scieee AI-readable full text Open interactive document viewer

SAVODXON YOSHLAR-YANGILANAYOTGAN O'ZBEKISTON KELAJAGI

Soxibova Gulnoraхon Inomjonovna Andijon davlat tibiyot instituti Akademik litseyi ona tili va adabyot fani o'qituvchisi Nizomiddinov Zaynobiddin Faxriddin o'g'li Andijon davlat tibiyot instituti akademik litseyi Yoshlar bilan ishlash bo'yicha direktor o'

Abstract

Ushbu maqola yoshlarni savodхon bo‘lishiga, o‘z ona tiliga etiborli, talabchan, hurmat ruhida qarashga, ko‘p kitob o‘qib, ma’naviy yetuk inson bo‘lishga undaydi. Kalit so‘zlar: savodхonlik, yoshlar, kitob, yozma nutq, so‘z, asar, o‘zbek tili

Full text

SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 24 SAVODXON YOSHLAR-YANGILANAYOTGAN O‘ZBEKISTON KELAJAGI Soxibova Gulnoraхon Inomjonovna Andijon davlat tibiyot instituti Akademik litseyi ona tili va adabyot fani o‘qituvchisi Nizomiddinov Zaynobiddin Faxriddin o‘g‘li Andijon davlat tibiyot instituti akademik litseyi Yoshlar bilan ishlash bo’yicha direktor o‘rinbosari Annotatsiya. Ushbu maqola yoshlarni savodхon bo‘lishiga, o‘z ona tiliga etiborli, talabchan, hurmat ruhida qarashga, ko‘p kitob o‘qib, ma’naviy yetuk inson bo‘lishga undaydi. Kalit so‘zlar: savodхonlik, yoshlar, kitob, yozma nutq, so‘z, asar, o‘zbek tili. Savodxonlikni yuksaltirish tilshunoslikning bugungi kundagi eng dolzarb masalasi hisoblanadi. Sababi,bugun biz XXI asr farzandlariga ta’lim-tarbiya bermoqdamiz. Hozirgi zamon yoshlari talabchan,izlanuvchan bo‘lib,internet manbalaridan o‘rinli,maqsadli foydalanib o‘z ustida ishlashga, mukammal ilmga ega bo‘lishga intilayotgani bizni quvontiradi. Fikrimizning isboti uchun ular axborot texnologiyalari(kompyuter) va xorijiy tillarni o‘z xohishlariga ko‘ra izlanib o‘rganmoqdalar. Deyarli, har bir xonadonda ota-onalar farzandlarini kompyuter bilan ta’minlaganlar. Bu esa turmush tarzimizning yuqori darajada ekanligidan dalolat beradi. Bizni, ya’ni ona tili va adabiyot fani o‘qituvchilarini, qiynayotgan masala shuki,xorijiy tillarni qiziqib o‘rganayotgan o‘quvchilar o‘zining ona tilini,uning grammatikasini yaxshi bilmasligi achinarli.Ularning yozma nutqida imloviy,ishoraviy,uslubiy xatolarga yo‘l qo‘yilishi oddiy holga aylanib qolayotganini umuman kechirib bo‘lmaydi.Ular yozgan dastxatlar,yozma ishlar buning isbotidir.Savodli bo‘lish uchun,avvalo,o‘quvchi ko‘p kitob o‘qishi zarur.Badiiy asarlar o‘qish, nafaqat, o‘quvchi ma’naviyati,balki savodxonligini oshirishning bosh omili hisoblanadi. SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 25 Chunki o‘quvchi kitob mutoala qilganda so‘zlarni o‘z ko‘zi bilan qayta-qayta ko‘radi.Shu so‘zlarni xatosiz yozishni o‘rganadi,zehni o‘tkirlashadi.Ko‘z xotirasi,eshitish xotirasidan afzalligi fanda isbotlangan.Savodsizlikning yana bir tomoni shundaki,o‘quvchilar badiiy asarlarni o‘qish o‘rniga shu asarlar asosida ishlangan badiiy filmlar,sahna asarlarini ko‘rish bilan cheklanmoqdalar. Masalan, Abdulla Qodiriyning «O‘tkan kunlar»,”Mehrobdan chayon”, Gafur Gulomning “Shum bola”,O‘tkir Hoshimovning ”Ikki eshik orasi”, Tohir Malikning|”Shaytanat”, Xudoyberdi To‘xtaboyevning ”Sehrli qalpoqcha” asarlari… Bu kabi misollarni ko‘plab sanashimiz mumkin.Ushbu asarlar darsliklarga o‘rganish ucnun kiritilgan.O‘quvchilar badiiy asarlarni o‘qib, so‘ng televideniye orqali tamosha qilsalar, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Adabiyotning quroli so‘z ekan,yozuvchining ichki kechinmalarini kitobxon badiiy asar orqali to‘la his qila oladi. Davlat tili o‘zbek tilining sofligini saqlash, uning eng go‘zal,latif til ekanligini e’tirof qilish bilan birga yozma ko‘rinishi, ya’ni nutqimizning yuqori savodxonlik darajasini ta’minlash barchamizning burchimizdir. Har yili 1-aprel kuni Rossiya Federatsiyasida barcha fuqarolar, Prezidentdan oddiy xalqqacha, hatto ishchilar o‘z ona tilida, ya’ni rus tilida diktant yozishni an’anaga aylantirganlar. Bundan ko‘zlangan asosiy maqsad millat savodxonligini oshirish,ona tiliga bo‘lgan e’tibor, talabni kuchaytirishdir. Janubiy Afrikadagi Stellenbosh universitetiga kirish eshigi oldida quyidagi yozuv qayd etilgan: “Har qanday davlatni yo‘q qilish uchun atom bombasi yoki uzoq masofaga uchuvchi raketalardan foydalanish shart emas, faqat ta’lim sifatini pasaytirish va talabalarga imtihonlarda ko‘chirsh imkonini berish kerak…Ta’limning qulashimillatning yemirilishidir.” Bu kabi misollarni ko‘plab keltirishimiz mumkin.Biz ham yosh avlodni savodxon bo‘lishi uchun bor imkoniyatlardan foydalanib, ilg‘or tajribalarni ommalashtirib, maktab, akademik litsey, texnikum va oliy ta’lim muassasalarida o‘tkazilayotgan “Yosh kitobxon”, ”Zakovat”, ”Insholar tanlovi” SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 26 qatoriga “Diktantlar tanlovi”ni, “Esse yozish” tanlovlarini ham qo‘shishni rejalashtirsak, maqsadga muvofiq bo‘lar edi. O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2020-yil 23sentabrda Birlashgan Millatlar Tashkiloti bosh assambleyasining 75-sessiyasida yuqori darajadagi umuminsoniy anjumanda ishtirok etib,BMT oliy minbarida O‘zbekiston tarixida ilk bor o‘zbek tilida nutq so‘zlagani tilimiz tarixida katta siyosiy voqeaga aylangan.O‘zbek tiliga davlat tili maqomining berilishi mustaqillikka erishish yo‘lidagi ilk qadam bo‘lsa, bugun biz, ziyoli qatlam sohiblari, katta mas’uliyat bilan yosh avlodlarni savodxonligini oshirish borasida tinmay izlanishimiz,samarali mehnat qilishimiz darkor. Foydalanilgan adabiyotlar: 1. Mirziyoyev Sh.M. O‘zbekiston Respublikasi Rrezidenti 2020-yil 23-sentabrda BMT bosh assambleyasidagi nutqi. 2. “Kutubxona” kanali.