MAKTAB ADABIYOT DARSLARIDA ARUZ TIZIMINI O'QITISHNING INTERAKTIV USULLARI
Abstract
Maktablarda adabiyot darslarini o‘qitishda ayrim qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ayniqsa, mumtoz she’riy janrlar va aruz tizimini o‘quvcghilarga sodda va tushunarli yetkazib berish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada 8-10 sinf adabiyot darsligidagi aruz tizimiga bag‘ishlangan mavzularni o‘qitishning oson usullari, yangi mavzu bayoni va mustahkamlashga doir interaktiv metodlar bayon etilgan.
Full text
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 40 MAKTAB ADABIYOT DARSLARIDA ARUZ TIZIMINI O‘QITISHNING INTERAKTIV USULLARI Asrarova Mumina Jizzax shahar 3-sonli ixtisoslashtirilgan maktabning ona tili va adabiyot fani o‘qituvchisi Annotatsiya Maktablarda adabiyot darslarini o‘qitishda ayrim qiyinchiliklar yuzaga keladi. Ayniqsa, mumtoz she’riy janrlar va aruz tizimini o‘quvcghilarga sodda va tushunarli yetkazib berish muhim masalalardan biri hisoblanadi. Ushbu maqolada 8-10 sinf adabiyot darsligidagi aruz tizimiga bag‘ishlangan mavzularni o‘qitishning oson usullari, yangi mavzu bayoni va mustahkamlashga doir interaktiv metodlar bayon etilgan. Aннотация Есть некоторые трудности в преподавании литературы в школах. Одним из важнейших вопросов является простое и понятное преподавание студентам классических поэтических жанров и системы Аруз. В этой статье описаны простые методы преподавания тем, связанных с системой Аруз, в учебнике литературы для 8-10го класса, постановка новой темы и интерактивные методы подкрепления. Annotation There are some difficulties in teaching literature classes in schools. One of the most important issues is the simple and understandable delivery of classical poetic genres and the Aruz system to students. This article describes easy methods of teaching topics related to the Aruz system in the 8-10th grade literature textbook, a new topic statement, and interactive methods of reinforcement. Sharq mumtoz poetikasining asosini ilmlar uchligi tashkil etadi. Bular: ilmi aruz, ilmi badi’ hamda ilmi qofiyadir. Adabiyotimiz tarixida bu uch ilm birgalikda mumtoz she’rning nafosati va shoirning salohiyatini belgilovchi mezon
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 41 hisoblangan. Ular orasida aruz ilmi nisbatan murakkab hisoblanib, uni yaxshi bilmaslik mumtoz janrlarda yaratilgan badiiy namunalar mohiyatini anglashda qiyinchilik tug‘diradi. 1 [1:3-b] Aruzni o‘rganish mumtoz adabiyotimizda muhim sanalgan shakl va mazmun uyg‘unligini his qilishda ham asosiy rol o‘ynaydi. Aruz o‘ziga xos murakkab soha, uni o‘zlashtirish kishidan qunt va sabr talab etadi. Shu bois ilmi aruzni o‘rganishdan oldin unga aloqador assatsiativ tushunchalarni bilish lozim. She’r ohang jihatidan ma’lum bir qolipga solingan, ijodkorning his-tuyg‘ulari, ichki kechinmalari ifodasi sifatida vujudga kelgan ritmik nutqdir. Nutqning bu tarzda qolipga solinishi she’riy vazn yoki she’riy tizim deb ataladi. She’riy nutqni o‘lchash, guruhlash va muayyan tizimga solishga xizmat qiladi, uning musiqiyligi va ohangdorligini oshiradi. 