OʻSMIRNI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI
Abstract
Maqolada ota-ona va farzand munosabatlarining oʻsmirning ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga psixologik jihatdan ta'siri tahlil qilingan. Oʻsmirlik davri his-tuygʻular va ijtimoiy munosabatlarga sezgir davr boʻlib, oilaviy munosabatlar sifati shaxsning ijtimoiy va shaxsiy qobiliyatlari shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Tahlil natijalari ota-ona bilan konstruktiv muloqot va emosional qoʻllab-quvvatlashning ijtimoiy koʻnikmalar, oʻz-oʻzini tartibga solish va mas'uliyatni rivojlantirishdagi ahamiyatini koʻrsatadi.
Full text
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 39 DOI: https://10.5281/zenodo.18070420 OʻSMIRNI IJTIMOIY-PSIXOLOGIK RIVOJLANISHIGA OTA-ONA VA FARZAND MUNOSABATLARINING PSIXOLOGIK XUSUSIYATLARI Ibragimova Shahnoza Gapparovna Qo‘qon davlat universiteti “Psixologiya” kafedrasi o‘qituvchisi E-mail: [email protected] ANNOTATSIYA Maqolada ota-ona va farzand munosabatlarining oʻsmirning ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga psixologik jihatdan taʼsiri tahlil qilingan. Oʻsmirlik davri his-tuygʻular va ijtimoiy munosabatlarga sezgir davr boʻlib, oilaviy munosabatlar sifati shaxsning ijtimoiy va shaxsiy qobiliyatlari shakllanishida muhim ahamiyatga ega. Tahlil natijalari ota-ona bilan konstruktiv muloqot va emosional qoʻllab-quvvatlashning ijtimoiy koʻnikmalar, oʻz-oʻzini tartibga solish va masʼuliyatni rivojlantirishdagi ahamiyatini koʻrsatadi. Kalit soʻzlar: oʻsmir, ota-ona, ijtimoiy-psixologik rivojlanish, oilaviy munosabatlar, emosional tartibga solish. THE PSYCHOLOGICAL FEATURES OF PARENT-CHILD RELATIONSHIPS IN THE SOCIAL-PSYCHOLOGICAL DEVELOPMENT OF ADOLESCENTS ABSTRACT The article analyzes the psychological aspects of parent-child relationships and their impact on the social-psychological development of adolescents. Adolescence is a sensitive period for emotions and social interactions, making the quality of family relationships crucial for the formation of personal and social competencies. The study results highlight the importance of constructive communication and emotional support from parents in developing adolescents’ social skills, self-regulation, and sense of responsibility. Keywords: adolescent, parent-child relationships, social-psychological development, family relationships, emotional regulation.
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 40 Oʻsmirlik davri shaxsning ijtimoiy va psixologik rivojlanishida muhim bosqich hisoblanadi. Bu davrda ota-ona bilan munosabatlar shaxsning oʻzini anglash, ijtimoiy koʻnikmalar va oʻz-oʻzini tartibga solish qobiliyatida asosiy manba hisoblanadi. Psixologik adabiyotda ota-ona munosabatlari bolaning emosional holati, oʻziga boʻlgan ishonch va ijtimoiy moslashuviga katta taʼsir koʻrsatadi, deyiladi. Shu bilan birga, ota-ona va farzand munosabatlarining psixologik mexanizmlarini aniqlash va ularning ijtimoiy-psixologik rivojlanishga taʼsirini tadqiq qilish dolzarb masala hisoblanadi. Ota-ona va farzand munosabatlarining asosiy