QARIYALARNING YUQUMLI KASALLIKLAR BILAN KASALLANGANDA UCHRAYDIGAN RUHIY O'ZGARISHLARI
Abstract
Ushbu maqolada zamonaviy hamshira tibbiy muolajalar tehnikasini bajarishini bilishi bilan birga, bemorning kasallik tufayli yuzaga kelgan va kelishi mumkin bo’lgan, ruhiy, ijtimoiy muammolarni aniqlay olishi va ichki kasalliklardagi somatik holatlarda yordam ko’rsatish, psixoemotsial holat turlari to’grisida to’htalib o’tilgan. Kalit so`zlar: Ruhiy holat, psixiatriya, dispanser, diagnostika, yuqumli, somatik
Full text
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 95 QARIYALARNING YUQUMLI KASALLIKLAR BILAN KASALLANGANDA UCHRAYDIGAN RUHIY O‘ZGARISHLARI Karimova Maloxatxon O’zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Qo’rg’ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan o’qituvchisi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada zamonaviy hamshira tibbiy muolajalar tehnikasini bajarishini bilishi bilan birga, bemorning kasallik tufayli yuzaga kelgan va kelishi mumkin bo’lgan, ruhiy, ijtimoiy muammolarni aniqlay olishi va ichki kasalliklardagi somatik holatlarda yordam ko’rsatish, psixoemotsial holat turlari to’grisida to’htalib o’tilgan. Kalit so`zlar: Ruhiy holat, psixiatriya, dispanser, diagnostika, yuqumli, somatik. Ba’zi somatik va yuqumli kasalliklar, zaharlanishlar, alkogolizm ruhiy o‘zgarishlar bilan davom etadi. Somatik kasallikka aloqador ruhiy o‘zgarishlar, asosiy kasallikning xarakteriga bog‘liq bo‘ladi. Bu emotsional alomatlar (depressiya, xavotirlanish, vahimaga tushish, tajanglik, eyforiya bilan o‘tadigan nevrozsimon kasalliklar) va es-hushning turli darajada buzilishi (karaxtlik, amensiya, deliriy, sopor, koma) hamda tutqanoq xurujiga o‘xshash holatlar namoyon bo‘ladi. Bularning kelib chiqishida umumiy somatik kasalliklar, yuqumli kasalliklar va zaharlanishlar muhim ahamiyatga ega. Bunday psixozlar surunkali kasalliklar, yuqumli kasalliklar, zaharlanish, alkogolizm va bemorning jinsi, yoshi, kasallikning og‘irlik darajasiga bog‘liq bo‘ladi.Klinik manzarasi. Simptomatik psixozlar o‘tkir va uzoq muddat davom etadigan turlarga bo‘linadi. O‘tkir psixozlardan keyin, ko‘pincha asoratlar qolmaydi. Uzoq muddatli turida esa sog‘ayishdan keyin qoldiqlar – psixoorganik asoratlar qolishi mumkin.O‘tkir simptomatik psixozlar qisqa vaqt davom etadi. Bunda astenik buzilishlar (bosh
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 96 og‘rig‘i, lohaslik, harakat bezovtaligi, vahima, ruhiy tushkunlik, uyqu buzilishi, giperesteziya) kuzatiladi. O‘tkir psixoz bir necha soatdan bir necha kungacha davom etadi va karaxtlik, deliriy, amensiya, oneyroid, tutqanoq alomatlari bilan davom etadi. Oneyroid alomatlarida ko‘pincha, ko‘rish illuziyasi va gallutsinatsiyasi bo‘ladi. Bunda katatonik alomatlar bo‘lmaydi. Eshitish gallutsinozida tovush ta’siridan ko‘ruv, vahimalar paydo bo‘lib, bemor o‘zini yo‘qotib qo‘yadi. Bularning ta’siridan bemorlar o‘ziga va atrofdagi kishilarga xavf solishlari mumkin. O‘tkir psixoz o‘tib ketganidan so‘ng serebrasteniya alomati – tez charchash, toliqish, jahl chiqishi, ish qobiliyatining