0‘zbek she’riyatida asosan uchta: barmoa, aruz va erkin vaznlar qo‘llanilib kelgan. 2 [2:5-b] She’riy tizimlar borasida juda ko‘plab olimlar ish olib brogan. Xususan, VIII asrga kelib arab olimlari orasida she’riyat va xalq og‘zaki ijodi orasidagi munosabatni o‘rganish, ularning muayyan qonuniyatlarini ishlab chiqishga ehtiyoj tug‘ildi. Bu vazifa haqli ravishda “arab filologiyasining otasi” deb e’tirof etiluvchi olim Xalil ibn Ahmad (715/719 - 786/791)tomonidan amalga oshirildi. U aruz ilmini bir butun tizim holiga keltirdi va uning nazariy asoslarini ishlab chiqdi. Turkiy adabiyotda aruzning ilk namunasi Yusuf Xos Hojibning “Qutadg‘u bilig” asarida uchraydi. Adib Ahmadning “Hibat ul-haqoyiq” asarida ham ushbu o‘lchov to‘rtliklar shaklida ifoda etilgan. Fitrat bu haqda to‘xtalib: “Bizning O‘rta Osiyo turkiylari tomonidan qachon qabul etilgani aniq emas. Biroq hijriy 462 da Qashqarda yozilgan mashhur “Qutadg‘u bilik” kitobining shu aruz vaznida yozilg‘ani e’tibor etilsa, juda eskidan qabul etilgani ma’lum bo‘ladur”, - deb yozadi. Shunday ekan, aruzning turkiy adabiyotda qaror topishi taxminan X-XI asrlarga to‘g‘ri keladi deyish mumkin. 3 [3:334-b] 1 Yusupova D “Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetkk asoslari” Toshkent – 2018. -204 b 2 Yusupova D “Aruz alifbosi” (Navoiy poetikasi fanidan saboqlar). Toshkent – 2015. -136 b 3 Quronov D “Adabiyot nazazriyasi asosolari” Toshkent: Akademnashr, 2018. - 480 b.
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 42 “Qutadg‘u bilig” asari qadimgi turkiy tilda aruz vaznining mutaqorib bahrida (bir qisqa va ikki cho‘ziq hijo) yozilgan. Qara bash / yag‘isi / qizil til / turur, Necha bash / yedi bu / taqi ma / yeyur. V - - / V - - / V - - / V - 4 [4:79-b] Turkiy aruzning nazariy va amaliy jihatdan shakllanishida buyuk mutafakkir shoir hazrat Alisher Navoiy ijodining o‘rni beqiyos. Navoiy o‘zining aruz qonunqoidalariga bag‘ishlangan “Mezon ul-avzon” asarida 19 bahr, 160 vazn haqida ma’lumot beradi, har bir vaznga turkiy tilda misollar keltiradi. “Aruz” so‘zining ko‘plab lug‘aviy ma’nolari bor. Adabiy istiloh sifatida ularning qay biri asos qilib olingani aniq emas. Bu borada olim va ijodkorlar tomonidan bir-biridan tubdan farq qiluvchi bir qancha fikrlar bildirilgan. Ulardan bir nechtasini keltirib o‘tamiz: 1. Vodiy nomi. 2. Makka shahrining nomlaridan biri. 3. Taraf, jihat, mintaqa, yon. 4. Bulut. 5. Sarkash tuya. 6. Chodirning o‘rta ustuni. 7. 0‘lchov. 5 [4:7-b] Barmoq vazni o‘zbek she’riyatining asl vazni sanaladi. Bu vaznda bo‘g‘inlar sanaladi, ya’ni bo‘g‘inlar soni teng bo‘lishi kerak. Misralari muayyan turoqlarga bo‘linadi. Turoq misralarni bo‘laklarga bo‘ladi. M: 7(4+3)+7(4+3). Toq misralar toq misraga, juft misralar juft misraga teng bo‘lishi kerak. Aruz vazni arab she’riyatining asosiy she’riy tizimi hisoblanadi. U bizda arab she’riyatining ta’sirida shakllangan. Ushbu vaznga ko‘ra hijolar sanaladi va 4 10-Sinf Adabiyot darsligi. Yangi nashr. Toshkent – 2024. 5 Yusupova D “Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetik asoslari” Toshkent – 2018. -204 b
