзбек фольклорининг ривожланиш йўллари" Тошкент. – "Фан" – 1969., 364 б. 10. Рўзимбоев С. Хоразм достонлари (Туркий халқлар достонлари билан қиёсий ўрганиш тажрибасидан). – Тошкент: Фан, 1985. 13-бет. 11. S.R. Rozimboyev "Shalola" Urganch davlat universiteti filologik tadqiqotlar markazi – Urganch – 2022. – 289 b. 12. Roʻzimboyev S.R., Sabirova N.E. "Xorazm baxshichilik an'analari" / Uslubiy qoʻllanma / "Xorazm yoshlari" – Urganch., 2020 – 230 b. 13. Sabirova N. "Xorazm dostonchilik maktablarining lokal xususiyatlari" / "3RD International Azerbayjan Congress on Humanities and social sciences"/ November 26-28,2022. – Congress proseegings book ISBN: 978605-72169-1-5 14. Turdimov Sh. “Davrimizning yirik goʻroʻg‘lishunosi edi...”/”Oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari” / Toʻplam / Urganch Davlat universiteti. – Urganch: «Xorazm yoshlari», 2022. –376 –7bet. 15. ”Xorazm folklori” X tom Urganch –2008. 16. ”Oʻzbek adabiyotshunosligining dolzarb muammolari” [Toʻplam / Urganch Davlat unuversiteti. - Urganch: “Xorazm yoshlari”, 2022.– 376 b. 17. A.Sa'dullayev,UrDU rektori, professor OʻzR FA akademigi.”Oshiqnoma”. 2-kitob.– Urganch:”Xorazm”.–2006.–B.452.