QUR'ON VA TIBBIYOT
Abstract
Insoniyat tarixida tibbiyot ilmi qadim zamonlardan buyon inson sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olish va davolash masalalarini o‘rganib keladi. Qur’oni karim esa, nafaqat ruhiy-ma’naviy yo‘l-yo‘riq manbai, balki hayotning barcha jabhalarida, jumladan, sog‘lom turmush va tibbiy gigiyena masalalarida ham muhim ko‘rsatmalar beradi. Qur’on oyatlarida inson salomatligi, poklik, ovqatlanish, ruhiy tinchlik, me’yor va shifo kabi tibbiyotga oid g‘oyalar ilmiy jihatdan chuqur mazmunga ega.
Full text
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 86 QUR’ON VA TIBBIYOT Cho’tboyeva Muborakxon O’zbekiston Respublikasi, Andijon viloyati, Qo‘rg‘ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan o’qituvchsi ANNOTATSIYA Insoniyat tarixida tibbiyot ilmi qadim zamonlardan buyon inson sog‘lig‘ini saqlash, kasalliklarning oldini olish va davolash masalalarini o‘rganib keladi. Qur’oni karim esa, nafaqat ruhiy-ma’naviy yo‘l-yo‘riq manbai, balki hayotning barcha jabhalarida, jumladan, sog‘lom turmush va tibbiy gigiyena masalalarida ham muhim ko‘rsatmalar beradi. Qur’on oyatlarida inson salomatligi, poklik, ovqatlanish, ruhiy tinchlik, me’yor va shifo kabi tibbiyotga oid g‘oyalar ilmiy jihatdan chuqur mazmunga ega. Asosiy qism 1. Poklik va gigiyena. Qur’onda poklikka katta e’tibor qaratilgan. Bu tibbiyotning eng muhim tamoyillaridan biridir. Alloh taolo shunday deydi: “Albatta, Alloh tavba qiluvchilarni va poklanuvchilarni sevadi” (Baqara surasi, 222-oyat). Bu oyat inson tanasi va ruhining pokligi sog‘lomlikning asosi ekanini bildiradi. Zamonaviy tibbiyot ham tozalikka rioya qilish orqali ko‘plab kasalliklarning oldini olish mumkinligini tasdiqlaydi. 2. Halol va foydali ovqatlanish. Qur’on insonni halol, toza va foydali narsalarni iste’mol qilishga undaydi: “Ey insonlar! Sizlarga berilgan yer ne’matlaridan halol va pokizalaridan yenglar” (Baqara surasi, 168-oyat). Tibbiy nuqtai nazardan, to‘g‘ri ovqatlanish organizmning normal faoliyati va immunitet uchun asosiy omildir. 3. Asalning shifobaxshligi. Qur’onda asalarining hosili — asal insonlar uchun shifo manbai sifatida zikr etiladi: “Ularning qornidan turli rangdagi ichimlik
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 87 chiqadi. Unda insonlar uchun shifo bordir” (Nahl surasi, 69-oyat). Ilmiy jihatdan, asal antibakterial, yallig‘lanishga qarshi va immun tizimini mustahkamlovchi xususiyatlarga ega. 4. Ruhiy salomatlik. Qur’on inson ruhiyatiga tinchlik bag‘ishlaydi: “Shubhasiz, Allohni zikr qilish bilan qalblar orom topadi” (Ra’d surasi, 28-oyat). Tibbiy jihatdan, stress va ruhiy notinchlik yurak, asab tizimi hamda immunitetga salbiy ta’sir ko‘rsatadi. 5. Me’yorni saqlash. Qur’on hayotning barcha sohalarida me’yorni ushlashni buyuradi: “Yenglar, ichinglar, lekin isrof qilmanglar. Albatta, Alloh isrof qiluvchilarni sevmaydi” (A’rof surasi, 31-oyat). Tibbiyotda ham me’yoriy ovqatlanish, dam olish va jismoniy faollik sog‘lom turmush tarzining asosi hisoblanadi. 6. Kasallik va shifo Allohdan. Qur’on insonni shifo manbaini Alloh irodasiga bog‘lashga undaydi: “Agar men kasal bo‘lsam, U (Alloh) meni shifolantiradi” (Sho‘aro surasi, 80-oyat). Bu oyat tibbiy davolanish bilan birga, ruhiy e’tiqod va duoning ahamiyatini ham ko‘rsatadi. 7. Uyqu va dam olish. Qur’on uyquni inson uchun orom va tiklanish vositasi sifatida ta’riflaydi: “U sizlarga kechani libos, uyquni orom, kunni esa tirikchilik davri qilib qo‘ydi” (Furqon surasi, 47-oyat). Tibbiyot ham uyquni organizmning qayta tiklanish davri sifatida e’tirof etadi. Qur’onda keltirilgan ilmiy faqtlar Qur’onda homilani “yopishgan zuluk” holatidan «bir tishlam go‘sht» shaklida o‘tishini ta’kidlaydi. Bu tavsifning to‘g‘riligiga shubha qilmasak ham, yigirma to‘rt kunlik homilani zuluk bilan solishtirib ko‘rishdi va mislsiz hayratga tushdi. Suratda ko‘rinib turgandek, homilaning shakli bir narsaga yopishib olgan zulukning o‘zi edi. Bu davr tibbiyotda ham homilaning bachadon devoriga yopishish davri deb ataladi («yopishgan zuluk» iborasi nihoyatda aniq o‘xshatmadir)». Doktor Murning ushbu mo‘’jiza haqidagi boshqa dalillari quyidagicha bayon qiladi: «Ilmiy ma’lumotlarga ko‘ra, urug‘langandan o‘n kun o‘tgach, homila