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 43 ularning qisqa, cho‘ziqligiga qaraladi. Misralar muayyan ryknlarga bo‘linadi. Toq misralar toq misraga, juft misralar juft misraga teng bo‘lishi hodisasi yo‘q. Bo‘g‘in so‘zning bir havo zarbi bilan hosil bo‘ladigan qismi. So‘z tarkibidagi bo‘g‘inlar soni unlilar miqdoriga qarab belgilanadi. M: qadr so‘zi bir bo‘g‘in. Bo‘g‘inlar turlarga ajralmaydi. Hijo. Bu tushuncha ham bo‘g‘in haqidagi bilimlarga asoslanadi. Ba’zi o‘rinlarda bir bo‘g‘inda ikki hijo uchrashi mumkin. M: qadr so‘zi ikki hijodan iborat. Hijolar 3 turga bo‘linadi: qisqa, cho‘ziq va o‘ta cho‘ziq. Hijo turlari: 1. Qisqa hijo “V” belgisi bilan ifodalanadi. Bunday hijo, asosan, ochiq bo‘g‘inga asosolanadi. Qisqa unlilar: (i, e, u, o‘, a). Quyidagi hollarda qisqa hijo hosil qiladi: • ko‘pincha so‘zning boshi va o‘rtasida; • urg‘usiz bo‘lganida. M: Ki-tob, ja-hon, mu-hm, ko‘-rik, kel-ma-di V V V V V “O” unlisining kelishi ehtimoli kamroq (10 foizga yaqin) “bo-shim”, “to-pib”, “so-tib” V V V kabi so‘zlarda qisqa talaffuz qilinadi. Qisqa hijoni ochiq cho‘ziq hijodan yaxshi ajratib olish uchun unga urg‘u berib, ya’ni biroz cho‘zib o‘qib ko‘rish mumkin. Agar sun’iy cho‘ziqlik paydo bo‘lsa, ya’ni shu so‘zning talaffuzi qulog‘imizga notabiiy eshitilsa, demak, ushbu hijo qisqa bo‘ladi. 2. Cho‘ziq hijo matnda “ –” belgisi bilan ifodalanadi. Bu hijoning ikki xil turi bor: a) yopiq bo‘g‘in orqali ifodalanuvchi cho‘ziq hijo. Matnda “men”, “el”, “mak-tab”, “daf-tar” – – – – – –
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 44 kabi so‘zlar kelsa, ikkilanmasdan ularni yuqoridagi belgi asosida ko‘rsatish mumkin. b) ochiq bo‘g‘in orqali ifodalanuvchi cho‘ziq hijo. Mazkur hijoni cho‘ziq unli hosil qiladi. Ma’lumki, tilimizda 6 ta unli tovush mavjud. Ularning cho‘ziq yoki qisqalik darajasi nisbiydir. Buni ma’lum bir matn tarkibidagi so‘zlarni talaffuz qilishda sezish mumkin. Faqat “o” unlisi aksariyat holatlarda (deyarli 90 foiz o‘rinda) cho‘ziq talaffuz etiladi. Masalan: “bo-bo”, “do-no”, “sav-do” – – – – – – kabi so‘zlarda “o” unlisi cho‘ziq talaffuz etilganligi uchun cho‘ziq hijo sifatida qabul qilinadi. Qolgan unlilar esa quyidagi holatlarda cho‘ziq hijoni hosil qiladi: - ko‘pincha so‘zning oxirida; - qo‘shimcha (affiks)lar tarkibida; - urg‘u olganida. M: “ha-yot-ga” so‘zida –ga cho‘ziq talaffuz qilinadi. O‘ta cho‘ziq hijo matnda “- V” belgisi bilan ifodalanadi. Misra oxirida esa “~” belgisi qo‘llaniladi. Bunday belgining qo‘yilishiga sabab, odatda, misra qisqa hijo bilan yakunlanmaydi. Aruzda cho‘ziq hijo bir to‘liq bo‘g‘in hisoblansa, qisqa hijo yarim bo‘g‘inga teng sanaladi. Shuni nazarda tutgan holda o‘ta cho‘ziq hijoni bir yarim hijo deyish mumkin. Bu hijo ikki xil bo‘ladi: a) qator undosh bilan tugagan yopiq bo‘g‘in. Masalan, qadr, mehr, dard, charx, aql kabi so‘zlar qator undoshii