scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

RADIATSIYA NURIDAN ZAHARLANGANDA TIBBIY YORDAM

Qodirova Matlubaxon O'zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Qo'rg'ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan o'qituvchisi

Abstract

Ushbu maqolada zamonaviy hamshira favqulotda holatlarda tibbiy yordamni ko’rsata olishi uchun qadamba qadam yo’riqlar ko’rsatilgan va bemorning kasallik tufayli yuzaga kelgan va kelishi mumkin bo’lgan, ruhiy, ijtimoiy muammolarni aniqlay olishi va shoshilinch holatlarda yordam ko’rsatish, turlari to’grisida to’htalib o’tilgan. Kalit so`zlar: Radiatsiya, yadro, birinchi yordam, zaharlanish, nurlanish

Full text

SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 106 RADIATSIYA NURIDAN ZAHARLANGANDA TIBBIY YORDAM Qodirova Matlubaxon O’zbekiston Respublikasi Andijon viloyati Qo’rg’ontepa Abu Ali ibn Sino nomidagi Jamoat salomatligi texnikumi maxsus fan o’qituvchisi ANNOTATSIYA Ushbu maqolada zamonaviy hamshira favqulotda holatlarda tibbiy yordamni ko’rsata olishi uchun qadamba qadam yo’riqlar ko’rsatilgan va bemorning kasallik tufayli yuzaga kelgan va kelishi mumkin bo’lgan, ruhiy, ijtimoiy muammolarni aniqlay olishi va shoshilinch holatlarda yordam ko’rsatish, turlari to’grisida to’htalib o’tilgan. Kalit so`zlar: Radiatsiya, yadro, birinchi yordam, zaharlanish, nurlanish. Hozirgi kunda ilm fanning tez rivojlanishi, sanoatning kuchli taraqqiyoti kundalik hayotimizda radioaktiv moddalarning tarqalish xavfini tugdirmoqda. Radiatsiya nurlaridan ishlab chiqarishda, tibbiyotda, ilmfanning rivojlanishida keng foydalanilyapti. Bundan tashqari, hozirgi kunda yer yuzidayadroviy qurollarga ega bo’lgan mamlakatlar ko’paymoqda. Shuning uchun radiatsiyadan zararlanish tibbiyot sohasida jiddiy muammo bo’lib turibdi. Radiatsiyadan zararlanish manbalari: 1.Tabiiy o’choqlar (konlar, ochiq radioaktiv havzalar, shaxtalar). 2.Xavfsizlik texnikasi qoidalarini buzish, maxsus asboblarning nosozligi. 3. Radioaktiv moddalarni saqlash, transportirovka qilish, qayta ishlash qonunqoidalarini buzish. 4. Radioaktiv moddalarning avariyalardan so‘ng sanoat korxonalaridan suvga, yerga, havoga tarqalishi. 5. Yadro qurollarining ishlatilishi. Barcha radioaktiv moddalar odam organizmiga teri, nafas olish, ovqat hazm qilish organlari orqali kirib, organizmdagi barcha tabiiy jarayonlarning turli darajada buzilishiga olib keladi.Bu radioaktiv moddaning SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 107 turiga, ta’sir etish muddatiga, organizmga qanday yo’llar bilan kirganligiga, organizmning o’sha vaqtdagi holatiga boqliq. Barcha radioaktiv moddalar odam organizmiga birinchi navbatda ovqat hazm qilish, nafas olish a’zolarining shilliq qavatlariga, suyak ko’migiga, urug’don, tuxumdonga kuchli ta’sir etib, ularning ish faoliyatini izdan chiqaradi. Nurlanishning kelib chiqish mexanizmi juda murakkab bo’lib, nurlanishga ta’sirchan moddalar hujayra fermentlari, nukleoproteidlar, ribonuklein kislotalar hisoblanib, nurlanish ta’sirida normal biokimyoviy jarayonlar buziladi. Suv radiolizi nazariyasiga ko’ra, nurlanish energiyasining ko’p qismi suv molekulasiga singadi va har xil radikallar paydo bo’lishiga olib