jihatlari: emosional yaqinlik, mustaqillik darajasi, nazorat va qoʻllab-quvvatlash sifati. Tadqiqotlar koʻrsatadiki: • Emosional qoʻllab-quvvatlash yoshlarning ijtimoiy koʻnikmalarini va oʻz-oʻzini baholashini rivojlantiradi; • Ortqcha nazorat va avtoritar uslub bolada tashvish, ruhiy qiyinchilik va ijtimoiy moslashuvda qiyinchiliklarni keltirib chiqaradi; • Konstruktiv muloqot va ishonch oʻz-oʻzini tartibga solish va masʼuliyatni rivojlantirishga yordam beradi. Shuningdek, ota-ona munosabatlari psixologik rivojlanishning samaradorligini belgilaydi. Tadqiqot davomida jami 80 oʻsmir (13–16 yosh), 44 qiz va 36 yigit ishtirok etishdi. Ular shahar va qishloq maktablaridan tasodifiy tanlangan o‘smir yoshlar. Ular bilan birgalikda quyidagi metodilar olindi: 1. Ota-ona munosabatlarini baholash so‘rovnomasi: emosional qo‘llabquvvatlash, nazorat, ishonch darajasi. 2. Ijtimoiy-psixologik rivojlanishni baholash: kommunikatsiya, empatiya, samoregulyatsiya, ijtimoiy masʼuliyat. 3. Statistik tahlil: Pearson korrelyatsiyasi, regressiya analizi. Tadqiqot natijalariga ko‘ra: 1. Ota-ona munosabatlari: o Yuqori qo‘llab-quvvatlash: 35 oʻsmir (43,75%) o O‘rtacha: 30 oʻsmir (37,5%) o Past: 15 oʻsmir (18,75%) 2. Ijtimoiy-psixologik rivojlanish: o Yuqori daraja: 33 oʻsmir (41,25%) o O‘rtacha: 32 oʻsmir (40%) o Past: 15 oʻsmir (18,75%) 3. Korrelyatsiya: o Emosional qo‘llab-quvvatlash ↔ ijtimoiy-psixologik rivojlanish: r = 0,68; p < 0,01
INTERNATIONALSCIENCES, EDUCATION AND NEW LEARNING TECHNOLOGIES VOLUME 2 | ISSUE 11 | 2025 https://internationalsciences.org/ | Social Sciences and Humanities | December, 2025 41 o Nazorat darajasi ↔ samoregulyatsiya: r = -0,55; p < 0,01 4. Regressiya natijalari: o Ota-ona munosabatlari (emosional qo‘llab-quvvatlash va ishonch) ijtimoiypsixologik rivojlanishdagi farqning 52 % ini tushuntiradi. • Yuqori qo‘llab-quvvatlash va konstruktiv muloqot o‘smirlarning ijtimoiy moslashuvi va samoregulyatsiyasini rivojlantiradi. • Past qo‘llab-quvvatlash va ortiqcha nazorat esa ijtimoiy qiyinchilik va ruhiy noqulayliklarga olib keladi. Tadqiqot shuni ko‘rsatadiki, ota-ona munosabatlari o‘smirning ijtimoiypsixologik rivojlanishida asosiy omil hisoblanadi. Emosional qo‘llab-quvvatlash ijtimoiy ko‘nikmalar va samoregulyatsiyani rivojlantiradi, ortiqcha nazorat esa moslashuvni pasaytiradi. Ota-ona va farzand munosabatlarining psixologik xususiyatlari o‘smirning ijtimoiy-psixologik rivojlanishiga sezilarli taʼsir qiladi. Emosional qo‘llab-quvvatlash va konstruktiv muloqot ijtimoiy ko‘nikmalar, samoregulyatsiya va emosional barqarorlikni rivojlantiradi. Natijalar pedagoglar va psixologlar uchun amaliy qo‘llanishi mumkin. FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI: (REFERENCES) 1. Borisova, L. I. Psixologiya semyi: teoriya va amaliyot. — M.: Pedagogika, 2015. 2. Balashova, E. V. Razvitie lichnosti podrostka v semye. — SPb.: Rech, 2012. 3. Kon, I. S. Semya i sotsializatsiya rebenka. — M.: Nauka, 2001. 4. Selevko, G. K. Psixologiya podrostka. — M.: Prosveshchenie, 2010. 5. Vigotskiy, L. S. Psixologiya razvitiya. — M.: Pedagogika, 1983.