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 88 bachadonga tushadi. Sakkizinchi haftada inson shakliga kira boshlaydi. Bachadonga tushganidan 50-55 kundan keyin to‘liq inson shaklu shamoyiliga ega bo‘ladi. Ta’kidlash lozimki, uning qulog‘i va ko‘zi ertaroq – to‘rtinchi haftada, ya’ni nutfa tushganidan 42 kun o‘tgach shakllanadi. Biz – tadqiqotchilar guruhi – bu masalada Payg‘ambarning so‘zlariga (hadislarga) murojaat qilib, yana hayratga tushdik. Mo‘minlarning taqdir haqida bahslashgani haqidagi Imom Muslim rivoyat qilgan hadisda shunday deyilgan: «Urug‘lanishdan so‘ng 42 kun o‘tgach, Alloh taolo bir farishta jo‘natib, homilaga fe’l-atvor, his qilish a’zolari (ko‘z, quloq kabi) ato etadi, etini, suyagini yaratadi. So‘ng farishta: «Allohim, bu erkakmi, ayolmi?» deb so‘raydi…» 1400 yil keyingina kashf qilingan bu hodisaning butun tafsilotlari bilan, kuni va hatto soatigacha zikr etilishi mo‘’jiza emasmi? Bu hadisda juda chuqur ma’no, ulkan hikmat bor. Nima uchun farishta Alloh taolodan go‘dakning jinsini so‘ramoqda? Buni qarangki, javob savolning o‘zida ekan. Gap shundaki, homila rivojlanishining bu bosqichida go‘dakning suyaklari, muskuli, asab tizimi va sezgi a’zolari shakllanadi, ammo hadisda ajoyib tarzda aytilganidek, hali jinsi noma’lum bo‘ladi. Doktor Mur uni lol qoldirgan boshqa jihatlar haqida shunday deydi: «Nima uchun Qur’on oyatlarida to‘rt haftalik homila «tishlangan go‘sht»ga o‘xshatilyapti, bu o‘xshatish qayerdan kelyapti? Ushbu oyatlarning hikmati homilaning shu davrdagi holatini o‘rganganimizda ma’lum bo‘ldi. Ma’lum bo‘lishicha, homila 28 kunlik bo‘lganda uning ustida ipga tizilgan tasbehga o‘xshash iz paydo bo‘ldi. Ularning shakli tishlarning iziga o‘xshar edi. Biz buni amalda sinab ko‘rish uchun yumshoq moddadan homilaning shu davridagi shaklini yasab, uning chetini sekin tishlab, suratdagidek tish izlarini qoldirdik. Uni to‘rt haftalik haqiqiy homila bilan solishtirib, bir-biriga nihoyatda o‘xshash ekaniga ishonch hosil qildik. Shuning uchun Qur’onda inson homilasi dastlab «muzg‘a», ya’ni tishlangan go‘shtga o‘xshatilar ekan. Naqadar ajoyib!
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 89 Xulosa Xulosa qilib aytganda, Qur’oni karim tibbiyot fanining ko‘plab asosiy tamoyillarini o‘zida mujassam etgan. Poklik, halol ovqatlanish, ruhiy osoyishtalik, me’yor va tabiat ne’matlaridan oqilona foydalanish haqidagi oyatlar bugungi zamonaviy tibbiyot prinsiplari bilan uyg‘unlashadi. Qur’on inson sog‘lig‘iga g‘amxo‘rlik qilishni nafaqat jismoniy, balki ma’naviy burch sifatida ham ta’kidlaydi. Maqolani Keys morning quyidagi fikrlari bilan yakunlasak: «Bilimimiz ortib, ilmiy-texnik taraqqiyot rivojlanib borgan sari oyat va hadislarni yanada chuqurroq o‘rganish va ularning zamiridagi ilmiy ma’lumotlarni anglab yetishimizni sezib turibman. Ishonamanki, din va ilm o‘rtasida yillar davomida vujudga kelgan to‘siq Qur’on va hadislardagi haqiqatlar tufayli barham topishiga ishonaman». Foydalanilgan adabiyotlar 1. Qur’oni karim, O‘zbekiston Musulmonlari idorasi nashri, Toshkent. 2. Alouddin Mansur. “Qur’on tafsiri”. Toshkent: Movarounnahr, 2010. 3. S. Axmedov. “Islom va tibbiyot”. Toshkent: Tibbiyot nashriyoti, 2018. 4. Zamonaviy tibbiyot asoslari. Toshkent tibbiyot akademiyasi, 2021.