pasayishi, uyquning buzilishi, kayfiyatning yomonlashuvi, giperesteziya belgilari kuzatiladi.Uzoq muddatli simptomatik psixozlar 2 haftadan 2–3 oygacha saqlanib turadi. O‘tish alomatlari uzoq vaqt davomli astenik holatlar bilan tugaydi yoki psixoorganik alomatga o‘tishi mumkin. Uzoq muddatli simptomatik psixozlarning quyidagi turlari bor: 1. Depressiyalar – kechqurunlari kuchayadi, astenik holat bilan birga davom etadi. Bemorda ko‘pincha, kechqurun va tunda qisqa muddatli deliriy holatlari paydo bo‘ladi. 2. Depressiv vasvasa holatlari, bemorlarni kuchli vahima, qo‘rquv bosadi. Bundan tashqari, ayblash, ta’na qilish, vasvasa g‘oyalari, illuziya va eshitish gallutsinatsiyasi bo‘lib turadi. 3.Gallutsinator-paranoid holatlar. Bunda ta’qib qilish, vasvasa, eshitish gallutsinatsiyasi va illuziyalari, atrofdagi kishilarni yolg‘on bilish bilan boradigan o‘tkir paranoid holatlar bo‘ladi. Bular apatik stupor (qimirlamay qolish, hamma narsalarga befarq qarash) bilan almashinib turadi. Agar bemor o‘z turish joyini o‘zgartirsa, bu buzilishlar o‘tib ketadi. 4. Maniakal holatlar – bu o‘zgarishlar harakatsiz maniya, eyforiya va astenik buzilishlar bilan birga namoyon bo‘ladi. Maniakal holatlar avj olganda, soxta paralitik alomatlar paydo bo‘ladi. Bulardan tashqari, Korsakov alomati va konfabuloz holatlari kuzatiladi. Korsakov alomati o‘tganidan so‘ng bemor xotirasi tiklanadi.
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 97 5.Konfabuloz holatdabemor xotirasi va es-hushi joyida bo‘ladi. Bu holat birdan boshlanib, birdan tugaydi. Bemorlar haqiqatda bo‘lmagan voqea va hodisalar haqida gapiradilar. Bu holat tugaganidan so‘ng bemorlar o‘zlariga nisbatan tanqidiy munosabatda bo‘ladilar. Uzoq vaqtga cho‘zilgan psixozlardan keyin asteniya holati paydo bo‘ladi. Og‘ir yuqumli kasalliklardan va zaharlanishlardan, moddalar almashinuvi buzilishi bilan o‘tadigan somatik bemorlarda psixoorganik alomatlar paydo bo‘ladi. Bu alomatlar har xil astenik eyforiya, apatiya tariqasida namoyon bo‘ladi. Yurak kasali bilan og‘rigan bemorlarda ularning kayfiyati buzilib, xavotirlik, besaranjomlik, vahima hissi paydo bo‘ladi. Bemorning eshushi buzilib, gallutsinatsiyalar bo‘lib turadi. Bemorning ahvoli yaxshilanishi bilan bu holatlar yo‘qoladi. Revmatizm bilan og‘rigan bemorlarda esa asab-ruhiy sohasida o‘zgarishlar kuzatiladi. Bunday bemor tajang, sabrsiz, salga yig‘layveradi, uyqusi buzilib turadi, es-hushi aynib, tez-tez gallutsinatsiyalar bo‘lib turadi. Xavfli o‘smalar bilan og‘rigan bemorlarda amentiv holatlar yoki deliriy paydo bo‘ladi. Bu holat ko‘pincha bemor holdan ketgan paytlarda, kasallik og‘irlashgan vaqtlarda namoyon bo‘ladi. Me’da-ichak yo‘li kasalliklari bilan og‘rigan bemorlarda esa tez charchash, uyquchanlik, tajanglik, lanjlik qayd qilinadi. Gijja invaziyasida, ko‘pincha bolalarda tutqanoq xurujlari, es-hushning vaqt-vaqti bilan aynib turishi, o‘zidan ketib qolish holatlari kuzatiladi. Depressiya holatlari ko‘pincha surunkali somatik kasalliklarda uchraydi. Bunda bemorda suisidal (o‘zini o‘zi o‘ldirish) harakatlari paydo bo‘ladi. Yuqumli ka salliklar (tif, bezgak, zotiljam) bemorlarda ruhiy o‘zgarishlar bilan davom etadi. Bunda deliriy holati paydo bo‘ladi, bemorning es-hushi aynib, vaqtni bilmaydi, lekin o‘zining kimligini biladi. Bemorda ko‘ruv gallutsinatsiyasi va illuziyasi paydo bo‘ladi. Bemorning ko‘ziga har xil vahimali narsalar ko‘rinadi. O‘tkir yuqumli kasalliklar bilan og‘rigan bemorlarning es-hushi aynib, illuziya, gallutsinatsiya va alahsirash, har xil gaplar aytish bilan davom etadigan amentiv holat (esning birdan kirarlichiqarli bo‘lib qolishi) boshlanishi mumkin. Bunda bemor o‘zining qayerdaligini, ismi va familiyasini ham aytib bera olmaydi. Davosi. Birinchi simptomatik psixozning sababi bo‘lgan asosiy somatik kasallikni
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 98 davolash zarur. O‘tkir simptomatik psixozlar somatik shifoxonada psixiatr kuzatuvi ostida davolanishi kerak. Bemorni boshqalardan ajratib qo‘yish, nazorat qilib turish zarur. Uzoq vaqt cho‘ziladigan psixozlar esa ruhiy kasalliklar shifoxonasida davolanishi lozim. O‘tkir simptomatik psixozlarda neyroleptiklar – aminazin, kofein, kordiamin bilan birga harakat qo‘zg‘alishlarida diazepam, leponeks buyuriladi. Bemorlarga quvvatga kirgizuvchi dorilar – 40 % li glukoza, askorbin kislotasi, nikotin kislotasi, magneziy sulfat, natriy xlor tomir ichiga yuboriladi. Delirioz, amentiv, gallutsinator paranoidlarida aminazinni kuniga 300 400 mg gacha berish zarur. Depressiv holatlarda amitriptillin, harakatsiz o‘tadigan depressiyada melipramin buyuriladi. Uzoq vaqt cho‘ziladigan simptomatik psixozlarda frenolon, melliril, teralin, bular kor qilmasa, aminazin, galaperidol tavsiya etiladi. Hamma psixotrop dorilar oz-ozdan berilib, keyin astasekinlik bilan dozasi oshirib boriladi. Nazorat savollari: Tayanch so‘z iboralari: 1. Somatik va yuqumli kasalliklarga qanday ruhiy o‘zgarishlar kiradi? 2. O‘tkir psixozlardan keyin asoratlar qoladimi? 3. Uzoq muddatli simptomatik psixozlarning qanday turlari bor? 4. Uzoq vaqtga cho‘zilgan psixozlardan keyin qanday holati paydo bo‘ladi? 5. Depressiya holatlari qanday kasalliklarda uchraydi? 6. Somatik va yuqumli kasalliklarga ruhiy o‘zgarishlar bor bemorlarni qanday davolaydi? 1. Somatik kasalliklar - Ichki kasalliklarda 2. Delirioz - Bemorning ko‘ziga vahimali manzaralar ko‘rinadi, atrofdagi narsalarni tanimaydi 3. Amentiv - bemor atrofdagi vaziyatni mutlaqo anglamaydi, o‘zining kimligini bilmaydi Suisidal - o‘zini o‘zi o‘ldirish Foydalanilgan adabiyotlar:
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 99 1. SHodmonov X.Q., Eshmuradova X.SH., Tursunov O.T. “Asab va ruhiy kasalliklar”. Toshkent, “O‘qituvchi” nashriyoti, 2016 yil. 2. Raximberdiyeva G. “Asab kasalliklarida hamshiralik ishi”. Toshkent, “Voris-nashriyot”, 2014 yil. 3. Spravochnik Vidal. Moskva, “Astrofarmservis”, 2008 yil. 4. Verner D. “Hammabop tibbiyot qo‘llanmasi” Toshkent, “G‘afur G‘ulom” nashriyoti, 2006 yil. 5. “JICA” , “Uchebnaya programma i rukovodstvo po prepodavaniyu”. Tashkent, 2007 god. Internet saytlari: www.med.uz. www.medical.ru. www.minzdrav.uz. www.tma.uz. www.ziyonet.uz. www.wikipedia.uz.