so‘zlar hisoblanadi. Bu hodisa o‘zbek tiliga xos bo‘lmay, arab va fors tillaridan kirgan o‘zlashma so‘zlarda uchraydi. Shuning uchun talaffuzda biz birinchi undoshdan so‘ng qisqa “i” unlisini qo‘shib aytamiz: qad(i)r, meh(i)r... kabi. Aslida, qisqa “i” unlisi ikkinchi undoshdan so‘ng talaffuz qilinishi kerak. Chunki mazkur so‘zlarni urg‘u asosida talaffuz qilsak, ular tarkibidagi unlini cho‘ziq aytishimiz hisobiga bo‘g‘inning oxirida qisqa “i” unlisi orttiriladi, ya’ni: Mehr(i), qadr(i), charx(i)
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 45 - V - V - V UNUTMANG! Bunda orttiriiayotgan “i” tovushi odatiy talaffuzdagi “i” dan ham qisqa, bilinar-bilinmas talaffuz etiladi. Rukn La to fat da / yu zung ham gul / e mish ham gul / si ton er mish V — — — V — — — V — — — V — — — Ha lo vat da / la bing ham jo / n-u ham o ro / mi jon er mish V — — — V — — — V — — — V — — — Ushbu baytning chizmasi V — — — ekanligiga guvoh bo‘ldik. Aynan mana shu bo‘lak bayt tarkibida butunicha qaytarilib kelganini kuzatamiz. Takrorlanayotgan mazkur bo‘lakni biz rukn deb ataymiz. Demak, ushbu baytda to‘rtta rukn mavjud. Barcha ruknlarda bitta qisqa va uchta cho‘ziq hijo bor. Ruknlarning takrori ikkala misrada ham bir xil. Ushbu holat baytning ohangdorligini ta’minlayapti. Rukn arabcha so‘z bo‘lib, o‘zbek tilida “ustun” degan ma’noni bildiradi. Aruz tizimida esa ma’lum bir hijolarning birikuvidan hosil bo‘ladigan ritmik bo‘lak rukn hisoblanadi. Masalan, bir cho‘ziq + bir qisqa + bir cho‘ziq + bir cho‘ziq — V — — hijolar birlashsa, foilotun deb ataluvchi rukn vujudga keladi. Bahr. Hijolarning takroridan ruknlar hosil bo‘lgani kabi, ruknlaming muayyan tarzda takrorlanib kelishi bahrlarni vujudga keltiradi. Masalan, foilotun rukni takroridan ramal deb ataluvchi bahr, mafoiylun rukni takroridan hazaj bahri, mustafilun rukni takroridan rajaz bahri hosil bo‘ladi. Buni soddaroq shaklda quyidagicha tushuntirish mumkin: Aruz deganda biror oliy o‘quv yurtini tushunsak, bahr deganda undagi yo‘nalishlar (fakultetlar)ni tasavvur qilaylik. Bilamizki, fakultetlarning o‘z nomlari bor. Demak, bahrlar ham nomlanadi. Arab aruzida 19 bahr mavjud. Turkiy aruzda esa asosan ularning 11 tasi qo‘llaniladi. Shu 11 bahrning ichida 4 tasi nisbatan faol bahrlardan sanaladi. Ular ramal, hazaj, rajaz, mutaqorib bahrlaridir. 6 [5:18-b] 6 Yusupova D “Aruz vazni qoidalari va mumtoz poetik asoslari” Toshkent – 2018. -204 b
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 46 № Bahr nomi Asliy ruknlar nomi Chizmadagi shakli 1 Ramal Foilotun - V - - 2 Hazaj Mafoiylun V - - - 3 Rajaz Mustaf’ilun - - V - 4 Mutaqorib Fauvlun V - - Maktab darslarida (eski 8-sinf adabiyoti, amaldagi 10 –sinf dabiyoti) aruzning o‘qitilishida birmuncha qiyinchiliklarga duch kelindi. Bunga sabab qilib bir qancha omillarni sanab o‘tish mumkin. Maktab o‘quvchilarining aynan mumtoz adabiyotga qiziqmasligi, ularning zamonaviy fan va texnikalarga berilib ketganligi asosoiy sabablardan bo‘lsa, ayrim o‘qituvchilarda aruz va mumtoz adabiyotga