keladi, bu esa, o’z navbatida to’qima oqsillari, fermentlari va boshqa biologik faol moddalar bilan reaksiyaga kirishib, organizmda moddalar almashinuvini buzadi, organizmda normal hayot uchun kerak bo’lmagan moddalar to’planadi. Nurlanish toksemiyasi yuzaga keladi. Natijada, to’qima va organlarda har xil ikkilamchi patofiziologik o’zgarishlar rivojlanadi. Ionlovchi nurlar tez rivojlanuvchi to’qima va hujayralar (qon, limfa, epiteliy, urug’don, tuxumdon)ning normal ish faoliyatini izdan chiqaradi. Oqibatda ketma-ket boshqa organlarning ham ish faoliyati izdan chiqa boshlaydi. Radiatsiyadan zararlanishning o’tkir va surunkali turlari mavjud. O’tkir turi ko’pincha kuchli nurlanishdan bir necha soat, agar juda kuchli nurlansa, bir necha daqiqalardan so’ng belgilarini namoyon qiladi. Bemorda oldin markaziy asab sistemasida qo’zg’alish, so’ngra kayfiyatning yo’qolishi, umidsizlik, tushkunlik, bosh aylanishi, ishtaha yo’qolishi, qo'rquv, hayajon,barmoqlar 1.titrashi, nistagm, hid bilish, ta’m bilishning kuchayishi paydo bo’ladi. Yurak-qon tomiri sistemasida: o’zgarishi, aritmiyalar, ekstratsistoliyalar, terida qontalashlar, shilliq qavatlardan qon ketishi, eritropoez, leykopoez, trombotsito-poezning buzilishi kuzatiladi, immunitet keskin pasayadi. Ovqat hazm qilish sistemasida: ko’ngil aynishi, qusish, ich ketishi, qorin og’riqlari, qon qusish, ichki a’zolardan qon ketishi kuzatilishi mumkin. Nafas olish sistemasida: nafas SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 108 olishda aritmiya, bo’g’ilish, qon tuflash, yo’tal, ko’ks oralig’ida og’riq paydo bo’lishi mumkin. Radioaktiv nurlardan zararlanish bosqichlari: 1.Umumiy birlamchi reaksiya davri. 2. Latent yoki nisbiy klinik yaxshilanish davri. 3. Kasallikning avj olish davri. 4. Sog‘ayish davri. 1. Umumiy birlamchi reaksiya davri nurlanishdan keyin birdan boshlanadi. Reaksiya qancha oldin boshlansa, nur kasalligi shuncha uzoq davom etadi va og’ir o’tadi. Asosiy belgilari: ko’ngil aynishi, qusish, holsizlik, bosh og’rig’i, psixomator qo’zg’alish, lanjlik, og’iz qurishi, chanqash, vegetativ asab sistemasida salbiy o’zgarishlar, juda og’ir nurlanishda nafas qisishi, ich ketishi, tirishish, shok holatiga tushishi kuzatiladi. Neytrofil leykotsitoz 1020·109/l, limfopeniya. Bu davr davomiyligi 1 2 soatdan 12 kungacha. 2. Latent davr bu davrda bemor ahvoli birmuncha yaxshilanadi, birlamchi reaksiya belgilari bezovta qilmaydi. 3. Kasallikning avj olish davri bemorda umumiy holsizlik, tana harorati 3839°C, trofik o’zgarishlar: sochlar to’kiladi, teri quruq, po’st tashlaydi, yuzda, tovonda shish paydo bo’ladi. Gemorragik sindromlar: qon ketish, qontalashlar, yaralar, stomatit, konyunktivitlar kuzatilib, infeksion asoratlar, sepsis rivojlanadi. Qondaleykotsitlar 910 ming · 109 /l, anemiya, trombotsitopeniya avj oladi. Bu davr 24 hafta davom etadi. 