doir mavzularni o‘qitishdagi metodik tajribaning yetishmasligi ham ushbu mavzularning o‘qitilishidagi muammoli masalalardan biri hisoblanadi. Zamonaviy pedagogikada ta’lim samaradorligiga erishishda yangicha usullar, interaktiv metodlar bilan ishlash talab etiladi. Aruz mavzusini o‘qitishda ham noan’anaviy usullardan foydalanish maqsadga muvofiqdir. Masalan, barmoq va aruz tizimlariga xos xususiyatlar, bo‘g‘in hamda hijo tushunchalari “VEEN” diagrammasi asosida tushuntirilsa, har ikkala tushuncha borasidagi farqli va umumiy jihatlar ko‘rib chiqiladi. Solihstirib o‘rganish jarayonida o‘quvchilar
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 47 mavzuning mohiyatini yanada chuqurroq anglab yetishlari mumkin. Shu o‘rinda hijo turlari, rukn, bahr haqida yuqorida keltirilgani kabi nazariy ma’lumot berib o‘tilishi lozimdir. Bunda ko‘rgazmalilikdan, audiomateriallardan foydalanish va o‘qib berish maqsadga muvofiq. Aruzni o‘qitishda quyidagi noan’anaviy interfaol usullardan foydalanish tavsiya etiladi: “Qanday hijosan?” O‘quvchilar doskaga chiqariladi. Ularning oldida doskada yozilgan bir misradagi hijolarni joylashtirish vazifasi qo‘yilgan. Misrada nechta hijo bo‘lsa, shuncha o‘quvchi doskaga chiqadi. Va har biri misradagi hijolar o‘quvchilarga bo‘lib beriladi. O‘qituvchi tomonidan misra qoidaga ko‘ra afoyiliga solib o‘qib beriladi va shu asarga bag‘ishlab ijro etilgan qo‘shiq qo‘yib beriladi (bunda musiqa va san’at fanlari bilan integratsiya amalga oshiriladi). O‘quvchilar o‘ziga biriktirilgan hijoning qisqa yoki cho‘ziq ekanligini topadi. Doskada yozilgan misraning ostiga navbat bilan har bir o‘quvchi o‘zining hijosi belgisini qoldiradi. O‘quvchilarga misrani ruknga ajratish va bahrini topish ham topshiriladi. Hosil bo‘lgan taqte slayd yordamida yoki ko‘rgazmadagi to‘g‘ri taqte bilan solishtirib
SCIENCE AND SCIENTIFIC RESEARCH IN THE MODERN WORLD Vol. 3 No. 5 (2025) 48 ko‘riladi. Ana o‘shanda o‘quvchilarning hijolar haqidagi bilimi, ularni ajrata olish ko‘nikmasi sinab ko‘riladi. “O‘zingdan top, o‘zgadan so‘ra” Bu usulni guruhlar bilan ishlash jarayonida yangi mavzuni mustahkamlash uchun qo‘llasa ham bo‘ladi. O‘qituvchi tomonidan har bir o‘quvchiga yoki har bir guruhga alohida tayyor matn va savol kartochkasi beradi. Shu matnning ichidan savolga javob topgan o‘quvchi kartochkaning orqa tomoniga to‘g‘ri javobni yozadi. O‘quvchi yoki guruh o‘zi topgan jvobni o‘zga o‘quvchi yoki guruhdan so‘raydi. Agar o‘zga tomomhdan to‘g‘ri javob berilsa, rag‘batlantiriladi. Noto‘g‘ri javobga jarima solinadi. Har bir tomon shu zaylda o‘zidagi ma’lumotni o‘zga tomondan so‘rab boraveradi. Eslatib o‘tish joiz, matn hammada bir xil bo‘ladi. O‘quvchilarga oldindan tanishib chiqishiga vaqt yetarli bo‘lishi uchun matn dars boshlangan paytida berib qo‘yiladi. Xulosa o‘rnida shuni aytish lozimki, ta’lim jarayonidagi barcha fanlarning asosiy maqsadi va mohiyati o‘quvchilarda muayyan sohalarga oid bilimlarning asoslarini shakllantirish, shularning negizida ularning boy ma’naviy olamini