4. Sog’ayish davri kasallikning og’ir-yengilligiga qarab, bir oydan bir necha oygacha cho’ziladi. Sog’ayish juda sekin davom etadi. Uzoq vaqt astenik holat, vegetativ asab sistemasi buzilishlari, funksional buzilishlar (gastritlar, entrokolitlar, dispepsiyalar) kuzatiladi. Xavfli o’smalar, leykozlar, nasliy o’zgarishlar rivojlanishi mumkin. Ichki radioaktiv zararlanish siydik, qon, najas, qalqonsimon bezni radiometrik tekshirish natijasida tashxis qo’yiladi. Tashqi nurlanish dozimetrik asbob (DP-56) yordamida tekshirib aniqlanadi. Bosqichli davolash. Zararlangan joydan olib chiqish, qisman sanitariya ishlovi SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 109 berish (kiyimlarini qoqish, tananingochiq joylarini yuvish), birlamchi reaksiyani yo’q qilish uchun etaperazin yoki dilitkarb tabletkasini berish. Nurlanish davom etaversa, nurlanishdan himoyalovchi sistamin digidroxloriddan 6 tabletka berish. Shifokorgacha birinchi yordam. Zararlanganda ko’ngil aynishi, qusish bo’lsa, 12 tabletka etaperazin yoki dilitkarb beriladi. Psixomator qo’zg’alishda 12 tabletka fenozepam, 46 soatdan so’ng 6 tabletka sistamin beriladi.Kollaps boshlansa, amaliy qismda ko’rsatilgan chora-tadbirlar ko’riladi. Qisman sanitariya ishlovi o’tkaziladi. Birinchi shifokor yordami. Agar qusish davom etaversa, teri ostiga 1 ml 2,5 % li aminazin yoki 1 ml 0,1 % li atropin sulfat qilinadi. Kasallikning yashirin davrida polivitaminlar, dimedrol beriladi. Hastalik avj olgan davrda kordiamin, mezaton, qon ketish bo’lsa, aminokapron kislota, vikasol qilinadi.Malakali shifokor yordami. Qusish davom etaversa, v/i ga 0,9 % 3050 ml natriy xlorid eritmasi yoki gemodez 400 ml yuboriladi. Ko’rsatma bilan mezaton, kordiamin, strofantin, antibiotiklar qilinadi Maxsus tibbiy yordam. Qon, trombotsitar, eritrotsitar massalar quyish, moddalarni vena ichiga yuborish, antibiotiklar qilish. Sog’ayish davrida umumiy quvvatlovchi doridarmonlar ko’rsatma bilan qilinadi. Nafas organlari uchun maxsus protivogazlar, respirator, niqoblar ishlatiladi Ustga kiyish uchun maxsus kiyimlar: kombinezon, maxsus yoping’ich (plash-nakidka), rezina qo’lqoplar, etiklardan foydalaniladi. Nurlanishdan saqlanishga maxsus yerto’lalar, katakombalar, bombalardan saqlanish joylari, maxsus sanoat, fuqarolik mudofaa joylari kiradi. Radioaktiv moddalardan himoya qilish chora-tadbirlari: 1. Radioaktiv holatni doimiy kuzatish. 2. Radiatsion razvedka o’tkazish. 3. Kasallarni, yaradorlarni va shaxsiy qismni induvidual himoya vositalari bilan ta’minlash va undan foydalanishni o’rgatish. SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 4 (2025) 110 4. Yashirinish joylarini, pana joylarni, yerto’lalarni filtrlovchi vosita bilan ta’minlash. 5. Tibbiy mulk, sanitariya, xo’jalik buyumlari, oziq-ovqatlar va suvning ustini yopish. 6. Suv bilan ta’minlanishni, ovqat mahsulotlarining tayyorlanishini nazorat qilish. 7. Radiatsiyaning asoratlarini yo’qotish, yarador va kasallarga, transport vositalariga qisman va to’liq sanitariya ishlovi berish. 8. Radiatsiya bilan zararlanganda tibbiy yordam ko’rsatish. Asosiy adabiyotlar 1.M.F.Ziyaeva. Z.O.Rizaeva. “Bolalarda xamshiralik parvarishi”. Toshkent, “Fan va texnologiya” 2012 yil. 2.X.N Fayziev. «Sestrinskiy uxod za detmi» Toshkent, «Ilm ziyo» nashriyoti, 2008 yil 3.K.S Inomov. «Pediatriyada xamshiralik ishi» Toshkent, 2007 yildelo v pediatrii» Rostov-na Donu, «Feniks», 2003 yil. Internet saytlari: 1.www.med.uz. 2.www.medical.ru. 3.www.minzdrav.uz. 4.www.tma.uz. 5.www.tashpmi.uz. 6.www.ziyonet.uz. 7.www.wikipedia.uz.